A qodiriy nomidagi jizzax davlat pedagogika instituti tarix fakulteti



Download 6,84 Mb.
bet24/150
Sana01.06.2022
Hajmi6,84 Mb.
#626029
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   150
Bog'liq
2 5188671791828047660

3. Sud hokimiyati – uchunchi hokimiyat organi tarmog‘i bo‘lib, u qonun chiqaruvchi va ijro etuvchi hokimiyatlardan, siyosiy partiyalardan boshqa jamoat birlashmalaridan mustaqil holda ish yuritiladi. Sud tuzimi 5 yil muddatga saylanadi. Sudlarni tashkil etish, faoliyat ko‘rsatish tartibi qonun bilan belgilab qo‘yilgan. O‘zbekistonda Konstitutsiyaviy sud, Oliy sud, Oliy xo‘jalik sudi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Oliy sudi, Toshkent shahar, tuman, shahar, xo‘jalik sudlariga bo‘linadi. Prezdent Islom Karimov 2005 yil 28 yanvarda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va Senatining qo‘shma yig‘ilishida hokimiyatning ana shu tarmog‘ini, sud tizimini tubdan isloh qilish yo‘llarini ko‘rsatib o‘tdi. Sud-huquq tizimini isloh qilish va yanada liberallashtirish uchun prokuratura organlarining sud jarayonlariga aralashuvini cheklash, shaxsni ushlab turish, hibsga olish xuquqlarini sud zimmasiga o‘tkazishni belgilab beradi. Sud jazolovchi organdan oddiy odamlarning xuquq va manfaatlarini himoya qiluvchi organga aylanib, mustaqil faoliyat yuritishini ta’minlash ta’kidlab o‘tildi.



  1. O‘zbekistonda ko‘ppartiyaviylik tizimining shakllanishi va uning ahamiyati. Siyosiy partiyalar faoliyatidagi xususiyatlar. Ko‘ppartiyaviylik zamonaviy demokratik jamiyatlar siyosiy hayotini tashkil qilishning asosiy konstitutsiyaviy tamoyillaridan biri hisoblanadi. Aynan ko‘ppartiyaviylik tufayli demokratiyaning siyosiy plyuralizm, qonun ustuvorligi, imkoniyatlar tengligi kabi tamoyillarini o‘zida mujassam etgan siyosiy partiyalar va ularning vakillari o‘rtasida doimiy muloqot ta’minlanadi.

Mamlakat siyosiy hayotining barcha sohalarini, davlat va jamiyat qurilishini erkinlashtirishda, fuqarolarning siyosiy, iqtisodiy faolligini kuchaytirish va insonning o‘z qobiliyatini to‘la ro‘yobga chiqarishi uchun tegishli shart-sharoit yaratishda, odamlarning o‘z xohish-irodasini erkin ifoda etish, o‘z manfaatlarini ro‘yobga chiqarish va himoya qilish huquqini rivojlantirish va amalda namoyon qilishda, jamiyatimizda mavjud bo‘lgan turli manfaatlarini ro‘yobga chiqarish va himoya qilish huquqini rivojlantirish va amalda namoyon qilishda, jamiyatimizda mavjud bo‘lgan turli manfaatlar, qarama-qarshi kuchlar va harakatlar o‘rtasidagi muvozanatni ta’minlaydigan samarali mexanizmni shakllantirishda ko‘ppartiyaviylik tizimi muhim rol o‘ynaydi. Respublikamizda ko‘ppartiyaviylikning shakllanish jarayonini har biri muayyan voqea bilan ajralib turadigan quyidagi beshta bosqichga bo‘lish mumkin:
1) 1991–1994 y.: yakkapartiyaviylikning tugatilishi va ko‘ppartiyaviylikning shakllanishi uchun zarur bo‘lgan shart-sharoitlarining yaratilishi;
2) 1995–1999 y.: ko‘ppartiyaviylikning qonunchilik asoslari yaratilishi va yangi partiyalarning tashkil topishi. “Siyosiy partiyalar to‘g‘risida”gi (26.11.1996 y.), “Nodavlat notijorat tashkilotlari to‘g‘risida”gi (14.04.1999 y.) O‘zbekiston Respublikasi Qonunlarining qabul qilinishi;
3) 2000–2004 y.: siyosiy tajriba to‘plash va moliyaviy mustaqillikni ta’minlash, doimiy elektoratni belgilab olish. “Qonun loyihalarining umumxalq muhokamasi to‘g‘risida”gi (14.12.2000y.), “O‘zbekiston Respublikasining referendumi to‘g‘risida”gi (30.08.2001 y.), “Referendum yakunlari hamda davlat hokimiyati tashkil etilishining asosiy tamoyillari to‘g‘risida”gi (04.04.2002), yangi tahrirdagi “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga saylov to‘g‘risida”gi (29.08.2003 y.) O‘zbekiston Respublikasi Qonunlarining qabul qilinishi;
4) 2005–2006 y.: siyosiy partiyalar parlament nazoratining kuchayishi, konstruktiv muxolifatning shakllanishi;
5) 2007 yilda to hozirgi kunga qadar: siyosiy partiyalar faoliyati “Davlat boshqaruvini yangilash va yanada demokratlashtirish hamda mamlakatni modernizatsiya qilishda siyosiy partiyalarning rolini kuchaytirish to‘g‘risida” O‘zbekiston Respublikasining yangi Konstitutsiyaviy qonuni asosida (11.04.2007 y.) yanada jadallashuvi, siyosiy partiyalarning O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi, xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlariga bo‘lib o‘tgan saylovlardagi ishtiroki, partiyalararo raqobatning kuchayishi.
Siyosiy partiyalar saylovlarda ishtirok etib, tegishli organlarga o‘z vakillarini o‘tkazish orqali davlat hokimiyati organlari faoliyatida ishtirok etadi. SHu bilan birga siyosiy partiyalar zamonaviy jamiyat tizimining muhim qismi bo‘lib, ular davlatning siyosiy yo‘nalishini belgilashda ishtirok etadi, hukumatning vakillik va ijro etuvchi muassasalarini shakllantiradi. Huquqiy-demokratik davlat qurish, kuchli fuqarolik jamiyatini shakllantirish jarayonida ko‘ppartiyaviylikning rivojlanishiga, mustaqil, faol aholining keng qatlami tomonidan qo‘llab-quvvatlanadigan siyosiy partiyalar va boshqa jamoatchilik tashkilotlarining shakllanishi uchun shart- sharoitlar yaratilishiga katta ahamiyat berildi.
Alohida ta’kidlash kerakki, «Davlat boshqaruvini yangilash va yanada demokratlashtirish hamda mamlakatni modernizatsiya qilishda siyosiy partiyalarning rolini kuchaytirish to‘g‘risida»gi Konstitutsiyaviy Qonunning qabul qilinishi mamlakatda fuqarolik jamiyati institutlarini yanada rivojlantirish uchun huquqiy asoslarni mustahkamlab, siyosiy partiyalar demokratik tamoyillar asosida faoliyat yuritishlari uchun imkoniyatlar yaratdi. Darhaqiqat, 2-moddasida siyosiy partiyalar fraksiyasi siyosiy partiyadan ko‘rsatilgan deputatlar tomonidan partiya manfaatlarini O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasida ifodalash maqsadida tuziladigan va belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tkazilgan deputatlar birlashmasi ekanligi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasida ko‘pchilik o‘rinni egallagan siyosiy partiya fraksiyasi parlamentdagi ko‘pchilikni tashkil etishi, o‘z dasturiy maqsadli vazifalarining yaqinligidan yoki mosligidan kelib chiqqan holda blok tuzadigan bir nechta siyosiy partiyalar fraksiyalari va O‘zbekiston ekologik harakatidan saylangan deputatlar ham parlamentdagi ko‘pchilikni tashkil etishi mumkinligi kabi qoidalar o‘z aksini topdi.
Har qanday davlatda vakillik demokratiyasi shakllanishini siyosiy partiyalarsiz tasavvur qilib bo‘lmaydi. Shuning uchun mamlakatimizda ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy-huquqiy islohotlar jarayonida siyosiy partiyalarning rolini oshirishga katta ahamiyat berib kelinmoqda. Ular faoliyatining qonuniy asoslari mustahkamlanib, vakolatlari kengaytirilmoqda. Natijada siyosiy partiyalarning islohotlar ijtimoiy samarasini yanada oshirishda mas’uliyati kuchayib, hozirda xorijiy mamlakatlar olimlari, xalqaro ekspertlar O‘zbekistonda parlament faoliyatini takomillashtirish o‘ziga xos yangi bosqichga ko‘tarilganini e’tirof etmoqda.
2002 yil 4 apreldagi «Referendum yakunlari hamda davlat hokimiyati tashkil etilishining asosiy tamoyillari to‘g‘risida»gi Konstitutsiyaviy qonun asosida professional tarzda faoliyat yurituvchi Qonunchilik palatasi va hududlar manfaatlarini ifodalovchi Senatdan tarkib topgan ikki palatali parlament tashkil etildi. Shu orqali demokratik islohotlarni izchillik bilan amalga oshirishda sifatli qonunlar qabul qilish imkoniyati kengaydi, qonun ijodkorligi va ularning ijrosini nazorat qilish bo‘yicha barqaror mexanizm shakllandi.
Parlament hokimiyatining amaliy rolini kuchaytirishda ko‘ppartiyaviylik tizimining rivojlanishiga, siyosiy partiyalar faolligining keskin oshishiga, ular o‘rtasida raqobat asosidagi kurash kuchayishiga sharoit yaratib berish muhim ahamiyatga ega.
Yurtimizda siyosiy partiyalarning davlat va jamiyat hayotidagi o‘rni va ahamiyati bosqichma-bosqich kuchaytirilib, uning huquqiy asoslari mustahkamlanib borildi. 2004 yildan amal qila boshlagan “Siyosiy partiyalarni moliyalashtirish to‘g‘risida”gi Qonun bu borada nihoyatda muhim qadamlardan biri bo‘ldi. 2007 yilda qabul qilingan “Davlat boshqaruvini yangilash va yanada demokratlashtirish hamda mamlakatni modernizatsiya qilishda siyosiy partiyalarning rolini kuchaytirish to‘g‘risida”gi Konstitutsiyaviy qonun esa siyosiy partiyalar faoliyatini sifat jihatdan yangi bosqichga olib chiqdi. Hozirga paytda respublikada beshta siyosiy partiya faoliyat ko‘rsatmoqda. Bular O‘zbekiston xalq demokratik partiyasi, «Adolat» sotsial-demokratik partiyasi, “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi, O‘zbekiston tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati — Liberal-demokratik partiyasi va O’zbekiston Ekologik partiyasidir.

Download 6,84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   150




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish