Mehnat unumdorligi yoki mehnat qaytimi ma’lum vaqt birligi ichida ishlab chiqarilgan mahsulot miqdoriga sarflangan jami mehnat xarajatlarining samaradoriligini xarakterlaydi.
yer qaytimi qishloq xo‘jaligida bosh ishlab chiqarish vositasi hisoblangan yer resurslaridan foydalanish samaradorligini aks ettiradi.
Fond qaytimi qishloq xo‘jaligiga taalluqli asosiy ishlab chiqarish vositalarida mujassamlashgan, buyumlashgan mehnat xarajatlaridan qay darajada samarali foydalanayotganligini ko‘rsatadi.
Material qaytimi barcha turdagi moddiy resurslaradn, shu jumladan buyumlashgan mehnat xarajatlaridan foydalanish samaradorligini aks ettiradi.
Mahsulot birligi tannarxi umumlashgan holatda jami iste’mol qilingan ishlab chiqarish resurslaridan foydalanish samaradorligini xarakterlaydi, qishloq xo‘jaligi mahsuloti qanday darajadagi xarajatlar hisobiga ishlab chiqarilganligini ko‘rsatadi.
Nazorat uchun test savollari
Iqtisodiy samaradorlik tushunchasini ko‘rsating?
Vaqt birligida olingan mahsulot miqdori;
Ishlab chiqarishdan olingan natija bilan jonli va buyumlashgan mehnat sarfi o‘rtasidagi nisbat;
Mehnat unumdorligi bilan mehnat haqi darajasi o‘rtasidagi nisbat;
Kam moddiy va mehnat resurslari hisobiga ko‘proq yuqori sifatli mahsulot, foyda olish.
|
Rentabellik darajasi qanday aniqlanadi?
Mahsulot yetishtirish uchun sarflangan jonli va buyumlashgan xarajatlar;
Olingan yalpi va sof foydani sotilgan mahsulotlar to‘liq tannarxiga nisbatini foizdagi ifodasi bilan;
Olingan yalpi mahsulot, yalpi daromad, sof daromadni o‘rtacha yillik ishlab chiqarish xarajatlariga nisbati;
Yalpi mahsulot,yalpi sof daromadni o‘rtacha yillik xodimlar soniga nisbati.
|
Qishloq xo‘jaligi mahsulotlari tannarxi qanday aniqlanadi?
Barcha sarf xarajatlarni mahsulotning umumiy miqdoriga bo‘lib topiladi.
Qilingan barcha sarf xarajatlarni mahsulotning umumiy miqdoriga bo‘lib topiladi.
Jonli va buyumlashgan mehnat sarfini jamlash orqali topiladi..
Sarf qilingan umumiy kishi soatlarini mahsulotnnig umumiy hajmiga bo‘lish orqali topiladi.
|
Xarajatlarning tashkil topishga qarab tannarx turlarini ko‘rsating?
Rejali tannarx, kutiladigan tannarx, haqiqiy tannarx;
Rejali tannarx, texnologik tannarx, ishlab chiqarish tannarxi;
Texnologik tannarx, ishlab chiqarish tannarxi, to‘la tannarx;
Ishlab chiqarish tannarxi, to‘la tannarx, haqiqiy tannarx.
|
Iqtisodiy samaradorlik ko‘rsatkichlarini ko‘rsating.
Foyda, rentabellik darajasi, sof daromad, yalpi daromad, mahsulot tannarxi;
Mahsulot miqdori va sifati, fond qimati mahsulot tannarxi mehnat unumdorligi yer qaytimi rentabellik;
Mehnat unumdorligi, mehnat xaqi darajasi, ekin hosildorligi, mehnat sig‘imi, chorva mollari mahsuldorligi;
Rentabellik, fondlar bilan qurollanish, yalpi mahsulot miqdori mahsulot tannarxi
|
Sof daromad nima?
Yalpi daromadning mehnat haqi fondi chiqarilib yuborilgandan keyin qolgan qismi
Sof daromad mahsulotni realizatsiya qilingan qismi
Xo‘jalikka mahsulot ishlab chiqarishdan kelgan pul mablag‘lari.
Yalpi mahsulotdan sarflangan ishlab chiqarish mablag‘lari, moddiy-pul xarajatlari chiqarib tashlangan qismi
|
Foyda nima?
Bu realizatsiya qilish natijasida olingan pul tushumi;
Mahsulot sotishdan keladigan mablag‘dan - sotilgan mahsulotni ishlab chiqarish uchun sarflangan xarajatlarni yoki to‘la tannarx qiymatini chiqarib tashlangan qismi;
Yalpi daromadning mehnat haqi fondi chiqarilib yuborilgandan keyin qolgan qismi;
Yalpi mahsulotdan sarflangan ishlab chiqarish mablag‘lari, moddiy-pul xarajatlari chiqarib tashlangan qismi.
|
Ishlab chiqarish samaradorligini oshirish
Xo‘jaliklarning daromadini ko‘payishga va rentabellikning oshishiga olib keladi;
Mehnat unumdorligini oshishiga olib keladi;
Sarf xarajatning pasayishiga olib keladi;
Xo‘jaliklarni yer resurslaridan samarasiz foydalanishiga olib keladi;
|
Do'stlaringiz bilan baham: |