4-rasm. "Yuldosh Navruzov Reyting" konsalting markazi bo‘yicha fermer va qishloq talabkorlariga ko‘rsatilgan axborot-maslahat xizmatlarining asosiy yo‘nalishlari
Markazda xizmat ko‘rsatish uslubi va tashkiliy tuzilishini o‘zgartirish hamda xizmatlar tarkibi, davriyligi va sifati darajasini oshirish yuqorida ko‘rsatilgan xizmat turlarini tashkil etishga shroit va imkon yaratadi.
Markaz tashkiliy-boshqaruv tuzilmasini takomillashtirish hamda xizmatlar yo‘nalishini ko‘paytirishda e’tibor karatilishi lozim bo‘lgan omillar:
- agrar soha tadbirkorlariga ko‘rsatilayotgan va taklif etilayotgan xizmatlar iqtisodiy va tashkiliy jihatdan zamon talablari darajasida bo‘lishini ta’minlashi lozim;
- taklif etilgan xizmatlar mijozlar, xizmatlar iste’molchilari faoliyatidagi ayrim muammolarni yetarli darajada hal etishga imkon berishi lozim;
fermer va tadbirkorlarning zarar ko‘rishiga olib keladigan harakatlari yoki harakatsizliklari bozor iqtisodiyotiga xos bilim va ko‘nikmalari yetishmasligi hamda mavjud tartib va tartiblashtiruvchi mexanizm va dastaklar bilan tanish emasligidan kelib chiqayotganligi bois, ularning huquqiy va iqtisodiy savodxonligi hamda bilimini oshirishga ustuvorlik berish va boshqalar.
Bunday holatni quyidagilar bilan izohlash mumkin:
aksariyat fermer xo‘jaliklari boshliqlari axborot-maslahat markazlari xizmatlariga muhtoj ekanligini tan olgan holda, konsalting xizmatisiz o‘z muammolarini hal qila olmasligiga ishonchi kun sayin ortib borishi;
aynan qaysi xizmat ko‘rsatuvchiga ishonish kerakligi ularning birmuncha ikkilanishlariga sabab bo‘layotganligi;
qishlok xo‘jaligida konsalting xizmatlaridan keng foydalanish tajribasini yanada ommalashtirish lozimligidan tashqari, sohada raqobat muhiti asta-sekin shakllanayotganligi xizmat ko‘rsatuvchilarni tanlashda ikkilanishni keltirib chiqarayotganligi;
fermer xo‘jaliklari ko‘rsatilgan xizmatlarga to‘lovlarni xizmatning pirovard natijasi bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri bog‘lash lozimligini tan olmayotganligi;
fermer xo‘jaliklari moddiy resurs va moliyaviy salohiyati axborot-maslahat markazlari xizmatlari ko‘lamini kengaytirishga ta’sir etayotganligi va boshqalar.
Shu munosabat bilan markazda marketing va konsalting xizmati ko‘rsatishga ustuvorlik berish maqsadida Marketing tadqiqotlari o‘tkazish va axborotlar to‘plash guruhi tashkil etish maqsadga muvofiq.
Bunday guruhning asosiy vazifalari kuyidagilardan iborat bulishi lozim:
hududdagi xo‘jaliklarning ekin maydoni, ekin turlari buiicha axborotlar to‘plash;
xo‘jalik yurituvchi sub’yektlarning barcha turdagi xizmat (tovar)larga bo‘lgan talabini o‘rganish;
- ko‘rsatadigan xizmat turlari va xizmat baholari) to‘g‘risida ma’lumotlar to‘nlaig
- kishloq xo‘jaligi mahsulotlari, servis korxonalari ular tomonidan kursatiladigan xizmat (tovar)lar reklamasini utoshtirish
Ushbu guruh faoliyatidan fermer va qishloq tadbirkorlari qo‘yidagi amaliy manfaatdorlikka erishishlari mumkin:
hududdagi xizmat ko‘rsatuvchi korxonalar to‘g‘risidabatafsil ma’lumotga ega bo‘lish;
taklif etilayotgan xizmat (tovar)lardan o‘zi uchun (baholari)
ma’qul bulgan xizmat ko‘rsatuvchini tanlash;
olingan ma’lumotlar asosida xizmat (tovar) tur (assortiment)larini o‘zgartirish va faoliyati i shunga moye ravishda muvofikdashtirib borish;
-ko‘rsatiladigan (sotiladigan) xizmat (tovar)larnireklama qilish va foydalanuvchilarni ko‘rsatiladigan (sotiladigan) xizmat (tovar)larga ko‘proq jalb qilish va boshqalar.