158
choralarning samarasi keng manodagi himoya xizmatiga nisbatan kam, ularni amalga oshirish esa bazida
murakkab va qimmat bo’lishi mumkin.
Konfidensiallikning yana bir jixati malumotlar oqimini uning analitik tadqiq qilinishidan
himoyalashdir. Analiik tadqiq deganda aloqa tizimsidagi axborotlar tavsifiga taalluqli axborot manbaini,
adresatni, axborotlar uzatiladigan chastotani, axborotlar o’lchamini va x. buzg’unchi tomonidan bilishga
o’rinish tushuniladi.
Autentifikasiya. Autentifikasiya xizmati axborot manbaini ishonchli identifikasiyalashga
mo’ljallangan. Masalan, biror xavf to’g’risida signal berilganida autentifikasiya xizmatining vazifasi bu
signalning manbai haqiqatan ham signal uzatuvchi ekanligini tekshirishdan iborat bo’ladi. Tashki
interaktiv aloqada, masalan, terminal yordamida bosh uzelga ulanishdagi servis xizmatining ikki jihatini
ajratish mumkin. Birinchidan, bog’lanish o’rnatilishida autentifikasiya vositalari aloqada ishtirok
etuvchilarning xaqiqiy (ekanliklariga) kafolat berishi lozim. Ikkinchidan, keyingi malumot
almashinuvida bu vositalar malumotlar oqimiga qandaydir uchinchi tomonning aralashishiga yul
qo’ymasligi lozim.
Yaxlitlik. Yaxlitlik konfidensiallik kabi axborotlar oqimiga, aloxida axborotga yoki xatto
axborot qismiga taalluqli bo’lishi mumkin. Bu xolda xam jami oqimni ximoyalash maqsadga muvofiq
hisoblanadi. Axborot yaxlitligini bog’lanishlar asosidagi ximoyalovchi vositalar axborot oqimi bilan ish
ko’radi va qabul qilingan axborotlarning uzatilganiga kamaymasdan, qo’shilmasdan dastlabki uzatish
ketma-ketligi buzilmasdan, qaytarishlarsiz aniq mos kelishi kafolatini taminlaydi. Bu vositalar
malumotlar buzilishi ximoyasini xam taminlaydi. Shunday qilib, axborot yaxlitligini bog’lanishlar
asosidagi ximoyalovchi vositalar axborot oqimini modifikasilashdan xamda xizmat ko’rsatishdagi
xalallardan ximoyalovchi vositalarni o’z ichiga oladi.
Axborot yaxlitligini bog’lanishlar o’rnatilmagandagi ximoyalovchi vositalar aloxida axborotlar
bilan ish ko’radi va axborotlarni faqat modifikasiyalaщdan ximoyalashni taminlaydi.
Yaxlitlikni ximoyalovchi vositalarning aktiv xujumga karshi turishi hisobga olinsa buzilishlarni
oldini olish emas, balki buzilishlarni aniqlash muxim xisoblanadi. Yaxlitlikning buzilishi
aniklanganidan so’ng bunday xizmat faqat buzilish sodir bulganligini xabarlashi mumkin, buzilgan yoki
yuqolgan axborotni tiklash esa boshqa programm vositalari yoki operator tomonidan amalga oshiriladi.
Umuman, avtomatik tiklash vositalaridan foydalanish afzal xioblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: