Agrokonsalting


–savol Axborot maslahat markazlarini ta’sis etish, faoliyatni



Download 2,27 Mb.
bet12/214
Sana23.06.2022
Hajmi2,27 Mb.
#697573
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   214
Bog'liq
Agrokonsalting

3–savol


Axborot maslahat markazlarini ta’sis etish, faoliyatni
oqilona tashkil etish va samarali boshqarishda rahbarning shaxsiy fazilatlari
Jahon tajribasiga nazar tashlaydigan bo‘lsak agrosanoat majmuasida axborot-maslahat xizmatini tashkil etishning turli xil shakllari mavjud. Ularning asosiylari quyidagilar:

  • qishloq xo‘jaligi vazirligi yoki departamenti qoshidagi axborot-maslahat xizmati;

  • agrar oliygohlar qoshidagi axborot-maslahat xizmati;

  • tovar ishlab chiqaruvchilar yoki fermer uyushmalari asosida tashkil topgan axborot-maslahat xizmati;

  • tijorat firmalari tarkibidagi axborot-maslahat xizmati;

  • xususiy axborot-maslahat xizmati tashkilotlari.

O‘ziga xos ustunlik va kamchiliklarga ega bo‘lgan holda ularning asosiy vazifasi tadbirkorga to‘liq axborotni o‘z vaqtida yetkazish va unga lozim bo‘lgan yordamni ko‘rsatishdir.
Axbarot maslaxat xizmati boshlig‘ining vazifalari:

  • xududdagi fermer xo‘jaliklari soni, ularning yo‘nalishidan kelib chiqib xodimlar shtatini ishlab chiqish;

  • xodimlar xizmat vazifasidan kelib chiqib bajariladigan ishlarni taqsimlash va rahbarlik qilish;

  • ko‘rsatiladigan hizmatlarni o‘z vaqtida bajarilishi uchun xodimlar faoliyatini muvofiqlashtirish;

  • xodimlar va Markaz faoliyati bilan bog‘liq bo‘lgan buyruqlarni chiqarish hamda turli ko‘rsatmalar va shartnomalarga imzo chekish;

  • xodimlarni ishga qabul qilish va ishdan ozod qilish;

  • umumiy yig‘ilish qarorlarini bajarilishini nazorat qilish;

  • ko‘rsatiladigan xizmatlar baholari bo‘yicha taklif tayyorlash;

  • Markaz moddiy texnika bazasini mustahkamlash bo‘yicha chora tadbirlarni amalga oshirish;

  • Markaz faoliyatini yanada yaxshilash uchun ko‘rsatilayotgan xizmat turlarini kengaytirish bo‘yicha chora-tadbirlarini ishlab chiqish ishlarini amalga oshirish kabi vazifalarni bajaradi.

Axbarot maslaxat markazlarini oqilona tashkil etishda va uni samarali boshqarishda raxbar-menedjerlarning bilim va tajribalaridan tashqari ularning shaxsiy fazilatlari xam muxim ahamiyatga ega. Menejer - bu maxsus tayyorgarlik ko‘rgan, boshqarishning sir-asrorlari, qonun-qoidalarini puxta egallagan malakali mutaxassisdir. Menejer bu yollanma boshqaruvchi bo‘lib, alohida ijtimoiy qatlamga mansub bo‘ladi.
Korxonani boshqarish bevosita mulk egasining vazifasi deyishimiz mumkin. Ammo boshqarish uchun mulk egasi bo‘lish shart emas. Boshqarish vazifasini korxona egasining o‘zi yoki yollangan, ammo mulkdor nomidan ish qiluvchi menejer bajaradi. Iqtisodiy aloqalar murakkablashgan sari menejer xizmatiga talab oshadi, o‘z ishining ustasi bo‘lgan maxsus ijtimoiy toifa-menejerlar toifasi paydo bo‘ldiki, uning alohida ijtimoiy maqomi bor. Menejer g‘oyat murakkab, o‘ta masuliyatli ish bilan shug‘ullanishi, firmaning hayot-momotiga javobgar bo‘lganligi uchun ham yollanib ishlovchilar orasida eng katta xizmat haqi oladi.
Boshqaruv funksiyalarini bajarishda va jamoat ishlab chiqarishida zamonaviy menejer:9

  • rahbar-boshqaruvchi;

  • rahbar-diplomat;

  • rahbar-murabbiy, tarbiyachi;

  • rahbar-inson;

  • rahbar-tadbirkor;

  • rahbar-innovator sifatida maydonga chiqadi.

Har bir menejer o‘ziga xos boshqaruv uslubiga ega. Uslub - bu ishlash, boshqarishdagi o‘ziga xos yo‘l, usul ma’nosini anglatadi. Shu nuqtai nazardan quyidagi tushunchalarni ajrata bilish lozim:

  • boshqaruv uslubi;

  • ish uslubi;

  • rahbarning ish uslubi.

Boshqaruv uslubi - bu boshqaruv jarayonida yuzaga chiqadigan muammolarni hal qilish usullari, yo‘llari majmuidir.
Ish uslubi - bu boshqaruv funktsiyalarini samarali bajarish maqsadida biror-bir organning yoki rahbarning bo‘ysinuvchilarga aniq va nisbatan barqaror ta’sir ko‘rsatish usuli va yo‘llari majmuidir. Masalan:
- mamlakat boshqaruv organlarining ish uslubi;
- vazirlik, qo‘mita, hokimlarning ish uslubi;
- sud, prokuraturaning ish uslubi;
- korxona, tsexlarning ish uslubi;
- ayrim rahbarlarning ish uslubi va hk. Boshqaruvning turli pog‘ona va bosqichlarida turgan boshqaruv organlari va rahbarlarning ish uslublari har xildir. Shu nuqtai nazardan ish uslubi g‘oyat ko‘p qirrali tushunchadir.
Rahbarning ish uslubi - bu boshqaruv jarayonida u yoki bu masalani hal qilishda uning o‘ziga xos yondoshishidir. Rahbar qaror qabul qilganda, uning bajarilishini tashkil etganda va qo‘l ostidagi kishilar ishini nazorat qilganda o‘z vazifalariga muvofiq ish ko‘radi. Biroq, har bir rahbar bunda o‘ziga xos ravishda, boshqaruv jarayonida o‘zi uchun mos bo‘lgan, o‘z rahbarlik uslubini belgilaydigan usullar bilan harakat qiladi. Mutlaqo bir xil ikki kishi bo‘lmaganidek, rahbarlikda ham mutlaqo bir xil uslub yo‘q. Rahbarlik uslubi rahbarlarning o‘z qo‘l ostidagilari bilan aloqasida, ularning o‘zaro munosabatlarida tarkib topadi.
Uslub boshqaruv organining intellektual salohiyati, sifatlari, uning individual xususiyatlari bilan belgilanadi.
Rahbarlik uslubi, belgisi va bo‘ysunuvchilarga nisbatan munosabatiga qarab, barcha rahbarlarni quyidagi uch turga ajratish mumkin:

  • Avtokratik rahbar

  • Liberal rahbar

  • Demokratik rahbar

Axbarot maslahat xizmatlarida xam boshqaruvchi turli xil xislatlarga, fazilatlarga, xarkterga ega insonlar bilan ishlaydi. Rahbar eng avvalo qo‘l ostida ishlaydiganlarning xarakteriga qarab, ular bilan muomila qilishiga to‘g‘ri keladi. Rahbar shu bilan birga bir qator talablarga javob berishi kerak. "Rahbarlik qilish" degan so‘zga izohli lug‘atlarda boshqarish, maslahat berish, kuzatish, yo‘naltirish, ko‘rsatma berish degan turli ma’lumotlar berilgan. Bundan ko‘rinib turibdiki, hozirgi davrda menejer (rahbar)lar qondirishi zarur bo‘lgan talablar juda ko‘pdir. Ularga ma’naviy etuklik, intizom va mehnatga bo‘lgan munosabat, tashkilotchilik qobiliyati, bilim darajasi hamda boshqarish samaradorligini ta’minlay olish qobiliyati.
Xullas, axbarot maslaxat markazlari boshqaruvchi-menejeri bu maxsus tayyorgarlik ko‘rgan, boshqarishning sir-asrorlari, qonun-qoidalarini puxta egallagan malakali mutaxassis bo‘lishi, ishni to‘g‘ri tashkil etishi hamda o‘z qo‘l ostidagilari orasida rahbarlik nufuziga ega bo‘lishi kerak.

Download 2,27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   214




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish