Ishni bajarish tartibi
1. «Sabzavotlar to‘g‘rash taxtasi»ning chizmasi chizib olinadi.
2. Ushbu chizma orqali buyum yasash o‘rganiladi.
3. Ish o‘rinlari egallanadi va buyum yasashga kirishiladi.
4. Chizmaga mos ravishda o‘lchash va rejalash ishlari olib boriladi.
5. Randalash, qirqish, egovlash va pardozlash ishlari mos ketma-ket-
likda olib boriladi.
6. Murakkablik qilgan ish operatsiyalarida o‘qituvchidan yordam oli-
nadi.
Jihozlar: arra, randa, egov, jilvir qog‘oz hamda o‘lchov va rejalash
asboblari.
6
1-rasm. Sabzavotlar to‘g‘rash taxtasini tayyorlash chizmasi.
300
20
200
60
75
20
40
40
20
30
10
77
Duradgorlik birikmalari to‘g‘risida ma’lumotlar
Duradgorlik birikmalari hosil qilishda bir necha bog‘lash
usullari qo‘llaniladi. Buyumning qanday materialdan tay-
yorlanishiga va qanday maqsadlarda ishlatilishiga, unga qan-
day sifat berilishiga qarab detallar o‘zaro oddiy yoki mu-
rakkab ko‘rinishda biriktiriladi. Birikmalar hosil qilishda
qo‘llaniladigan bog‘lash usullari: «dasta bet» bog‘lash, priz-
matik yoki to‘g‘ri tirnoqli birikmalar (bir tirnoqli yoki ko‘p
tirnoqli), porsi usulida bog‘lash, zakrovli birikmalar, chok-
li birikmalar, «qaldirg‘och quyruqli» tirnoqli birikmalar va
boshqalardan iborat.
«Dasta bet» bog‘lash duradgorlik birikmalari hosil qilish-
ning eng oddiy va oson usuli. Bu usul binokorlik ishlarida,
issiqxonalarda yog‘och qismlarini o‘zaro biriktirishda, oddiy
qoplama ramkalar, vitrinalar va boshqalar tayyorlashda qo‘l-
laniladi.
Birikmaning o‘lchamiga qarab detallar bir-biriga mix-
lash yo‘li bilan, burama mix, bolt yoki changak yordamida
qotiriladi.
«Dasta bet» bog‘lashda detallar «Г» simon, «T» simon
shaklda to‘g‘ri va «qaldirg‘och quyruq»li qilib biriktirilishi
mumkin (62-rasm).
a
b
d
62-rasm. Tirnoqli birikmalarni yig‘ish:
a) to‘g‘ri tirnoq; b) «T» simon tirnoq; d) ochiq tirnoq.
78
Duradgorlik birikma-
lari biriktirish usuliga
ko‘ra ajraladigan va aj-
ral maydigan duradgorlik
birikmalariga bo‘linadi.
Birikmani yetarli da-
rajada puxtalash uchun
mix, cho‘p mix, burama
mix, burchakli ustqur-
ma, kiritma plastinka,
bolt gayka va turli duradgorlik birikmalari (tirnoqli birikma-
lar, «dasta bet» bog‘lanishli, yashi rin va yarim yashirin birik-
malar) va boshqa vositalardan foydalaniladi (63-rasm). Qattiq
va elastik yog‘och mixni mahkamroq ushlaydi, lekin mixni
bunday yog‘ochga qoqish ancha qiyin. Burama mixlar durad-
gorlik ishlarida, ya’ni eshik va derazalarning oshiq-moshiqla-
rini o‘rnatishda ishlatiladi (64-rasm). Bunday mixlar oddiy
mixlarga nisbatan ancha puxta birikma hosil qiladi. Detallarni
yog‘och mixlar bilan biriktirish, asosan, turumli birikmalar-
da qo‘llaniladi. Yog‘och mixlar yo‘g‘onligi 3–12 mm ga-
cha bo‘ladi. Ular parmalangan teshiklarga yelimlab qoqiladi.
64-rasm. Burama mixlar: a) mix kallaklari: 1–yashirin; 2–yarim
yashirin; 3–yarim yumaloq; b) burama mixlarning o‘lchamlari.
a
b
1
3
4
6
9
15
18
22
26
30
T
irnoq
Quloq
Arraning izi
a
63-rasm. Tirnoq chiqarish va quloq
ochish: a) tirnoq va quloqlarni tilish;
b) tirnoq kеrtish; d) quloq o‘yish.
b
d
79
Pardozlangan buyumlarning burchak birikmalari o‘ynab ket-
masligi uchun burchakli ustqurma, kiritma plastinka, burama
mixlar bilan mahkamlanadi.
Ba’zi duradgorlik detallarida bolt gaykalardan foydalani-
ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |