270
shubhali o’zgarishlar bilan nomuvofiqliklar aniqlangan foydalanuvchilar;
-
muhofaza qilish rejasida kuzda tutilgan favqulodda vaziyat rejasini aniqlagan himoya vositalari;
-
favqulodda vaziyat yuzaga kelishi yoki ehtimolligini ko’rsatadigan yozuvlar mavjud bo’lgan tizim
yozuvlari.
Tarmoq operasion jarayonining uzluksizligi va uni qayta tiklashning o’z vaqtida bajarilishi:
-
kompyuterdan foydalanish bilan ma’lumotlarni qayta ishlash jarayonlarini kattik tartibga solish;
-
UITni tarmoqdagi axborot va jarayonlar bilan ta’minlash bo’yicha amaliy choralarni tashkil etish
va amalga oshirish uchun mas’ul shaxslarni tayinlash va o’qitish;
-
ish stansiyalaridan foydalanib, barcha xodimlar tomonidan UITni taqdim etish bo’yicha rahbarlik
hujjatlari talablariga qat’iy rioya qilish;
- resurslarni zahiralashning turli usullaridan foydalanish,dasturiy ta’minotdan nus’ha ko’chirish va
axborot resursi tarmoqlarini nus’halash;
-
tarmoq tarkibiy qismlarining zarur darajada himoya qilinishini muntazam ta’minlash, himoya qilish
uskunalarini to’g’ri qo’llash uchun uzluksiz boshqaruv va ma’muriy qo’llab-quvvatlash;
-
qabul qilingan chora-tadbirlarning samaradorligi va UITni qo’llab-quvvatlash uchun qo’llaniladigan
usul va vositalarni doimiy ravishda tahlil qilish va ularni takomillashtirish bo’yicha takliflarni ishlab
chiqish va amalga oshirish. Tarmoq buzilishining sabablarini bartaraf etish, zarar yetkazilgan
(yo’qolgan) resurslarni qayta tiklash va qayta tiklash bo’yicha keyingi harakatlar tarmoq
foydalanuvchilarning funksional majburiyatlari bilan belgilanadi. Xavf yoki jiddiy xodisa yuzaga
kelganda barcha foydalanuvchilar darhol xabardor qilinishi kerak. Har bir g’ayritabiiy holatni
ma’muriyatdagi mas’ul xodimlar tizim administratori bilan birgalikda tahlil qilishlari kerak va bu
tahlil natijalariga ko’ra foydalanuvchilarning vakolatini o’zgartirish resurslarga kirish huquqi ni
o’zgartirish, qo’shimcha zahiralarni yaratish, tizim konfigurasiyasini o’zgartirish yoki xavfsizlik
parametrlarini o’zgartirish va boshqalar uchun takliflar ishlab chiqish kerak. Jiddiy va tahdid soluvchi
favqulodda holatlarda eskirgan uskunalarni tezkor almashtirish va ta’mirlashni, shuningdek zahira
nus’halaridan zararlangan dasturlarni va ma’lumotlar to’plamlarini tiklashni talab qilish mumkin.
Tizimning ishlashi va vazifalarini (tizim va dasturiy ta’minot, ma’lumotlar bazalari va boshqa
ma’lumotlar to’plamlari), shuningdek arxivlar, tizimlar jurnallari va h.k.larni ta’minlovchi barcha
dastur va ma’lumotlar zahiraga ega bo’lishi kerak.
Tizimda foydalaniladigan barcha dasturlarga mos yozuvlar nus’halari bo’lishi kerak. Dasturlar
va ma’lumotlar nus’halarini yaratish, saqlash va ulardan foydalanish bo’yicha zarur chora-tadbirlar
ushbu axborot xavfsizligi siyosatining 4-ilovasida aks ettirilgan.
Noxushlik sodir bo’lgan taqdirda, uning kelib chiqish sabablari, yetkazilgan zararni baholash,
qoida buzarlarni identifikasiya qilish va tegishli choralar ko’rilishi uchun tergov o’tkazilishi kerak.
Favqulodda vaziyat (hodisa)ni tekshirish sodir bo’lgan voqyealarga javoban hujjatga muvofiq
amalga oshiriladi.
Agar zaiflik sababli yetarli darajada himoya va nazorat choralari qurilmasa va bu zarar
belgilangan darajadan oshib ketgan bo’lsa, bu holat doimo operasion va tiklash rejasini to’liq ko’rib
chiqish uchun asos bo’lib xizmat qiladi. Uzluksiz ishlash va qayta tiklash rejasini amalga oshirish
uchun mas’ul xodimlar axborot xavfsizligi bo’yicha mas’ul xodim va tizim administratori
hisoblanadi.
Jizzax davlat pedagogika instituti Axborot
xavfsizligi siyosatiga
Ilova № 19.
Do'stlaringiz bilan baham: