Nazorat uchun savollar.
Mehnat resurslarini boshqarish siyosati va amaliyoti bo‘yicha maslahatlar haqida tushuncha?
Personalni boshqarish bo‘yicha maslahatlar.
Mehnat resurslarini hisobga olish va rejalashtirish yo‘llari?
Personalni tanlash va ishga yollash yo‘llari?
Mehnat motivatsiyasi nimadan iborat?
Mehnatni rag‘batlantirish usullari?
Mehnat resurslarini boshqarishning yangi yo‘nalishlari va ular oldida turgan muammolarni yechimini topish bo‘yicha maslahatlar.
Qishloq xo‘jaligida mehnat unumdorligini oshirish yo‘llari?
15-MAVZU. IShLAB ChIQARISh VA SAMARADORLIKNI OShIRISh MASALALARI BO‘YIChA MASLAHAT
Darsning maqsadi: Talabalarga qishloq xo‘jaligi korxonalarida ishlab chiqarish va samaradorlikni oshirish masalalari bo‘yicha konsultatsiya bo‘yicha bilmlar berish.
Amaliy mashg‘ulot rejasi:
1. Ishlab chiqarish omillari va ularning tarkibi.
2. Ishlab chiqarish jarayonining mazmuni.
3. Ishlab chiqarishning umumiy vapirovard natijalari.
4.Ishlab chiqarish imkoniyatlari va uning chegarasi.
5. Ishlab chiqarishning samaradorligiva uni oshirish bo‘yicha konsultatsiyalar.
Darsning shakli: Amaliy mashg‘ulot savollari bo‘yicha guruh taqsimoti.
Darsga oid jihozlar: -Markerlar, flamaster, plakatlar. kerakli adabiyotlar.
Darsning tuzilishi: -Tashkiliy daqiqa,
-Yangi mavzu bo‘yicha guruhda ishlash,
-Guruh taqdimoti,
-Guruh ishining yakuni,
-Darsga yakun yasash va vazifa.
Iqtisodiy samaradorlik darajasi qanday bahodagi resurslar hisobiga iqtisodiy samaraga erishilganligiig bildiradi. Samara qancha katta va xarajat shuncha kichkina bo‘lsa, ishlab chiqarishning iqtisodiy samadorligi shuncha katta bo‘ladi va aksincha.
Resurslar va iqtisodiy samaradorlik o‘rtasida ma’lum bir aloqa mavjud. Xarajatlar ikki xil bo‘lishi mumkin: jonli va buyumlashgan. Jonli mehnat, asosiy va moddiy aylanma vositalarning absalyut miqdori resurslar (xarajatlar) sifatida, ular miqdorining kamayishi va ularni tejash – iqtisodiy samara shaklida ko‘rinadi.
Qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishning iqtisodiy samaradorligi mohiyati, uning mezoni va ko‘rsatkichlari orqali amalga oshadi. Mezonning ilmiy tushunchasi ma’lum bir belgi, baho o‘lchovini ifodalaydigan asosiy sifati uning muhim xossasidir. Qishloq xo‘jalik ishlab chiqarishning iqtisodiy samaradorligi mezoni jamiyatga kerak bo‘lgan yer maydoni birligidan chiqadigan qishloq xo‘jalik mahsulotining olinishi shu bilan bir qatorda ishlab chiqarishning tejamliligi va yuqori sifatini ta’minlashdir.
Qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishining iqtisodiy samaradorligi ko‘rsatkichlari xususiy va umumlashtiruvchi ko‘rsatkichlarga bo‘linadi.
Xususiy ko‘rsatkichlarga, mahsulot hajmi va mahsulot sifati, mehnat unumdorligi, yer qaytimi, fond qaytimi, material qaytimi, mahsulot tannarxi va shularga teskari ko‘rsatkichlar kiradi. Bu ko‘rsatkichlar natija sifatida, sanoatning xom-ashyoga, aholining oziq-ovqatga bo‘lgan ehtiyojini ancha to‘laroq qondirishga yo‘naltirilgan qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishining maqsadini ancha to‘laroq aks ettiradi. Shuni ta’kidlash lozimki, umumiy samara faqat ishlab chiqarilgan mahsulotning miqdori bilan emas, balki qo‘yilgan maqsadga bog‘liq holda, boshqa hajm ko‘rsatkichlarga ham ega. Masalan: yalpi mahsulot ishlab chiqarish samarasini bosh vazifa-iste’mol qiymat yaratish nuqtai nazardan; tovar mahsulot-qishloq xo‘jalik mahsulotlariga ijtimoiy ehtiyojni qondirish nuqtai nazaridan; sof mahsulot (yalpi daromad) - takror ishlab chiqarishning ikki tomoni – iste’mol va jamg‘arish - birligida ishlab chiqarish samaradorligini hisoblash uchun; foyda va sof daromad - ishlab chiqarish samaradorligini ishlab chiqaruvchilarning iste’mol qiymatga bo‘lgan manfaatini qondirish nuqtai - nazaridan xarakterlanadi.
Shu bilan birga, kishilarning iste’molini qondirish darajasi ishlab chiqarilgan mahsulotning faqat miqdoriga emas, balki sifatiga ham bog‘liq. Mahsulot sifatini yaxshilash bir tomondan oziq-ovqat mahsulotlari miqdorining ko‘payganligini bildirsa, yengil sanoat uchun qishloq xo‘jalik xom-ashyosining sifatining yaxshilanishi aholining keng iste’mol buyumlariga bo‘lgan talabini to‘laroq qondirishga imkoniyat yaratadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |