Chiroyli leksemasiga nisbatan go’zal leksemasida badiiylik, poetiklik
yuqori. Adib avval dominantani keltirib, u orqali ta’kid ma’nosini ifodalagan.
Sinonimlarning o’rni va imkoniyati faqatgina badiiy nutqdagina emas, nutqning
barcha ko’rinishlarida keng hisoblanadi.
Dunyoda har bir so’zini o’ylab, tushunib, gapiradiganlar ham talay.
Ularni tushunganlar esa azizva mo’tabar.
(Qutadg’u bilig. 14-bet)
Mazkur o’rindagi aziz so’zi “izzat-hurmatga sazovor,qadrli, qimmatli,
muhtaram”(O’.T.I.L I tom. 30-bet) ma’nosini, mo’tabar esa “e’tibor topgan,
ishonch qozongan, etiborli”(O’.T.I.L II tom. 30-bet) ma’nosini anglatadi. Ushbu
leksemalardan aziz so’zidagi “izzat-hurmatga sazovor” semasi bilan mo’tabar
37
leksemasidagi “e’tibor topgan, etiborli” semasi o’zaro ma’nodoshlik hosil qilgan.
Bu esa mazmunning aniq, tasirchan chiqishiga xizmat qilmoqda.
Kuntug’di… ishlarini olijanoblik va saxovat bilan yuritganidan
mamlakatda farovonlikva osoyishtalikhukm surar edi.
(Qutadg’u bilig. 21-bet)
O’zaro ma’nodoshlik hosil qilgan farovonlik, “har jihatdan to’la-to’kis
ta’minlangan,hamma narsasi mo’l-ko’l” (O’.T.I.L II tom. 296-bet), va
osoyishtalik leksemalari “urush-janjaldan, g’avg’o-tashvishdan xoli;tinch,
bexavotir,xotirjam” (O’.T.I.L I tom. 546-bet) kabi ma’nolarni bildiradi
Umring uzun bo’lsin, ey jo’mard, botir,
Buni yaxshi tingla, ey mard,bahodir.
(Qutadg’u bilig. 66-bet)
Mazkur baytdagi “Botir”-yurak shijoati zo’r, yurak shijoati bilan ish
qiladigan, mard -so’zida tanti turadigan ,(O’.T.S.L.65-bet), bahodir, jo’mard-
azamat, qudratli, himmatli (O’.T.I.L.I tom.91-bet) so’zlari o’zaro sinonimik
munosabatga kirishgan bo’lib,ushbu leksemalar o’z semalari bilan misralarda
ma’no no’zikligini ta’minlamoqda. Chunki, botir -so’zida qaytmaslik, shijoat
belgilari namoyon bo’lsa, mard leksemasida tantilik ottenkasi bor. Bahodir
leksemasida bo’lsa, qo’rqmaslik, qudratlilik ma’nolari asosiy o’rinda turadi. Shu
boisdan ham, adib aytmoqchi bo’lgan fikri qaratilgan shaxsni tilga olayotganda
unga nisbatan ijobiy munosabatini bildirish maqsadida jo’mard, botir, mard,
bahodir so’zlarini qo’llagan va bu shakldosh so’zlar ijobiy –ekspressivlikni
ta’nimlagan. Natijada baytda ifoda aniq, yorqin chiqqan.
Bilimdan yozilar bor tugun, chigal,
Bilim bil, uquv ol o’zing har mahal.
(Qutadg’u bilig. 68-bet)
38
Tugun, chigal sinonim so’zlari o’zining ko’chma ma’nolari bilan shakldoshlik
hosil qilgan. Bunda tugun leksemasi dominanta so’z hisoblanib, “voqea-hodisa
Do'stlaringiz bilan baham: |