Alisher navoiy nomidagi toshkent davlat o„zbek tili va adabiyoti universiteti



Download 3,88 Mb.
Pdf ko'rish
bet91/138
Sana25.04.2022
Hajmi3,88 Mb.
#581651
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   138
Bog'liq
kompyuter lingvistikasi

gipertekst
deb 
nomladi. 1968-yil dekabrda amerikalik olim Duglas Engelbart ham o‗zi 
yaratgan gipertekst interfeysini e‗lon qildi. Olim uni «The Mother of All 
Demos» deb atadi. 1983-yilda Ben Shneyderman ham o‗z gipertekst 
loyihasini yaratdi, ushbu loyiha The Interactive Encyclopedia System 
(TIES) deb nomlangan.
1
1992-yilda birinchi marta gipertekst World Wide 
Web (xalqaro to‗r)ga tatbiq etildi. 
Gipertekst yunoncha «hyper» – «ostida», «orqasida», «ortidan» 
ma‘nolarini anglatuvchi old qo‗shimcha hamda lotincha 
tekst 
– «to‗qima» 
ma‘nosini anglatuvchi so‗zlardan olingan.
2
1965-yilda gipertekst va 
gipermedia terminlari T.Nelson tomonidan fanga kiritildi. Olim bu haqda 
o‗zining «Litarary Machines» kitobida shunday yozadi: 
«Gipertekst 
termini gipermedia terminiga qaraganda keng ommalashib ketdi. Aslida 
har ikki termin bir tushunchani anglatmaydi. Ya‟ni gipertekst faqat 
matnlarning tarmoqlanishiga nisbatan ishlatiladi, gipermedia termini esa 
grafiklar, audio va videofayllar, shuningdek, matnlarning qismlarga 
ajratilishini ham o

z ichiga oladi. Bir muddat har ikki termin о

rniga 
«interaktiv multimedia» atamasi ham ishlatildi. Lekin negadir gipertekst 
termini hammasidan ко

rа keng e‟tirof etildi va ommalashdi».
3
Gipertekst matnni kompyuterda boshqa matnlarga giperhavolalar 
yordamida bog‗lashga imkon beradi. Bunda u o‗quvchiga faqat matnlar 
ustida emas, balki turli xil jadvallar, sxemalar, rasmlar, videoroliklarda 
ham erkin navigatsiya qilishga yordam beradi. Gipertekst World Wide 
Web (Xaiqaro o‗rgimchak to‗ri) strukturasini ko‗rsatuvchi tushuncha 
bo‗lib, u orqali internet tizimida informatsiya tarqalishida qulaylik, 
osonlik, optimallik ta‘minlanadi. Internet olami virtual olam sanalgani 
1
http: // www.sigweb.org/conferences/ht-cover.shtml
 
2
Субботин М.М.
Гипертекст. Новая форма письменной коммуникации. - ВИНИТИ. Сер. 
Информатика. 1994. - С. 18.
3
http: // www.iw3c2.org.


164 
unda bir olamdan ikkinchi olamga hech qanday to‗siqlarsiz o‗tish mumkin 
bo‗ladi. Mana shu virtuallikni ta‘minlab beruvchi tizim gipertekst 
g‗oyasidir. Internet saytlari manzilini ko‗rsatishda HTTP (Hyper Text 
Transfer Protocol – Giper matnni o‗tkazish yo‗lagi)dan foydalaniladi. 
Tekst va gipertekst tushunchalari o‗rtasidagi farqni quyidagicha 
umumlashtirish mumkin: 
TEKST 
GIPERTEKST 
Tugallanganlik 
Tugallanmaganlik 
Chiziqlilik 
Nochiziqlilik 
Aniq muallifning mavjudligi 
Aniq muallifning mavjud emasligi 
Bir tomonlama yo‗nalganlik 
Ko‗p tomonlama yo‗nalganlik 
Bir jinsljlik (bir xilda tuzilganlik) Bir jinsda tuzilmaganlik (turfa xillilik) 
Yopiq tuzilishga egalik 
Ochiq tuzilishga egalik 
Gipertekst tuzilishiga ко‗га iyerarxik (pog‗onali) yoki tarmoqli 
bo‗lishi 
mumkin. 
Daraxt 
ko'rinishidgi 
iyerarxik 
gipertekstlar 
foydalanuvchining navigatsiya (uzellar bo‗ylab bir qismdan ikkinchi 
qismga o‗tish) imkoniyatini cheklaydi, gipertekst texnologiyasining barcha 
imkoniyatlarini yuzaga chiqarmaydi. Bunday gipertekstda komponentlar 
o‗rtasidagi 
aloqalar 
jins-tur 
munosabatiga 
asoslangan 
tezaurus 
strukturasini eslatadi. Tarmoqli gipertekst esa birmuncha keng tarqalgan 
va imkoniyati kengroq tizim hisoblanadi, u jins-tur munosabatidan 
tashqari boshqa assotsiativ munosabatlarni ham o‗z ichiga oladi. Shuning 
uchun tarmoqli gipertekstlar internet tizimida faol ishlatiladi. 
Gipertekst ikki xil holatda bo‗lishi mumkin: statik va dinamik 
gipertekstlar. Statik gipertekstlar oldindan tayyorlangan va saqlangan 
bo‗lib, ular turg‗un holatda bo‗ladi. Masalan, gipertekst texnologiyasi 
asosida CDga yozilgan kitoblar statik gipertekstga misol bo‗la oladi. 
Dinamik gipertekstlar murakkab va tizimli bog‗lanishlarga tayangan 
bo‗lib, u ko‗proq tarmoq tizimida ishlaydi. Ayniqsa, internet tizimida 
dinamik gipertekstlar faol qo‗llanadi. Masalan, Arizona axborot tizimi 
(AAIS) dinamik gipertekst sanaladi, uning bazasiga har oyda 300 - 500 
referat ko‗rinishidagi ma‘lumotlar kiritib turiladi. 
Demak, gipertekst texnologiyasi informatsion massivni tezkor ко‗rib 
chiqish (brauzing), muayyan informatsiya yoki matn fragmentlariga tezkor 
havola qilish, gipertekst bo‗yicha erkin navigatsiya
 
qilish, gipertekstni 
yangi informatsiyalar bilan boyitib BORISh kabi optimal imkoniyatlar 
yaratadi. 


165 
Ko‗pgina tadqiqotchilar gipertekst tizimini yangi informatsion eraning 
boshlanishi, virtual olamga dastlabki qadam sifatida baholaydilar. 
Haqiqatan ham gipertekst tizimi kompyuter lingvistikasida, internet 
tizimida o‗ziga xos inqilob yasadi, deyish mumkin. 

Download 3,88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   138




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish