55
Porsi go‘niya. Buyum qismlarini porsi usulida biriktirishda
(port
ret ramkasi qismlari; eshik, deraza romlarining burchak-
lari; javon,
shkaf kabilarning karnizlari, umuman, randalar
yordamida gul chiqarilgan qismlarni biriktirishda) rejalash
porsi go‘niya yordamida bajariladi. Porsi go‘niya lineykasi
kundaga 45
o
burchak hosil qilib o‘rnatiladi.
Xatkash – aniq o‘lchamli qilib arralash, randalash, o‘yish-
teshish ishlarini bajarishda yog‘och materiallarning turli to-
monlariga ularning qirralariga parallel
qilib reja chiziqlarini
chizishda ishlatiladigan rejalash asbobi. Xatkashlar bir cho‘pli,
ikki cho‘pli va ko‘p cho‘pli bo‘lishi mumkin.
To‘g‘ri burchakli detallarni rejalashda quyidagilarga alohida
e’tibor berish kerak (40-rasm):
1. Masshtabli chizg‘ichning nolli bo‘linmasi o‘lchash bosh-
lanadigan chiziq ustida turishi lozim.
2. O‘lchash vaqtida chizg‘ichning o‘lchash boshlanadigan
chiziqqa nisbatan noto‘g‘ri turishiga yo‘l qo‘ymaslik kerak.
Rejalash – mas’uliyatli operatsiyadir. Tayyorlanadigan bu-
yum
ning sifati rejalashning aniq bajarilishiga bog‘liq bo‘ladi.
Shuning uchun rejalashda juda hushyor bo‘lish zarur. Rejalash
dastgoh ustida yoki stolda qalam, chizg‘ich, go‘niya
bilan ba-
jariladi. Rejalashda quyidagi tartibga rioya qilish shart.
39-rasm. Rejalash va o‘lchash asboblari.
Go‘niya
Buklama chizg‘ich
Ruletmetr
56
Avval zagotovkaning tekis tomoni tanlanadi yoki tayyor-
lanadi va undan boshlab barcha o‘lchamlar hamda chiziqlar
belgilanadi. Ana shu tomoni baza tomon deyiladi. Yog‘ochni
tejamli sarflash uchun mazkur zagotovkadan ancha miqdor-
da detallar yasash mumkinligini ishlov berish uchun tegishli
qo‘yimlarni nazarda tutgan holda aniq hisoblab chiqish lozim.
Zagotovkani ishlov bilan tayyor detal o‘lchamiga
keltirish
uchun yog‘ochning ma’lum qatlami kesuvchi asbob yordami-
da olib tashlanadi. Ana shu qatlamni qo‘yim deyiladi.
Zagotovkaga to‘g‘ri chiziq o‘tkazish uchun avval baza to-
mondan chizg‘ich bilan tegishli oraliq o‘lchanadi va 2–3 bel-
gi qo‘yiladi (41-rasm). Keyin chizg‘ichni shu belgilar ustiga
qo‘yib va chap qo‘l bilan bosib turib qalamda kontur chizig‘i
chiziladi. Burchaklik yordamida chiziqlar o‘tkazish
uchun esa
uning asosi zagotovkaning baza qirrasiga qo‘yiladi va o‘ng
qo‘l bilan qalamni o‘ng tomonga biroz og‘dirib chiziladi.
Yog‘ochni o‘lchash va rejalash asboblariga chizg‘ich, metr,
o‘ramametr, go‘niya, xatkash transporti va o‘lchov andazalari
kiradi.
40-rasm. Masshtabli chizg‘ich yordamida detalni rejalash:
a) detalning enini o‘lchash; b) reja chizig‘ini o‘tkazish.
Qirra
Chiziqlar
a
b
57
41-rasm. Burchaklik yordamida chiziqlar o‘tkazish.
To‘g‘ri
Noto‘g‘ri
Chizg‘ichlar yog‘och, metall, plastmassa yoki boshqa ma-
teriallardan bir necha santimetrdan bir metrgacha uzunlikda
millimetrlarga bo‘lingan holda tayyorlanadi.
Ular millimetrga-
cha aniqlikda o‘lchash, kerakli to‘g‘ri chiziqlar chizish va
yog‘och qirralarining to‘g‘ri chiziq shaklida ekanligini tek-
shirish uchun ishlatiladi.
100 santimetrga teng uzunlik o‘lchov birligi
metr deyiladi.
Olib yurish va saqlash qulay bo‘lishi uchun o‘rama
shakli-
dagi o‘lchash asboblaridan foydalaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: