Nazorat uchun savollar
1. Qishloq xo‘jaligida yer ijarasi shartnomasini tuzish bo‘yicha maslahatlar.
2. Yer uchastkalarini foydalanishga berish va foydalanish shartlari bo‘yicha maslahatlar.
3. Fermer xo‘jaliklariga yer uchastkalarini taqsimlash va yerdan foydalanish tartibi bo‘yicha maslahatlar.
4. Xorijiy mamlakatlarda yer uchastkalaridan foydalanishni tashkil qilish xususiyatlari
10-M A V Z U: Qishloq xo‘jaligida suv resurlarini yetkazib beruvchilar xizmatidan foydalanish bo‘yicha maslahat xizmat
REJA
1. Suv iste’molchilari uyushmalari faoliyatini tashkil etish, ular xizmatlarini baholarini shakllantirish bo‘yicha maslahatlar.
2. Suv iste’molida yangi va tejamkor texnologiyalarni qo‘llashni iqtisodiy asoslash va biznes rejasini ishlab chiqish bo‘yicha maslahatlar berish
3. Suv iste’molchilar uyushmalarida buxgalteriya hisobi va hisobotlarni tashkil etishning huquqiy jihatlari bo‘yicha maslahatlar
Tayanch iboralar: suv resurslari,CIU, xizmat, irrigatsiya-melioratsiya,tashkil etish, axborot, drenaj tizimlari
1–savol
Suv iste’molchilari uyushmalari faoliyatinitashkil etish,
ular xizmatlarini baholarinishakllantirish bo‘yicha maslahatlar.
Axbarot maslahat markazlari mijozlari nafaqat fermer va dehqon xo‘jaliklarga maslahat xizmatini ko‘rsatadilar, balki ularga xizmat ko‘rsatuvchi sub’yektlar xam mijoz bo‘lishi mumkin. Suv iste’mol uyushmalari ham shular jumlasidan. Suv iste’molchilari uyushmalari faoliyatini tashkil etish, ular xizmatlarini shakllantirish bo‘yicha axbarot maslaxat markazlariga murojat qiladilar.
Respublikamiz qishloq xo‘jaligida suv resurslarini oqilona boshqarish va undan samarali foydalanishni tashkil etishning huquqiy asoslari yaratilgan va takomillashib bormoqda. Jumladan, «O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi», «Suv va suvdan foydalanish to‘g‘risida» gi, «Fermer xo‘jaligi to‘g‘risida»gi, «Dehqon xo‘jaligi to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasining qonunlari, «Fuqarolik kodeksi», «YEr kodeksi», «Soliq kodeksi» suv resurslaridan foydalanishning yagona bir tizim shaklidagi huquqiy asosini tashkil qiladi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «Suvdan foydalanuvchi uyushmalar faoliyatini boshqarish», «Suv xo‘jaligini boshqarishni tashkil etishni takomillashtirish to‘g‘risida»gi va boshqa qarorlari suv resurslaridan foydalanishning tashkiliy mexanizmi asoslarini o‘zida mujassam etgan.
Ayni paytda respublikamiz qishloq xo‘jaligida amalga oshirilgan iqtisodiy islohotlar talablaridan kelib chiqqan holda suvdan foydalanishning eng quyi bo‘g‘inida ham qator yangi tizimlar joriy etildi. Bunday tizimlardan biri Suv iste’molchilari uyushmalarini (SIU) tashkil etish hisoblanadi.
SIUlar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003 yil 5 yanvardagi 8-sonli “Qishloq xo‘jaligi korxonalarini fermer xo‘jaliklariga aylantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi qaroriga asosan va O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 72-moddasi talablari doirasida notijorat, nodavlat tashkilot sifatida tashkil etilgan bo‘lib, asosan o‘z faoliyatini suv iste’molchilarining to‘lovlari hisobiga moliyalashtiradi.
SIUlar suv xo‘jaligi quyi tizimidagi tashkiliy-iqtisodiy munosabatlarni rivojlantirish imkonini beradi va sobiq shirkat xo‘jaliklari tasarrufidagi irrigatsiya-melioratsiya tarmoqlarini ekspluatatsiya qilish, tashkil qilingan fermer xo‘jaliklariga o‘z vaqtida talab qilinadigan suvni yetkazib berish vazifalariga xizmat qiladi.
Quyi bo‘g‘inda suv taqsimlash tizimini takomillashtirishga yo‘naltirilgan SIUlar faoliyatini yo‘lga qo‘yish zarurati va bevosita iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirishdagi o‘rni suvdan foydalanish munosabatlarini rivojlantirishning quyidagi muammolarini hal etish bilan bevosita bog‘liq (1-chizma):
Do'stlaringiz bilan baham: |