Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti



Download 7,21 Mb.
Pdf ko'rish
bet83/398
Sana26.02.2022
Hajmi7,21 Mb.
#467559
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   398
Bog'liq
Тайёр Миллий корпус тўплам 17.05

Alisher Navoiy nomidagi Toshkent 
davlat o‘zbek tili va adabiyoti 
universiteti 
“O‘ZBEK MILLIY VA TA’LIMIY 
KORPUSLARINI YARATISHNING NAZARIY 
HAMDA AMALIY MASALALARI”
Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya
Vol. 1
№. 01 (2021) 
69 
TURK WORDNETIGA ASOSLANGAN O'ZBEK WORDNETINI QURISH 
Building of the Uzbek WordNet based on the Turkish WordNet 
 
Xabibulla Madatov
30

Doniyor Xujamov
31

Behruz Boltayev
32
*
 
Annotatsiya.
Ushbu maqola Turk WordNetga asoslangan O’zbek WordNet ni qurish 
metodologiyasiga . Ko'pgina tillar keng til manbalariga ega. Ikki tilli lug'atlar, bir tilli lug'atlar, 
tezauruslar va leksikonlar kabi manbalar leksikograflar tomonidan ishlab chiqilgan. Tillarni 
kompyuterda qayta ishlash tobora ommalashib borayotganligi sababli, yangi manbalar to'plamini talab 
qilinadi.WordNet tizimi aynan shu maqsadda ishlab chiqlganligi bu masalaning naqadar dolzarb masala 
ekanligini bildiradi. 
Kalit so'zlar:
 WordNet, sinset, teg, WordNet baza, xml, giponim, giperonim 
Annotatsiya:
 This article summarizes the results of the Turks' efforts to create a comprehensive 
WordNet for the methodology and the Turkish language. Many languages have access to a wide range of 
language resources. Sources such as bilingual dictionaries, monolingual dictionaries, thesauri, and 
lexicons were developed by lexicographers. As computer processing of languages becomes more popular, 
a new set of resources will become necessary. 
Key words:
 WordNet, sinset, tag, WordNet database, xml, hyponym, hyperonym 
O'zbek tili turkiy xalqlar tillari oilasiga mansubligini e'tiborga olgan holda o'zbek WordNetini 
qurishni turk WordNeti asosida amalga oshirishga qaror qildik. WordNet onlayn leksik ma'lumotlar tizimi 
bo`lib, uning dizayni inson leksik xotirasining hozirgi psixolingvistik nazariyalarini tadqiq qilish 
natijasida kelib chiqqandir. WordNetni ishlab chiqish har doim ko'p mehnat talab qiladigan vazifadir. 
Buning uchun bir qator mutaxassislarning ishi zarur bo’ladi. Agar uni noldan ishlab chiqish va har 
tomonlama to’liqlik va aniqlik talab qilingan bo’lsa, bu ko'p yillar davom etadi. Bunday sharoitda hali 
to'liq ishlab chiqilmagan qimmatbaho resurs osongina eskirishi mumkin. Buning sabablari juda ko’p. 
Birinchidan, WordNet "so'zlar" bilan shug'ullanganligi sababli, uning mazmuni eskirishi mumkin. 
Eskirgan so‘zlarning hozirgi tilda sinonimi mavjud bo‘ladi. Masalan: 
budun, ulus, raiyat – xalq; handasa 
- geometriya; muarrix - tarixchi; dudoq – lab; lang - cho‘loq, oqsoq.
Bundan tashqari, yangi ma'lumotlar 
WordNet tarkibiga qo'shilishi mumkin, masalan ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyot va o‘zgarishlar natijasida 
vujudga kelgan narsa - hodisalarning yangi nomlari. Masalan, O‘zbekiston mustaqil bo‘lgandan so‘ng 
tilimizda paydo bo‘lgan
faxriy - veteran, noib - deputat, tuman - rayon, tayyora - samolyot
kabi so‘zlar 
yangi so‘zlardir. So'ngra, WordNet-ni namoyish qilish uchun ishlatiladigan format o'z vaqtida o'zgarib 
boradi. So'zlashuvlarni ishlab chiqish va saqlash uchun ishlatiladigan vositalar tarkibni takomillashtirish 
va formatdagi o'zgarishlarga mos kelishi kerak.
Qaralayotgan ishda o'zbek WordNetini yaratishda bosqichma-bosqich quyidagi vazifalar 
muhokama qilingan va ularning yechimi python dasturlash tilida xronologik tartibda taqdim etilgan: 

turk WordNet bazasida joylashgan so'zlarni ID va bog'lanishlarini saqlagan holda ajratib olish 

turkcha so'zlarni mutaxassislar tomonidan ajratib olingan so'zlarni o'zbek tiliga to'liq va aniq 
tarjima qilish 

o'zbek tiliga tarjima qilingan so'zlarni o'zbek tili bazasidan izohi va misollarini aniqlash 

hosil bo'lgan ma'lumotlarni sinsetlarga joylashtirib XML formatidagi WordNet fayliga yozish 

Download 7,21 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   398




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish