157
di. Ya‘ni freymga modellashtirilayotgan hodisa,
vaziyat va jarayonlarni
umumlashtirilgan holda joylashtirish mumkin. Freym – mavhum obraz
modeli bo‗lib, muayyan obyekt, voqea-hodisa, vaziyat va jarayonlarning
formal tavsifi demakdir (masalan,
restoranga borish, shifokor qabulida
bo‗lish, ma‘ruzalarga qatnashish, tug‗ilgan kun, futbol o‗yini kabi tipik
vaziyatlar). Dastlab «freym» termini XX asrning 70-yillarida Marvin
Minskiy tomonidan olamning kompyuter modelini o‗z
ichiga oluvchi
bilimlar strukturasiga nisbatan ishlatilgan.
1
Shundan so‗ng freym
semantikasi konsepsiyasi (frame semantics) amerikalik tilshunos Charlz
Fillmor tomonidan rivojlantirildi. Mazkur konsepsiyaga ko‗ra, so‗zlar, so‗z
birikmalari, gaplar, matn ma‘nosi sahnalar bilan uyg‗unlashtirilgan,
shartlangan bo‗ladi. Bir freym boshqa bir freymning davomi yoki tarkibiy
qismi bo‗lishi mumkin. Ch.Fillmor qarashlariga L.Tenyening aktantlar
(fe‘lning bo‗sh o‗rinlarini to‗ldiruvchilar) haqidagi g‗oyasi katta ta‘sir
ko‗rsatgan. Fillmorning Case (kelishiklar) g‗oyasiga asosan aktantlar
(fe‘lning hamrohlari) fe‘l yordamida ifodalanadigan
holat yoki harakat
munosabatlaridagi bajariladigan «rollar» sifatida talqin qilinadi.
Ch.Fillmor ajratgan kelishiklar quyi-dagilar:
1. Agent (A) – harakat bajaruvchisi (inglizcha «agent» so‗zidan
olingan).
2. Tema (T) – predmet (inglizcha «theme» so‗zidan olingan).
3. Manba (S) – harakat obyektining dastlabki holati (inglizcha
«source» so‗zidan olingan).
4. Maqsad (G) – harakat ijrosidan keyingi yakuniy holat (inglizcha
«goal» so‗zidan olingan).
5. Vosita (I) – harakat uchun qurol-vosita (inglizcha «instrument»
so‗zidan olingan).
6. Usul (W) – harakat usuli (inglizcha «way» so‗zidan olingan).
Freymlar sun‘iy intellekt tarkibiga kiruvchi ekspert tizimlarida faol
ishlatiladi. Freymning quyidagi turlari mavjud: freym–namunalar, freym–
strukturalar, freym–rollar, freym – ssenariylar, freym–vaziyatlar. Freymlar
tizimi birlashib, semantik tarmoqni hosil qiladi. Freym kompyuter
xotirasida bilimlar xazinasi va faktlar omboriga tayanib,
olamni maxsus
shakllantiruvchi model vazifasini bajaradi. Freym slot deb atalgan bir yoki
bir necha elementlarning majmuyi hisoblanadi. Slotlarda obyektlarga xos
belgilar ma‘nosi qayd etilgan bo‗ladi.
1
Minsky M. A
. Framework for Representing Knowledge / The Psychology of Computer Vision.
McGraw-Hill, New York (USA), 1975;
Po„latov A., Muhamedova S.
Kompyuter lingvistikasi. –T.,
2007.
Rahimov A.
Kompyuter lingvistikasi asoslari. –T., 2011.