Agrokonsalting


Konsultantning roli va o‘rni



Download 2,27 Mb.
bet110/214
Sana23.06.2022
Hajmi2,27 Mb.
#697573
1   ...   106   107   108   109   110   111   112   113   ...   214
Bog'liq
Agrokonsalting

Konsultantning roli va o‘rni
Kichik korxonalar bilan ishlashda konsultant menejmentning butun spektrini o‘z qo‘lida ushlay olishi va lozim bo‘lsa korxona mutaxassisiga nisbatan yanada umumiyroq yondashishi lozim. Bu esa o‘z o‘rnida konsultantlardan kichik korxonalar rivojl;anishida talab qilinuvchi menejment tamoyillarida sezilarli tajribaga ega bo‘lishi va professional tarzda shug‘ullangan bo‘lishni talab etadi. Bir funksiyaning o‘zgarishi qolganlariga ham ta’sir etishi tufayli kichik korxona funksiyalarini amalga oshishi haqida to‘plangan bilim ham asosiy ahamiyat kasb etadi. Bundan tashqari bu konsultant uchun kichik korxonanig joriy rivojlanish amaliyoti uchun konseptual bazani ta’minlab beruvchi tadbirkorlikni rivojlantiruvchi turli xildagi rivojlantirish yondashuvlari bilan yaqindan bilish imkoniyatini beradi.
Kichik korxonalar bilan ishlovchi konsultantatsiya sohasida muvaffaqiyatli karera qilish uchun biznes asoslarini sir asrorlarini bilish juda muhim ahamiyat kasb etadi. Kichik korxona menejeriga yordamlashayotgan vaqtida menejment bilan bog‘liq bo‘lgan barcha vazifalar bajarilganligiga ishonch hosil bo‘lishi lozim, hatto vazifalarning 75 foizi bajarilib qolgan 25 foizida nuqson bor bo‘lsada ushbu holat aksil qabul qilinadi. Konsultant kichik korxonaning boshqaruv amaliy vazifalarini mujassamlashtirgan va integratsiyalashganligiga ishonch hosil qilish uchun korxona umumiy holatiga diqqatli bo‘lishi lozim. Mahsulot ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish kabi texnik faoliyatlar bo‘yicha yagona fikrga kelishga qiynalayotgan bir paytda hisobdan boshlab to xodimlar bilan shug‘ullanish kabi vazifalarni bajarishda menejerni ruhlantirish uchun sabr va kuchli matonat talab qilinadi.
Kosultantlarning roli korxonani boshqarishga hissa qo‘shuvchi shu bilan birgalikda korxonaing moliya, sotuv, ishlab chiqarish va chegirmalar kabi maxsus muammolariga amaliy yechimlar berishi kutiladigan menejer va boshqalarni rivojlantirishdagi asosiy konsultantativ vazifalari orqali belgilab beriladi.
Katta korxonalarga taqdim etiladigan kunlik konsalting hisobotlari kichik korxona uchun kerak emas. Yozilgan hisobotlar qisqa, oddiy va kichraytirilgan bo‘lib, vazifaning oxirida nima qildi , nima sababdan va kelajakda nima qilish kerakligini tushuntirib berish uchun tez-tez taqdim etib turadi. Konsultantlar mijozlar har doim ham oliy ma’lumotli katta tajribaga ega bo‘lgan menejerlar emasligini nazardan chetda qoldirmasliklari va doimo e’tiborga olishlari lozim bo‘ladi. Bundan tashqari mavjud kamchiliklarni tuzatishga yordam beruvchi noodatiy vositalar ham mavjud. Shuning uchun konsultant o‘z mijozlariga yordam berishda oddiy usullardan foydalanishi lozim.
Istagan natijaga erishishda iltimos qilish, maqtash va tanbeh berish kutilgan natijaga erishishning yanada samaraliroq yo‘li bo‘lib xizmat qilishi mumkin.
Mijoz menejer korxonaga konsultant ishlatishni zimmasiga olsa u buni muvaffaqiyatsizlikning hissi sifatida salbiy qabul qilishi mumkin. Shuning uchun konsultant texnik jihatdan yordam berishda eng avvalo mijozning shaxsiy fikrini inobatga olish ehtimolini esdan chiqarmaslik kerak.
Odatda yagona manba sifatida doimoiy band bo‘lgan menejerlar bilan muloqot o‘tkaziladi. Konsultantdan kerakli ma’lumot va axborotlarni olishda o‘ziga xos zukkolik, qat’iyat va tirishqoqlik talab qilinadi.
O‘tgan 30 yil davomida ko‘plab hukumatlar ish beruvchi tashkilotlar, savdo birlashmalari, savdo palatalari, tadbirkorlar birlashmalari yoki boshqa shu kabi tashkilotlar kichik korxonalar uchun quyidagi maxsus xizmat va imkoniyatlar yaratishdi:
• Kredit ta’minoti(qarzlar va kafolatlar)
• Pasaytirilgan soliq stavkalari
• Tovar va xizmatlar uchun oldindan buyurtma asosida va imtiyozli bozorlar;
• sanoat mulklari, hududlar yoki inkubatorlar;
• mahsulot dizayni va sifat nazorati xizmatlari;
• maslahat xizmatlari eksport imkoniyatlari haqida ;
• bozor tadqiqot va texnik-iqtisodiy tadqiqotlar;
• Savdo yarmarkalari, ko‘rgazma, sotuvchi va xaridor uchrashuvlari kabi chegirmalar va marketing xizmatlariga yordam;
• xomashyo materiallarining pasaytirligan narxlarda sotib olinishini tashkil qilish
Garchi korxonalar aniq bir yunalishda to‘g‘ridan to‘g‘ri texnik maslaxat olishlari mumkin, ammo korxona egasi yoki menejerlari bu kabi xizmatlardan foydalanishni o‘zlariga juda qiyin bilishlari mumkin. Menejment konsultanti esa xizmatlarning barcha turlari haqida maslaxat berishlari, afzallik tomonlarini tavsiya etishlari va bu kabi xizmatlarning ma’qul narxlarini maslaxat berish lozim bo‘ladi. Bu faoliyatga oid ma’lumotlarni qayerdan topish yo‘nalishini ham o‘z ichiga oladi. Rivojlanayotgan davlatlarda o‘z faoliyatida mahalliy kichik va o‘rta korxonalarga texnologik transferlar, sanoatlashgan davlatlarning qo‘shma korxonalari, pudrat va franchayzlar bo‘yicha maslaxat beruvchi menejment konsultantlari ko‘payib bormoqda.
Yaxshi sog‘lik, qat’iyat va chidamlilik konsultantning hushyorlik va qo‘llab quvvatlovchi sifatlari bilan bir qatorda turadi. Kichik korxona menejerlari an’anaviy ish soatlariga aloxida e’tibor qaratishadi. Konsultantlar ham xuddi oilaviy doktorlarga o‘xshashadi: doimo chaqiruvda bo‘lishadi va ba’zi mijozlar buni afzallik tomonlaridan foydalanishadi.
Javobgarlik ham o‘ziga xos nomutanosib. Katta tashkilotlar uchun ko‘plab an’anaviy konsalting bo‘limlarida aloxida “xatoliklar ”xonalari mavjud bo‘lib unda hisobotlar rahbarlar tomonidan tekshiriladi, juda muhim hisobotlar konsalting birlashmasi menejeri tomonidan tekshiriladi. Biroq kichik korxonalar bilan ishlash davomida konsultant tomonidan yo‘l qo‘yilgan xatolar tashkilot faoliyati talab qilingan iltimoslari uchun halokatli bo‘lishi mumkin. Aynan shuning uchun bu kabi iltimoslar aniq va tezkor bo‘lishi lozim, konsultantda maqsadlarni kollektiv bilan birgalikda tekshirishga chegaralangan vaqt bo‘ladi. Reinhold Niyebuhrning mashxur ruhoniysining tili bilan aytganda Osiyo Ishlab Chiqarish Tashkiloti kichik korxona konsultantining rolini “konsultant-ruhoniy” shaklida o‘rnatgan:
Xudo menga bergil
Qilayotgan ishlarimga JASORAT bergil
Nima o‘zgarsa ham SABR-TOQAT bergin
Farqlarni anglay oladigan ZUKKOLIK bergin.
Odatda yordam inqiroz paydo bo‘lganda yoki ma’lum muammo menejerlar tomonidan hal qilinmaganda jalb qilinadi, bu esa konsultantlarni haddan tashqari bosim ostida ish olib borishlariga majbur qiladi.konsalting jarayonlari va resurslarinioqilona ishlatish orqali konsultantlar menejerga nima yordam qila olishlari belgilab olinadi. Yakuniy taxlilda konsultantning ishi faqatgina konsultatsiya berish ekanligi lekin korxonani boshqarish emasligi eslatib o‘tiladi. Agarda konsultatsiya korxona menejmenti tomonidan qabul qilinmasa yoki foydalanilmasa, konslutantni quyidagi misol tariqasida jo‘natish mumkin “siz otingizni suvga olib borgan taqdiringizda ham uni suv ichishga majbur qilolmasligingiz mumkin”. Konsultant kichik korxonaning muvaffaqiyatsizligi uchun javobgar yoki uning muvaffaqiyati uchun sabab sifatida ko‘rilmasligi kerak. Konsultant korxonaning muvaffaqiyati uchun hissa qo‘shadi va korxona mulki uning muvaffaqiyati hamda muvaffaqiyatsizliklari korxona egasi bilan bog‘liqdir.


Download 2,27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   106   107   108   109   110   111   112   113   ...   214




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish