92
yo‗nalishlari monografik tadqiqot obyekti sifatida o‗rganila boshladi
1
.
Kompyuter lingvistikasining yo‗nalishi sifatida shakllangan, hozirda o‗z
taraqqiyot yo‗nalishiga ega bo‗lgan alohida soha hisoblanuvchi korpus
lingvistikasi masalalari keyingi yillarda monografik planda tadqiq
etilmoqda
2
. Tezauruslarning ma'lumotlar bazasi sifatidagi qiymatlari
yoritilgan tadqiqotlar ham korpuslar haqida muayyan tasavvur berishga
xizmat qiladi
3
. Tezauruslarning tuzilishi, ishlash tamoyillari, kompyuter
bazasi sifatidagi imkoniyatlari, WordNet tezaurus bazasi haqidagi
ma'lumotlar ham ilmiy-amaliy ahamiyatga ega
4
.
M.V.Kopotev, A.Mustayokilar hozirgi tilshunoslikda korpus asosidagi
yondashuvning keng qo‗llanishi ahamiyatini bir qator misollar orqali
ko‗rsatib berishgan: 1.Korpuslarning grammatika va leksikaga oid
tadqiqotlarda keng qo‗llanishi hozirgi tadqiqot amaliyotida odatiy holga
aylandi. 2.Chastotaga asoslangan ro‗yxatlar va kalit so‗zlar hozirgi
elektron korpuslar tuzilishidan ancha muddat oldin yaratilgan va faol
qo‗llangan. 3. Kollokatsiylar (ya'ni leksemalar birikmasi) tadqiqi hozirda
korpus tadqiqotlarining eng ommabop mavzularidan biri bo‗lib qolmoqda.
4. Me'yor /uzus tadqiqi. Me'yor tadqiqi odatda korpus tilshunoslarining
vazifalariga kirmasa-da, keng jamoatchilikni qiynaydigan ko‗pgina keskin
masalalar sub'ekti baho asosida emas, balki statistik jihatdan ko‗p
miqdorni tashkil qiladigan materiallar mazmuni bilan hal qilinadi.
5.Korpus metodlari shakllanish davridanoq sotsiolingvistik tadqiqotlarda
faol qo‗llanib kelmoqda. 6. Og‗zaki nutq korpusini yaratish va o‗rganish
korpus lingvistikasining alohida va faol ishlab chiqilgan sohasiga aylandi.
7.Korpus lingvistikasi shakllanish davridanoq xorijiy auditoriyada til
o‗qitish bilan chambarchas bog‗liq bo‗lib keladi. 8. Xato turlarini
tasniflaydigan va ta'lim jarayonida ularga e'tibor qaratadigan o‗quvchilar
matni korpusini yaratish yangi soha hisoblanadi. 9.Turli pedagogik
vazifalar bilan chambarchas bog‗liq va aynan lingvistik ahamiyatga ega
bo‗lgan vazifa ko‗p tilli parallel korpuslarni yaratishdir. 10. Bir avtorga
1
Абдураҳмонова Н.З. Инглизча матнларни ўзбек тилига таржима қилиш дастурининг
лингвистик таъминоти (Содда гаплар мисолида): филол. фан. бўйича фалсафа доктори
(PhD)... дисс. автореф. –Т., 2018; Aбжалова M. Ўзбек тилидаги матнларни таҳрир ва таҳлил
қилувчи дастурнинг лингвистик модуллари (расмий ва илмий услубдаги матнлар таҳрири
дастури учун). Филол. фан. фалс. д-ри (PhD) дисс. –Т., 2019.
2
Ҳамроева Ш.М. Корпус лингвистикаси атамаларининг қисқача изоҳли луғати. – Т.:
«Камалак» нашриѐти. – 47 б.; А.Эшмуминов.Ўзбек тили миллий корпусининг синоним
сўзлар базаси. –Қарши, 2019.
3
Do'stlaringiz bilan baham: