Agrokonsalting


–savol Suv iste’molida yangi va tejamkor texnologiyalarni



Download 2,27 Mb.
bet64/214
Sana23.06.2022
Hajmi2,27 Mb.
#697573
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   214
Bog'liq
Agrokonsalting

2–savol
Suv iste’molida yangi va tejamkor texnologiyalarni
qo‘llashni iqtisodiy asoslash va biznes rejalashtirish bo‘yicha maslahatlar berish.
Respublikamizda suv strategik ahamiyatga ega resurs hisoblanadi. Chunki mavjud suv resurslarining asosiy qismi iqtisodiyotimiz rivojida muhim o‘rin tutuvchi agrar soha ehtiѐji uchun sarflanadi. Qishloq xo‘jalik mahsulotlarining salkam 97% esa aynan sug‘oriladigan yerlardan olinadi. Bugungi kunda Respublikamizda qishloq xo‘jalik mahsulotlariga bo‘lgan talab kun sayin ortib bormoqda.
O‘zbekiston respublikasi vazirlar mahkamasining 21.06.2013 yildagi “Tomchilatib sug‘orish tizimini va suvni tejaydigan boshqa sug‘orish texnologiyalarini joriy etish va moliyalashtirishni samarali tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 176-sonli qarorida “Tomchilatib sug‘orish tizimini va suvni tejaydigan boshqa sug‘orish texnologiyalarini joriy etish va moliyalashtirish tartibi to‘g‘risida”gi hamda 2013 - 2014 yillar davrida O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Sug‘oriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash jamg‘armasining kredit liniyasi hisobiga tajriba tariqasida tomchilatib sug‘orish tizimini joriy etish uchun tijorat banklari tomonidan qishloq xo‘jaligi tovar ishlab chiqaruvchilariga kreditlar berish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlanishi belgilandi.
Tomchilatib sug‘orish tizimini joriy etish ustuvor tartibda:

  • vegetatsiya davrida suv resurslari o‘rtacha ko‘p yil taqchil bo‘lgan sug‘oriladigan yer uchastkalarida, shuningdek sug‘orish suvini yuqoriga ko‘tarishda katta harajatlar qilinadigan mashina bilan sug‘oriladigan yerlarda;

  • bog‘lar, uzumzorlar, sabzavot-poliz mahsulotlari va boshqa yuqori rentabelli ekinlar uchun ajratilgan yer uchastkalarida;

  • irrigatsiya eroziyasiga uchragan kuchli nishabli yer uchastkalarida;

  • sho‘rlanmagan va kam sho‘rlangan yengil tuproqli tekis yer uchastkalarida amalga oshiriladi.

Tomchilatib sug‘orish tizimini va suvni tejaydigan boshqa sug‘orish texnologiyalarini joriy etgan qishloq xo‘jaligi tovar ishlab chiqaruvchilariga tejalgan suv resurslaridan boshoqli don ekinlaridan bo‘shagan maydonlarda qishloq xo‘jaligi ekinlari o‘stirish uchun foydalanish huquqi beriladi.
Davlat dasturi doirasida amalga oshiriladigan tomchilatib sug‘orish tizimi va suvni tejaydigan boshqa sug‘orish texnologiyalari uchun butlovchi buyumlar ishlab chiqaruvchi ixtisoslashtirilgan tashkilotlarga deklaratsiya qilingan narxlar bo‘yicha polietilen granula xarid qilish uchun har yillik kvotalar ajratildi.
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Sug‘oriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash jamg‘armasi mablag‘lari hisobiga tomchilatib sug‘orish tizimini qurish tasdiqlangan loyiha-smeta hujjatlari bo‘yicha meliorativ ishlarni va boshqa suv xo‘jaligi ishlarini bajarishga ixtisoslashgan davlat unitar korxonalari tomonidan foydalanishga tayyor holda amalga oshirildi.
Qishloq xo‘jaligida sug‘orish suvidan unumli foydalanish va sug‘orish ishlarini o‘z vaqtida yuqori saviyada amalga oshirishda xo‘jalik ichki sug‘orish tarmoqlarini, meliorativ texnikani va sug‘orish maydonlarini suvni qabul qilib olishga sifatli tayyorlash muhim o‘rin tutadi. Fermer xo‘jaliklari axbarot maslaxat xizmatidan suv iste’molida yangi va tejamkor texnologiyalarni qo‘llash bo‘yicha maslaxatlar olishadi, tejamkor sug‘orish texnologiyalari joriy qilish bo‘yicha loyixalarni amalga oshirish maqsadida biznes rejalarini tuzishda ularning xizmatidan foydalanishadi. Sug‘oriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash jamg‘armasining kredit liniyasi hisobiga tajriba tariqasida tomchilatib sug‘orish tizimini joriy etish uchun tijorat banklari tomonidan qishloq xo‘jaligi tovar ishlab chiqaruvchilariga kreditlar berish tartibi bilan tanishtiradilar.
Ma’lumki, sug‘orishda suvdan samarali va tejamli foydalanishni tashkil etish choralari qo‘yidagilar:30

  • Sug‘oriladigan yerlarni tekislash

  • YEr maydonining nishabligiga qarab egatlarni qisqa olish (50-60m)

  • Suvchilar sonini ko‘paytirish va xar 8-10 l/s suvga bittadan suvchi jalb etish

  • Tungi sug‘orish ishlarini tashkil etish va suvchilarga kerakli sharoitlarni yaratish

  • Sug‘orishni sharbat oqizib tashkil etish va qator orasiga o‘z vaqtida ishlov berish

  • Suvni tashlama tashlamaslik, ko‘llatib va zaxlatib sug‘orishga yo‘l qo‘ymaslik

  • Sug‘orishni ekinlar talabidan kelib chiqib tashkil etish

Qishloq xo‘jalik ekinlarini sug‘orish quyidagi usullar yordamida amalga oshiriladi:
- yer ustidan sug‘orish;
- yomg‘irlatib sug‘orish;
- tuproq ichidan sug‘orish;
- tomchilatib sug‘orish;
- sizot suvlari sathini ko‘tarib (subirrigatsiya) sug‘orish;
- tuman hosil qilib sug‘orish (dispers sug‘orish usuli).
Egatlarga plyonka to‘shab sug‘orilganda

    • oqava suvlar miqdori kamayadi,

    • egatlar butun uzunligi bo‘yicha bir tekis namlanadi,

    • o‘qariqni qisqa masofada olinmaydi

    • sug‘oriladigan maydondan bug‘lanish va shimilish kamayadi

Egiluvchan quvurlar yordamida sug‘orishda

    • egiluvchan shlangalar o‘qariqni o‘rniga ishlatiladi;

    • suv har bir egatga bir tekis taqsimlanadi;

    • sug‘orish ishlari yengillashadi

Yomg‘irlatib sug‘orish usulining afzalligi shundaki, bu usulda sug‘orish jarayoni to‘liq mexanizatsiyalashadi, o‘q ariqlar soni kamayadi, belgilangan suv me’yori aniq va bir tekisda sarflanadi, tuproq yuzasida mikroiqlim vujudga keladi, yomg‘irlatib sug‘orishda sizot suvlari ko‘tarilmaydi, shu sababli tuproqda sho‘rlanish va botqoqlanish sodir bo‘lmaydi.
Yomg‘irlatib sug‘orish usulida egatlab sug‘orishga nisbatan mehnat unumdorligi 3-4 barobar oshadi va 15-20 foiz suv tejaladi. Yomg‘irlatish uchun DDA-100M markali o‘zi yurar agregat ishlatiladi. U bir vaqtda 120 mkenglikdagi maydonni sug‘oradi. Sug‘orish me’yori gektariga 700-800 m3 bo‘ladi va bitta agregat bir sutka davomida 10-13 gektar ekin maydonini sug‘ora oladi. Respublikamizda DKSh-64 «Voljanka», «Fregat» va boshqa markali keng qamraydigan yomg‘irlatgich mashinalaridan ham foydalanish mumkin, ular suvni bir tekisda tuproqqa singish tezligida yomg‘irlatadi.
Natijada gektariga 1000 m3 gacha suv berish va tuproqni 80-100 sm chuqurlikda namiqtirish imkoniyati yaratiladi.
Yomg‘irlatib sug‘orishda:

    • oqava suvlar bo‘lmaydi,

    • ekin dalasi butun kattaligi bo‘yicha bir tekis namlanadi,

    • dalada egat va o‘qariq olishga hojat qolmaydi

Tomchilatib sug‘orish usuli ekinlarga suv berishning eng ilg‘or usullaridan biri bo‘lib, bunda suv o‘simliklarga to‘g‘ridan-to‘g‘ri maxsus jihozlar va qurilmalar yordamida tomchi tarzda yetkaziladi.
Tomchilatib sug‘orish usulining asosiy meliorativ afzalliklari shundaki, suv o‘simliklarning ildizi tarqalgan faol qatlamida uzluksiz mo‘’tadil namlik, havo, ozuqa va tuz rejimlarini vujudga keltiradi. Tomchilatib sug‘orishda suvdan kecha-kunduz davomida foydalanish – bu suvning isrof bo‘lishiga qarshi ko‘riladigan eng zaruriy tadbirlardan biridir.
Tomchilatib sug‘orish tizimi o‘simlikning suvga bo‘lgan ehtiyojiga teng miqdordagi suvni zarur muddatda uning ildiz qatlamiga yetkazib berishga mo‘ljallangan bosimli sug‘orish tarmog‘idir.
Tomchilatib sug‘orish tizimini umumiy ko‘rinishi va elementlari:
1 - suv manbai;
2 - nasos qurilmasi;
3 - o‘g‘itlash moslamasi;
4 – qumli filtr;
5 – disk yoki to‘rli filtr;
6 - magistral (bosh) quvur;
7 - tarqatuvchi quvur;
8 - bosim rostlagichlar;
9 - tomizgichli shlanglar;
10 – tomizgichlar.
Tomchilatib sug‘orishda dala emas, yetishtirilayotgan ekin sug‘oriladi. Tomchilatib sug‘orilganda boshqa sug‘orish usullariga nisbatan ekin turiga qarab 20 % dan 60 % gacha suv tejaladi
Tomchilatib sug‘orishni qo‘llashning asosiy afzalliklari:

  • Ekinlar hosildorligi ortadi va sifati yaxshilanadi

  • Sug‘orishga ishlatilayotgan suv odatdagi usullarga nisbatan 20-60 % gacha kamayadi

  • Mehnat va resurlar sarfi kamayadi(kultivatsiya qilish kamayadi, texnika kam ishlatiladi)

  • Beriladigan o‘g‘it miqdori 50 % gacha kamayadi

  • Tuproq eroziyasi to‘xtaydi, yer osti suvi sathi ko‘tarilishi va tuproq sho‘rlanishi kamayadi.

Tomchilatib sug‘orishning boshqa afzalliklari:

  • Suv dalaning faqat ekinlar ildizi joylashgan qismiga berilishi bois dala tuprog‘i qotmaydi;

  • Bir yillik ekinlarda kultivatsiya qilish va egat olish ishlari kamayadi;

  • O‘g‘it suv bilan birga berilishi tufayli, o‘g‘itlash uchun texnika ishlatish harajatlari kamayadi;

  • Tuproqdan suv kam bug‘lanadi;

  • Suv tuproqqa singib ketmaydi, yerning meliorativ holati yomonlashmaydi;

  • Oqavaga suv tashlanmaydi;

  • Tuproq eroziyaga uchramaydi.




Download 2,27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   214




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish