AMALIY MAShG’ULOT № 7Quloqcha va turumli o’rtalik birikmalar
Ishdan maqsad:
To’g’ri tirnoqli birikmalar tayyorlashni
o’quvchilarga o’rgatish
Kerakli asbob-uskuna va jihozlar:
yog’och to’qmoq, yog’ochlar, adabiyotlar, plakatlar.
Tayanch iboralar:
birikma, brusok.
Duradgorlik buyumlari tayyorlashda ularning sifatli chiqishi va detallarning puxta
birikishini ta’minlash maqsadida, uning shakli va o’lchamlariga qarab har xil, ko’rinishdagi
bir tirnoqdn, ikki tirnoqli, ko’p tirnoqli ochiq, maxfiy va yarim maxfiy tirkoqli birikmalar
hosil qilinadi. Ulardan eng soddasi va eng ko’p qo’llanadigani ochiq ko’rinishidagi bir
tirnoqli birikmalardir. Bir tirnoqli
birikmalar hosil qilish mashqi 3-
texnologik kartada ko’rsatilgan
tartibda bajariladi.
1. Birikmaga mos yog’och
tanlanadi, randalash uchun qo’yim
qoldirib undan material arralab
olinadi.
2. 1-texnologik karta asosida l uzunlikdagi, eni a, qalinligi h bo’lgan ikkita brusok
tayyorlanadi yoki dasta bet bog’lashni o’rganish uchun ishlatilgan tayyor brusoklardan
foydalaniladi.
3. Brusoklarning uchlarini go’niya asosida arralab to’g’ri burchakli qirqimlar hosil
qilingandan so’ng tirnoq va quloqlar rejalanadi. Buning uchun brusoklarning uchida
o’lchamda tirnoq va quloq uzunligi rejalanib, qolgan tomonlarga go’niya yordamida olib
o’tiladi. Bir tirnoqli birikmalarda tirnoqning qalnnligi yoki qo’loqning kengligi brusok
qalinligining 1/3 qismiga teng qilib olinadi (shuni hisobga olib ko’pincha bir tirnoqli
birikmalarda brusokning qalnnligini 3 ga qoldiqsiz bo’linadigan o’lchamda tayyorlanadi).
Shuning uchun tirnoq va quloq o’lchamlarini rejalashda xatkashning bir cho’pini brusok
qalinligining 1/3 qismiga h/3 ikkinchi cho’pini brusok qalinligining 2/3h qismiga teng
TIRNOQ KERTISH VA QULOQ
O’YISH
o’lchamga sozlanadi va ikkala cho’p
yordamida «bet»larga nisbatan brusok
chetlariga reja chiziladi.
4.Reja asosida tirnoq chiqarish
va quloq ochish uchun birinchi
navbatda tilish ishi olib boriladi.
Tirnoq va quloqlarni tilish ishlari 102-
rasmda ko’rsatilgandek olib boriladi.
So’ng tirnoq chiqarish uchun kertish
va quloq ochish uchun o’yish ishi
bajariladi.
Tirnoq va quloqlarni o’zaro bir-
biriga kiritib birikma hosil qilingach,
uning jipsligi ta’minlanadi. Jipslikni
ta’minlash
chaspakli
dastarra
yordamida olib boriladi. Buning
uchun birikmaning chokiga ham
«bet»dan, ham orqadan arra qo’yiladi
(arralanadi).
Birikma hosil qilishni bir necha
bor mashq qilinadi.
Ikki tirnoqli birikmalarda har bir tirnoqning qalnnligi brusok qalinligining-qismiga
teng qilib chiqariladi, quloqlar unga moslab ochiladi.
Ikki tirnoqli birikmalar hosil qilishda birinchi navbatda tirnoqlar chiqariladi. So’ng
tirnoqlarga moslab quloq, o’rinlari rejalanadi.
Ko’p tirnoqli birikmalarda ham oldin tirnoqlar chiqarilib, so’ngra ular asosida kuloq
o’rinlari rejalanadi.
Ikki tirnoqli va ko’p tirnoqli birikmalarda ikki cho’pli xatkashlar yordamida rejalash
mumkin emas. Ular uchun maxsus ko’p chizg’ichli xatkashlar tayyorlanadn yoki
andazalardan foydalaniladi.
Bir tirnoqli maxfiy yoki yarim maxfiy birikmalarda quloq o’rnida uya yoki teshik
ochiladi. Buning natijasida tirnoq butunlay ko’rinmaydi yoki tirnoqning uch qismigina
ko’rinadi. Shunga ko’ra maxfiy tirnoqli birikmalarda uya (brusokning eniga qarab) brusok
enining 2/3 yoki ¾ qismigacha o’yilib, tirnoqning uzunligi unga moslab chiqariladi.
Tirnoqli birikmalar hamma vaqt yelimlab biriktiriladi. Ayrim hollarda birikmaning
puxtaligini oshirish uchun unga yog’och mix qoqiladi yoki uning sifatiga qarab ichki yoki
tashqi tomonidan po’lat burchaklik yoki fanerdan tayyorlangan uchburchaklik mixlanadi.
Mustahkamlash uchun savollar
1.Tirnoqli birikma turlari haqida ayting?
2.Tirnoqli birikmalar qanday biriktiriladi?
Do'stlaringiz bilan baham: |