A qodiriy nomidagi jizzax davlat pedagogika instituti tarix fakulteti


O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining



Download 6,84 Mb.
bet26/150
Sana01.06.2022
Hajmi6,84 Mb.
#626029
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   150
Bog'liq
2 5188671791828047660

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining2019 yil 9 dekabrda qabul qilgan “Byurokratik to‘siqlarni yanada qisqartirish hamda davlat organlari va tashkilotlari faoliyatiga zamonaviy boshqaruv tamoyillarini joriy qilish chora tadbirlari to‘g‘risida” qarori9 vazirliklar, idoralar, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, boshqa davlat tashkilotlarida eskirgan byurokratik usullarda ish yuritish, shu jumladan, hujjatlar aylanmasiga zamonaviy axborot texnologiyalarini joriy qilish shuningdek, amaliy ahamiyatga ega bo‘lmagan ko‘plab yig‘ilish va majlislar o‘tkazish amaliyotini bekor qilishga qaratilgan. Shuningdek, ushbu qonunda  2020 yil 1 yanvardan boshlab mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining alohida funksiya va vakolatlarini tegishli davlat boshqaruvi organlarining hududiy bo‘linmalariga o‘tkazishdavlat organlari va tashkilotlari, ularning tarkibiy bo‘linmalari o‘rtasida hujjat aylanishi va hisobotlarni yuritish faqat elektron ko‘rinishda shakllantirish, amaldagi idoralararo kollegial organlarini yanada qisqartirish va maqbullashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqilishi kabi masalalar ta’kidlangan edi. Zamon shiddat bilan taraqqiy etib borayotgan bir davrda, istiqbolli boshqaruv kadrlarini tanlov asosida davlat organlariga ishga qabul qilish, turli xil qog‘ozbozlik va ortiqcha byurokratik yig‘ilishlarni o‘tkazishni cheklanishi kabi qarorlar muhim ahamiyatli hisoblanadi.


4.O‘zbekistonda nodavlat notijorat tashkilotlar va ularning siyosiy, ijtimoiy hamda iqtisodiy jarayonlardagi ishtiroki. Har qanday ilmiy nazariya yoki ta’limotlarni olib o‘rganadigan bo‘lsak, ularning asosida g‘oyalar, urf-odatlar, an’analar, madaniy-ma’naviy qadriyatlar yotganini ko‘ramiz. Bular, o‘z navbatida, o‘zaro uyg‘unlashib, jamiyat qonunlari, harakat va taraqqiyot qonuniyatlarini belgilaydi.
Yangilanish, siyosiy tizim va qayta qurish, dunyoviy tamoyillar yo‘liga o‘tish jarayonida, jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy va ma’naviy hayotida nodavlat va notijorat tashkilotlar ko‘rinishidagi fuqarolik jamiyati institutlarining o‘rni va ahamiyati tobora ortib bormoqda.
Fuqarolik jamiyatida har bir odam erkin holda o‘zi uchun muayyan maqsadni belgilaydi. Biroq u boshqalar bilan munosabatga kirishmasdan turib, o‘z maqsadiga erisha olmaydi. Natijada har bir alohida shaxs boshqalar bilan o‘zaro munosabatlar vositasida ularning farovonlikka intilishini qanoatlantirgani holda, o‘zi ham qanoatlanadi. Boshqacharoq qilib aytganda, fuqarolik jamiyatida yaxshi, farovon yashamoq uchun har bir fuqaroning intilishi pirovard natijada butun jamiyatni o‘shanday yashashga olib keladi. Shunday qilib, fuqarolik jamiyati bir kishining ehtiyojini uning mehnati vositasida qondirishi barobarida, shu mehnat vositasida barcha qolganlarning ham ehtiyojini qondiradi.
Shu bois fuqarolik jamiyatini shakllantirish uchun nodavlat va notijorat tashkilotlarini yanada rivojlantirishni bugungi davr taqozo etmoqda. Chunki fuqarolik jamiyati sharoitida kishilarning turli tuman o‘zaro munosabatlari va hamkorligi, ularning ixtiyoriy ravishda jamiyat boshqaruvida ishtirok etish jarayonlari asosan nodavlat notijorat tashkilotlar tomonidan amalga oshiriladi.
Bunda davlatda amalga oshirilayotgan islohotlarning amalga oshishida ularning faoliyati yanada kengayadi. Nodavlat notijorat tashkilotlar davlat hokimiyati tomonidan qabul qilinadigan dasturlar va qarorlarni muhokama qilishda, jamiyat siyosiy tizimida bo‘layotgan o‘zgarishlarni fuqarolarga yetkazishda ishtirok etadi. Ular o‘z vakillarini saylov komissiyalari tarkibiga kiritadi, o‘z nomzodlarini deputatlikka yoki fuqarolar yig‘inlari oqsoqolligiga qo‘ygan shaxslarga o‘z munosabatlarini bildiradi. NNT jamiyatda kechayotgan siyosiy jarayonlarga befarq bo‘lmaydi. Ularning a’zolari saylovlarda faol qatnashishlari bilan o‘zlarini siyosiy jarayonlarda namoyon etadilar10. Ikkinchidan esa, nodavlat va notijorat tashkilotlar davlat hokimiyati tomonidan qabul qilinadigan dasturlar va qarorlarni muhokama qilishda faol ishtirok etadi. Aynan shu sababli, bugungi kunda turli darajalardagi davlat hokimiyatining qonun chiqaruvchi va ijro etuvchi organlari qoshida tashkil etilan NNTlar, yoshlar va bolalar jamoat birlashmalari hamda boshqa maslahat kengash tuzilmalari orqali davlat hokimiyati tomonidan qabul qilinayotgan qarorlarni muhokama qilishda faol ishtirok etishi ta’minlanmoqda.
Uchinchidan, davlat bilan jamiyatning bir-biridan begonalashmasligi ham nodavlat notijorat tashkilotlar faoliyatining rivojlanishi bilan bog‘liqdir. Hozirgi davrda fuqarolik jamiyatini shakllantirish, huquqiy davlat qurish vazifalari nodavlat notijorat tashkilotlarini yanada rivojlantirishni taqazo etmoqda. Fuqarolik jamiyatida fuqarolarning turli tuman o‘zaro munosabatlari va hamkorligi, ularning ixtiyoriy ravishda jamiyat boshqaruvida ishtirok etishi jarayonlari asosan nodavlat notijorat tashkilotlar tomonidan amalga oshirilayotganligi tufayli davlat va jamiyat o‘rtasida begonalashuv xolati cheklanadi.
Jamiyat hayotidagi eng dolzarb, aholini, ularning muayyan qatlamini tashvishga solayotgan muammolarni hal etish uchun nodavlat notijorat tashkilotlarning o‘rni beqiyos. Masalan, turli xil darajadagi ekologik muammolar, aholi bandligini ta’minlash, mahalliy davlat hokimiyati rahbarlarining qonun xujjatlariga zid ravishda ayrim soha (ta’lim, tibbiyot va h.k.) vakillarini majburiy ishlarga jalb etish va albatta korrupsiyaga qarshi kurash kabi aholini tashvishga sola­yotgan, mamlakatimiz iqtisodiy taraqqiyotiga, aholining kayfiyatiga salbiy ta’sir ko‘rsatayotgan sohalar ustidan jamoatchilik nazoratini amalga oshirishda ham nodavlat notijorat tashkilotlari munosib xissa qo‘shmoqda.
O‘zbekistonda nodavlat tashkilotlar jamiyat hayotida mustaqil faoliyat olib borishining bir qancha huquqiy asoslari mavjud: xalqaro huquqiy me’yorlar, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, rivojlangan mamlakatlar tajribasi hamda milliy an’analar kabilardir. Ular asosida mamlakatimizda NNT faoliyat yuritmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 56-moddasida “O‘zbekiston Respublikasida qonunda belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tkazilgan kasaba uyushmalari, siyosiy partiyalar, olimlarning jamiyatlari, xotin-qizlar, faxriylar va yoshlar tashkilotlari, ijodiy uyushmalar, ommaviy harakatlar va fuqarolarning boshqa uyushmalari jamoat birlashmalari sifatida e’tirof etilishi”11 mamlakatimizda fuqarolik jamiyatining asosiy institutlari nodavlat notijorat tashkilotlarning erkin faoliyat olib borishi kafolatlaydi.
Bundan tashqari jamiyat taraqqiyotida muhim o‘ringa ega bo‘lgan NNTlarning faoliyatini muvofiqlashtirish maqsadida parlamentda nodavlat notijorat tashkilotlar to‘g‘risida bir qancha qonunlar va boshqa huquqiy me’yorlar qabul qilingan bo‘lib, bular ichida O‘zbekiston Respublikasining “Nodavlat notijorat tashkilotlari to‘g‘risida”gi Qonun (1999 yil 14 aprel) nodavlat notijorat tashkilotlarining serqirra faoliyatini har tomonlama huquqiy jihatdan ta’minlashga qaratilgan.
Nodavlat notijorat tashkilotlari O‘zbekistonda zamonaviy fuqarolik jamiyatini shakllantirishda, demokratiyani qaror toptirishda, fuqarolarning huquq va erkinliklarini himoya qilishda juda muhim rol o‘ynaydi. Shuningdek, ularning iqtisodiyotni rivojlantirish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish bilan bog‘liq umummilliy va mintaqaviy vazifalarni hal etishga qo‘shayotgan hissalari tobora salmoqli bo‘lmoqda.
Sog‘liqni saqlash, ta’lim, atrof-muhitni muhofaza qilish, tadbirkorlik va kasanachilikni rivojlantirish, jamiyatda huquqiy madaniyatni oshirish, barkamol avlodni tarbiyalash sohalarida yuzlab NNTlar faoliyat yuritmoqda. Ular faoliyatining asl mohiyati fuqarolar huquq va manfaatlaridan kelib chiqqan holda tashkil etilishi, jamiyatni demokratlashtirishga yo‘naltirilganligini bois mavqeyi yanada ortib borayotganligi hayotimizda sezilmoqda. Agar 1991 yilda mamlakatda hammasi bo‘lib 100 ta NNT faoliyat ko‘rsatgan bo‘lsa, 2015 yil 1 yanvar holatiga O‘zbekiston Respublikasi adliya organlari tomonidan ro‘yxatga olingan NNTlarning umumiy soni 8200 tadan ortib ketdi12. 2019 yilning 1 aprel xolatiga 9964 NNT faoliyat ko‘rsatmoqda13. Yuqoridagi statistikada ko‘rsatilgan raqamlar ham fikrimizni tasdiqlaydi.
Fuqarolik jamiyatining ushbu tayanch institutlari yurtdoshlarimizning huquqlari va qonuniy manfaatlarini, demokratik qadriyatlarni himoya qilishda, ijtimoiy, madaniy va ma’rifiy maqsadlarga erishishda muhim rol o‘ynamoqda14.
“Nodavlat notijorat tashkilotlari to‘g‘risida”gi qonunga binoan nodavlat notijo­rat tashkilotlarining maqsadlari quyidagi yo‘nalishlardagi faoliyatlar bo‘yicha amalga oshiriladi:
birinchidan, keng ma’nodagi madaniy maqsadlarga erishish ko‘zlab tuzilgan. Bunda maorif, ilm-fan, madaniyat sohalarida faoliyat olib boriladi;
ikkinchidan, mamlakat aholisining sihat-salomatligini ta’minlashni ko‘zlab faoliyat yuritish (sport va jismoniy tarbiya bilan shug‘ullanuvchi, turli xil xastaliklarning oldini olish va ularni davolashning ilg‘or tajriba ham usullarini targ‘ib etuvchi tashkilotlar);
uchinchidan, turlicha faoliyat yo‘nalishidagi huquqiy muhofazalovchi tashkilotlar (masalan, iste’molchilar huquqini himoyalash jamiyati);
to‘rtinchidan, fuqarolarning ma’naviy va boshqa xildagi nomoddiy ehtiyojlarini qondirishga qaratilgan tashkilotlar (nosiyosiy uyushmalar, ijtimoiy jamg‘armalar va boshqalar);
beshinchidan, xayr-ehson ishlari bilan shug‘ullanuvchi tashkilotlar15.
2016 yilda Sh.M.Mirziyoevning mamlakat Prezidenti etib saylanishi, Prezident to­monidan «xalq davlat organlariga emas, balki davlat organlari xalqimizga xizmat qilishi kerak» prinsipini e’lon kilinishi, davlat boshqaruvi va xizmatini fuqaro­lik jamiyati talablariga mos holga keltirish uchun “O‘zbekistonda ma’muriy islohotlar konsepsiyasi”ni qabul qilinishi O‘zbekistonda fuqarolik jamiyati qurishning yangi bosqichini boshlab berdi.
2017 yilda “Nuroniy” jamg‘armasi, Yoshlar ittifoqi, O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va to­morqa yer egalari kengashi, Savdo-sanoat palatasi, o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoli­yatini muvofikdashtirish bo‘yicha Respublika Kengashi kabi nodavlat notijorat tashki­lotlari faoliyatini takomillashtirish, ularni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan alohida farmon va qarorlar qabul qilinishi ham NNTlarning huquqiy asoslari yanada mustahkamlanganidan dalolat beradi.
Ammo ana shunday muhim sa’y-harakatlarga qaramasdan, axolining muammolarini tizimli o‘rganish, ularni aniq hal etish, ayniqsa, ijtimoiy sharoiti og‘ir ayollarni qo‘llab-quvvatlash, yoshlar va xotin-qizlar o‘rtasida huquqbuzarlik va jinoyatchilikning oldini olish, ularni ish bilan ta’minlash masalalarida bu tashkilotlarning ishtiroki yetarli darajada sezilmayapti. Ular faqat nomiga yig‘ilishlar o‘tkazish bilan mashg‘ul bo‘lib qolmoqda. Nodavlat notijorat tashkilotlari bugun aytilgan tanqidiy gaplardan xulosa chiqarib, o‘z faoliyatida burilish yasaydi, deb ishonamiz”16.
Fuqarolik jamiyatida faol, tashabbuskor, g‘ayratli, faqat yaratuvchan- lik, ijodkorlik ruhi va kayfiyati bilan yashovchi shaxslarga e’tibor va ehtiyoj katta bo‘ladi. Bunday yuksak intellektual salohiyat tafakkur erkinligining qay darajada shakllanishi bilan uzviy bog‘liq.
Jamiyatning inson uchun yaratgan real iqtisodiy qulayliklari va imkoniyatlari, yuridik haq-huquqlari, qaror topgan axloqiy va ma’naviy muhit uning tafakkuri erkin, ilg‘or va yuksak ideallarni ko‘zlashi bilan uyg‘unlashmog‘i lozim.
Bir so‘z bilan aytganda, jamiyat siyosiy tizimida muhim o‘rin tutuvchi fuqarolik jamiyati yuridik, ya’ni davlat huquqiga oid tushuncha emas. Davlat o‘ziga ma’qul fuqarolik jamiyati qiyofasini o‘z qonunlari bilan «ta’sis etish», «belgilash», «o‘rnatish»ga qodir emas. Fuqarolik jamiyati shaxslarning turli nodavlat va notijorat tashkilotlariga birlashuvi asosida o‘zlarining barcha xohish va imkoniyatlarini ro‘yobga chiqishini ta’minlaydigan yuksak bosqich, boshqaruvning oliy shaklidir.
5. Ijtimoiy-sherikchilik. O‘z-o‘zini boshqaruv organlarining faoliyati va ularning jamiyatni demokratlashtirishdagi o‘rni. Ijtimoiy sheriklik tamoyili o‘zining mazmun mohiyatiga ko‘ra ijtimoiy adolat, fuqarolar farovonligi, ularning ijtimoiy himoyasi haqida qayg‘urish kabi majburiyatni oladi. Shuningdek, ijtimoiy yo‘naltirilgan siyosatni o‘zining asosiy vazifasi deb bilib, mazkur siyosatning Konstitutsiyada belgilangan yo‘nalishlarning keng qamrovli amalga oshirishda tashabbuskorlik ko‘rsatadi. 
Mazkur tamoyilga amal qilgan holda davlat, o‘z organlari orqali uzluksiz ravishda ijtimoiy hayotning barcha sohalaridagi muammolarni hal qilish choralarini ko‘rib boradi. Fuqarolik jamiyatining asosiy elementlari bo‘lgan nodavlat notijorat tashkilotlari, fuqarolarni o‘zini –o‘zi boshqarish organlari ana shu tamoyil asosida 
davlat tashkilotlari bilan hamkorlikni shakllantirib boradi.
Ijtimoiy sheriklik- o‘z navbatida yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan uch sektor
manfaatlarini muvofiqlashtirish va ijtimoiy hayotning barcha muammolarini hal etishdagi hamkorlikdir. Shuni alohida ta’kidlash kerakki, ijtimoiy sheriklikning eng muhim jihati bu taraflarning huquq va majburiyatlarga rioya qilish haqidagi o‘zaro kelishuvi emas, balki ular o‘rtasidagi munosabatlarning alohida eng nufuzli axloqiy qoidalar majmuidir.
Ijtimoiy sheriklikning yana bir xususiyati shundan iboratki, bu munosabatlar  tizimida taraflar barchasi barcha sohada teng huquq va vakolatlarga ega bo‘lgan va ijtimoiy kelishishga asoslangan hamda baravar manfaatdor bo‘lgan taraflarning hamkorligidir.
Bizning mamlakatimiz ijtimoiy sheriklik tizimini amalga oshirishning huquqiy kafolatlari dunyo tajribasiga asoslangan holda ishlab chiqilmoqda. Xususan, O‘zbekiston Respublikasining “Nodavlat notijorat tashkilotlari faoliyatining kafolatlari to‘g‘risida”gi Qonuni davlat tomonidan nodavlat notijorat tashkilotlari faoliyatining kafolatlanishiga, ular tomonidan ijtimoiy ahamiyatga molik masalalarni hal etishda davlatning moliyaviy qo‘llab-quvvatlashi masalalari ko‘zda tutilgan.Eng muhimi nodavlat notijorat tashkilotlari jamiyatda manfaatlar muvozanatini ta’minlashga ko‘maklashmoqda. Shu asnoda har bir fuqaroning o‘z imkoniyatlarini ro‘yobga chiqarishi, ularning sotsial faolligi va huquqiy madaniyatini oshirishga g‘amho‘rlik qilish va sharoitlar yaratish uchun o‘z faoliyatlarini yo‘naltirmoqda. Xuddi shu ma’noda bugungi kunda jamoatchilik nazorati instituti jamiyatning davlat bilan o‘zaro samarali aloqasini ta’minlash, odamlarning kayfiyatini, mamlakatda kechayotgan o‘zgarishlarga munosabatini aniqlashning muhim vositalaridan biriga aylanmoqda. Ijtimoiy sheriklik to‘g‘risidagi qonun hujjatlari tanqidiy jihatdan tahlil qilinib, rivojlangan mamlakatlar tajribasi chuqur o‘rganildi. Darhaqiqat, evropaning rivojlangan mamlakatlarida ijtimoiy sheriklik bo‘yicha alohida qonunlar qabul qilingan. Mazkur qonunlarda davlat organlari bilan nohukumat tashkilotlarining hamkorlik shakllari, tartiblari, munosabatlari va moliyalash usullari tartibga solingan. 
Ijtimoiy sheriklik sohasidagi horijiy davlatlar tajribasiga chuqurroq e’tibor
qilsak, bu sohaning ikki modelini ajratib ko‘rsatishimiz mumkin, ya’ni ular bipartizim va tripartizmdan iborat. Ijtimoiy sheriklikning bipartizm ikki tomonmala modeli ish beruvchilar va xodimlarning  ixtiyoriy, tomonlarning mustaqilligi va teng huquqliligi asosida manfaatlarni muvofiqlashtirishdan iborat. Ijtimoiy sheriklikning tripartizm ya’ni uch tomonlama modeli- ana shunday sheriklikda davlat hokimiyai vakillari ham ishtirok etadigan turi hisoblanadi. Sheriklikning bu qoidasi bo‘yicha, hodimlar manfaatlarini ularning vakolatli tashkiloti-kasaba uyushmalar, ish beruvchilarni-ularning uyushmalari, davlatnikini esa- ijro etuvchi hokimiyatning organlari himoya qiladi.
Horijiy tajriba shuni ko‘rsatadiki, ijtimoiy sherikchilikning bipartizm modeli mehnat munosabatlarini tartibga solishda davlatning roli katta bo‘lmagan ya’ni ish beruvchi birlashmalar va xodimlar tashkilotlari o‘rtasida ikki tomonlama 
hamkorlik amal qiladi hamda ijtimoiy nizolar chiqqanda davlat faqat hakam yoki vositachi rolida qatnashishi lozim. Ijtimoiy sherikchilikning bu modeli ko‘proq AQSH, Kanada, Buyuk Britaniya tajribalarida namoyon bo‘lmoqda.
Ijtimoiy sherikchilikning tripartizm modelida hamkorlik teng manfaatlar asosida uch tomonlama shakllanadi va unda davlat faol ijtimoiy sherik rolini bajaradi. Mazkur modelning amal qilishi xalqaro tajribada Fransiya, GFR, Shvesiya va Avstriyada mavjuddir. O‘zbekistonda ijtimoiy sheriklik huquqiy asoslarining bugungi holatini o‘rganish O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi XIII bobi (“Jamoat birlashmalari”)ning normalarida belgilab berilgan qoidalar asosida shakllanmoqda. Shu bilan birgalikda 2003 yil 29 avgustdagi “Jamoat 
fondlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 8-moddasida 
fondlarning davlat organlari bilan o‘zaro munosabatlari, ijtimoiy sheriklik, yuridik 
va jismoniy shaxslarning huquqlari hamda qonuniy manfaatlarini himoya qilish 
asosida belgilangan
Ijtimoiy sheriklikning huquqiy asoslari yana O‘zbekiston Respublikasi 
Mehnat kodeksining 28, 52-moddalarida ko‘rsatib berilgan. Agar mazkur 
kodeksning 28–moddasida ish beruvchilarning jamoat birlashmalari ixtiyoriy 
jamoat tashkilotlari sifatida tuziladi va ish olib boradi, deb ta’kidlangan bo‘lsa, 
ushbu kodeksning 52-moddasida jamoa kelishuvlarida ijtimoiy sheriklik uch 
taraflama hamkorlikni rivojlantirish, jamoa shartnomalar tuzishga ko‘maklashish, 
mehnat nizolarini oldini olish, mehnat intizomini mustahkamlash kabi qoidalar 
nazarda tutilishi mustahkamlab qo‘yilgan.
Ijtimoiy sherikchilikning qonuni manfaatlari teng muzokaralar jarayonida 
muvofiqlashtiriladi va tegishli hujjatlar-shartnomalar, bitimlar, kontraktlar orqali 
rasmiylashtiriladi. 
Ijtimoiy sheriklik ham ijtimoiy munosabatlarning boshqa sohalari kabi 
huquqiy tartibga solinishi lozim. Shu munosabat bilan ijtimoiy sheriklik va uni 
amalga oshirish tamoyillari va mexanizmni tartibga solish, sog‘liqni saqlash, atrof-
muhit muhafazasi aholi, ayniqsa yoshlarni ish bilan ta’minlash, aholining ijtimoiy 
himoyaga muhtoj qatlamlarini qo‘llab-quvatlash hamda muhim ijtimoiy 
ahamiyatga ega bo‘lgan ko‘plab ijtimoiy muammolarni hal etishga qaratilgan 
qonun loyihasi yaratish bugungi kunning eng dolzarb muammolaridan biri. Qonun loyihasi 5 bob, 31 moddadan iborat bo‘lib, unda mamlakatimizni modernizatsiya qilish va demokratik yangilanish bo‘yicha ustivor yo‘nalishlardan kelib chiqqan 
holda ijtimoiy sheriklikning asosiy sohalari qamrab olinadi. Bular jumlasiga: aholini ijtimoiy himoya qilish, qo‘llab-quvvatlash va ijtimoiy faoligini oshirish, ish bilan ta’minlash, bandlikka ko‘maklashish, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni yanada rivojlantirish, shuningdek, atrof-muhit va aholi salomatligini asrash, shu tariqa yosh avlodni sog‘lom va har tomonlama sog‘lom voyaga yetkazish, onalik va bolalikni hamda ayollar huquqlarini himoya qilish nazarda 
tutilgan.
Yuqorida aytilgan fikrlarni umumlashtiradigan bo‘lsak, “Ijtimoiy sheriklik 
to‘g‘risida”gi qonunning qabul qilinishi ijtimoiy hayotning barcha sohalaridagi 
taraqqiyot dasturlarini amalga oshirishda, muammolarni hal etishda turli qatlamlarning huquq, erkinliklarini va manfaatlarini himoya qilishda nodavlat notijorat tashkilotlarnining davlat hokimiyati organlari bilan o‘zaro munosabati tashkiliy huquqiy mexanizmlarni takomillashtirishning huquqiy asosi va tayanchi bo‘lib hizmat qiladi. 

Download 6,84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   150




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish