A qodiriy nomidagi jizzax davlat pedagogika instituti tarix fakulteti


Iqtisodiy islohotlar ikkinchi bosqichning vazifalari va ustuvor



Download 6,84 Mb.
bet30/150
Sana01.06.2022
Hajmi6,84 Mb.
#626029
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   150
Bog'liq
2 5188671791828047660

Iqtisodiy islohotlar ikkinchi bosqichning vazifalari va ustuvor yo‘nalishlari qismida Prezidentimiz 4 ta muhim ustuvor vazifani belgilab berdi:

  1. Asosiy vazifa – davlat mulkini xususiylashtirish sohasida boshlangan ishni oxiriga etkazish: bunda a) mulkni haqiqiy egalariga berish, b) ko‘p ukladli iqtisodiyotni rahbatlantirish. Agar birinchi bosqichda mayda mulklar xususiylashtirilgan bo‘lsa (1991-1994 yillarda), endigi vazifa o‘rta mulklarni xususiylashtirish aytildi.

  2. Eng muhim vazifa – ishlab chiqarishning pasayib ketishiga barham berish va makroiqtisodiy barqarorlikni va moliyaviy, iqtisodiy barqarorlikka erishishdan iborat. Bu rivojlanish ichki qonuniyatlarga ham bog‘liqligi aytildi.

  3. Muhim vazifa – Milliy valyuta – so‘mni yanada mustaxkamlashdan iborat. Milliy valyuta – mamlakat hududida barcha tovar va xizmatlar uchun narxlarni ifodalash vazifasini o‘tovchi va qonuniy himoyalangan yagona to‘lov vositasidir…

4.Strategik vazifa – Iqtisodiyot strukturasini tubdan o‘zgartirish: xom ashyo etkazib berishdan tayyor mahsulot ishlab chiqarishga o‘tish, uning sifatini va raqobatga bardoshligini jahon bozori talablari darajasiga etkazish.
O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti I.A.Karimov ijtimoiy-iqtisodiy islohotlardan ko‘zlangan «pirovard maqsadimiz ijtimoiy yo‘naltirilgan barqaror bozor iqtisodiyotiga, ochiq tashqi siyosatga ega bo‘lgan kuchli demokratik huquqiy davlatni va fuqarolik jamiyatini barpo etishdan iboratdir1», - deb belgilab bergan.
Respublikamizda amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlar iqtisodiyotni davlat tasarrufidan chiqarish, unda demokratiya tamoyillari bo‘lgan iqtisodiy faoliyat, tadbirkorlik va tanlash erkinligini, erkin iqtisodiyot tamoyillarini joriy etish orqali iqtisodiy hayotni erkinlashtirishga yo‘naltirilgandir.
Iqtisodiyotni davlat tasarrufidan chiqarish va uni demokratlashtirish, erkin ijtimoiy yo‘naltirilgan bozor iqtisodiyoti asoslarini yaratish jarayonlari bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda.
O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlarning birinchi bosqichida (1991-1994 yy.) ma’muriy-buyruqbozlik tizimining og‘ir oqibatlarini tugatish, tanglikka barham berish va iqtisodiyotni barqarorlashtirish hamda respublikaning o‘ziga xos sharoitlari va xususiyatlarini hisobga olgan holda bozor munosabatlarining negizlarini shakllantirish vazifalarini hal qilishga kirishildi. Buning uchun quyidagilar amalga oshirildi:
1) islohotlarning qonuniy-huquqiy bazasini shakllantirish va rivojlantirish. Bu davrda mulkchilik, davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish, tadbirkorlik to‘g‘risidagi va boshqa ko‘plab bozor munosabatlarini shakllantirishga yo‘naltirilgan qonunlar qabul qilingan;
2) kichik xususiylashtirishni amalga oshirish hisobiga ko‘p ukladli iqtisodiyot negizlarini yaratish;
3) ishlab chiqarishning pasayib borishiga barham berish, moliyaviy ahvolning barqarorlashuvini ta’minlash.
Bu davrda (1992-1994 yillarda) asosan savdo, aholiga maishiy xizmat ko‘rsatish, maxalliy sanoat korxonalarini, uy-joylarni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish jarayonlari amalga oshirildi. Buning natijasida 69 mingdan ortiq ob’ektlar davlat tasarrufidan chiqarildi, ulardan 18,4 mingtasi xususiy mulkka o‘tdi. 3569 ta aksiyadorlik jamiyatlari tuzildi. Kichik va o‘rta tadbirkorlik sub’ektlarining soni 80 mingga etdi.

Download 6,84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   150




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish