Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti


Birovning jamiyatdagi o‘rnidan noroziligidan qaytarish



Download 7,21 Mb.
Pdf ko'rish
bet299/398
Sana26.02.2022
Hajmi7,21 Mb.
#467559
1   ...   295   296   297   298   299   300   301   302   ...   398
Bog'liq
Тайёр Миллий корпус тўплам 17.05

9. Birovning jamiyatdagi o‘rnidan noroziligidan qaytarish
:
Xayr qilsang, butun qil.
Xalqning molini yegan halqumidan ilinar.
Cho‘loq bo‘lsa ham no‘noq bo‘lmasin.
Shavla ketsa ketsin, obro‘ ketmasin.
Birovniki qiz ko‘rinibdi.
 
Mazkur guruhga mansub paremalar qatorida o‘zga shaxsga ham, so‘zlovchining o‘ziga ham
bir xil darajada taalluqli bo‘la oladigan iboralar ayniqsa ko‘p. Ikkinchi holatda amalga oshadigan 
funksiyani o‘zini-o‘zi ishontirish deb nomlash mumkin. Masalan, “Kambag‘alni tuyaning ustida ham
it qopadi” kabi. Amaliy kommunikatsiyada bu funksiya odatda suhbatdoshning biror e’tiroziga yoki
maslahatiga munosabat bildirishdek namoyon bo‘ladi. Masalan, so‘zlovchi o‘z suhbatdoshidan
hayajonlanib so‘rashi mumkin: “Sen shunday haqoratga qanday qilib chidashing mumkin?” Berilgan 
savolga suhbatdosh mazkur maqol orqali munosabat bildirishi mumkin bo‘ladi. Maqolli-matalli hikmatli 
so‘zlar nutqiy o‘zaro munosabat vaziyatlarida kuzir kartalariga o‘xshaydigan vositalarni tashkil qiladi, 
mazkur vositalardan mahorat bilan foydalana oladigan kishi uchun suhbatdoshni yoki tinglovchilarni 
chaqqonlik bilan hiyla-nayrangli boshqarish imkoniyatini beradi. Mana shunday ta’sir ko‘rsatish 
mexanizmlarining tahlili va tasnifi ham nazariya, ham amaliyot nuqtayi nazarlaridan, shubhasiz, 
qiziqarlidir. Nutqiy maqsadlar to‘g‘risidagi masalani faqat maqollar va matallar toifasidagi tarkibiy-to‘liq 
frazeologizmlar holatidagina to‘liq darajada qo‘yish mumkin bo‘ladi. Shularga nisbatan bir qator 
tadqiqotchilar paremiya tushunchasidan foydalanadilar, garchi mazkur tushuncha o‘zining hajmi 
bo‘yicha ancha kengroq bo‘lsa ham uni topishmoqlarga, tanlov sanoqlariga, masal-matallarga, qofiyali
gaplarga ham taalluqlashtirish mumkin. “Paremiyalar – namunaviy diskurslar, ular ham leksik birliklar 
(so‘zlar, frazeologizmlar) kabi yaxlit va mustahkam shaklga, qayta takrorlanish muntazamligiga egadir, 
biroq mazkur sifatlardan farqli o‘laroq, ular bitta yoki undan ko‘proq, ya’ni maqollar va matallar, 
hikmatli so‘zlar, latifalar, loflar, yomon ko‘zdan asrovchi duolar, hikoyatlar, ertaklar, miflar kabi fikr-
mulohazalardan iborat...” [Borbotko, 1999: 90]. Paremiyalar funksional tasarrufining ular bilan o‘zaro 
nisbatlanadigan nutqiy aktlar yo‘sinidagi baholanishlari, qoidagidek, o‘z-o‘zidan fahmlanadigandek, 
muvofiq tahlilsiz umumiy shaklda beriladi, masalan, taqqoslang: "”Kundalik foydalanishda maqollar, 
qoidaga muvofiq, qandaydir amaliy, pragmatik maqsadlar uchun foydalaniladi. Ular orqali o‘z holatlarini 
asoslaydidar, bashoratlar qilinadi, shubha-gumonlar bildiriladi, ta’na-malomatlar qilinadi, biror narsada 
o‘z-o‘zini oqlaydilar yoki kechirim so‘raydilar, kimnidir yupatadilar, kimnidir masxara qiladilar va 
ustidan zaharxanda kuladilar, istak bildiradilar, va’da beradilar, izn beradilar, buyruq beradilar va 
taqiqlaydilar va h.k.” [Krikmann, 1978: 94]. Maqollarni va matallarni bir-biridan farqlashtirish
masalasida yana boshqa bir an’ana mavjud, unga muvofiq maqollarda, albatta, metaforik timsol hozir 
bo‘ladi (shu bois ular ko‘chma ma’noga ega bo‘ladi) va shu bilan bir vaqtda matallar faqat so‘zma -so‘z 
ma’noda idrok qilinishi lozim. “Matallar deganda ... faqat so‘zma-so‘z yo‘singa ega bo‘lgan va 
grammatik jihatdan tugallangan gapdan iborat bo‘lgan qisqa xalq mulohazalari tushuniladi. Shuni 
nazardan qoldirmaslik kerakki, maqolli-matalli paremiyalarga bog‘liq funksiyalarning soni, ularning
o‘ziga xos yanada kuchliroq variantlarining yoki turli ko‘rinishlarining mavjudligi hisobiga amalda
g‘oyat ko‘proq bo‘ladi, ulardan bir qismi yuqorida keltirilgan (masalan, tinchlantirish – dalda berish, 
yupatish). Masala shundaki, qandaydir maqolli mulohazaga yaqin qarindoshlik funksiyalarning aynan 
qaysi biri xos ekanligi masalasini abstrakt ko‘rinishda uni amalga oshirishning aniq omillarini
inobatga olmay deyarli hal qilib bo‘lmaydi. Belgilovchi paytlar sifatida bu yerda, masalan, funksiyasini 
o‘git-maslahatdek yoki ibratdek talqin qilinishi tabiiy bo‘ladigan fikr bildirish, undan kattaning yoshi 
kichikka murojaat qilganida, shuningdek ishtirokchilar o‘z tasarruflari bo‘yicha teng bo‘lgan vaziyatda



Download 7,21 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   295   296   297   298   299   300   301   302   ...   398




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish