Sanatsiya (lot. Canatio-davolash, sog‘lomlashtirish)-korxona va tashkilotlarning moliyaviy ahvolini, uning barbod bo‘lishi oldini olish yoki raqobatbardoshliligini oshirish maqsadida davlat yoki boshqa manfaatdor tashkilotlar tomonidan moliyaviy yordam berish.
Xususiy mulk-O‘zbekiston Respublikasi qonunlarida tan olingan ikki mulk shaklidan biri. O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 167-moddasida “O‘zb.Res.da mul xususiy mulk va ommaviy mulk shakllarida bo‘ladi” deyilgan.
Xususiy mulk ommaviy mulkdan farqli o‘laroq yakka tartibdagi va alohida subektlarga tegishli mulk shakllaridan iborat bo‘ladi. Uning subektlari (egalari) sifatida faqat fuqarolargina emas, balki xo‘jaliklar, jamoalar, shirkatlar, ijara va jamoa korxonalari, jamoat birlashmalari, diniy tashkilotlar, xayriya va boshqa ijtimoiy jamg‘armalar hisoblanadi.
Xususiy mulkning o‘ziga xos tomoni shundaki xususiy mulk (masalan, korxona, transport, jihoz-usukuna va boshqalar)dan iqtisodiy foyda (daromad) olinadi (ijaraga berish, ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish, ishlatish va boshqa yo‘llar orqali). Foyda va daromad uchun harakat esa shaxsni faollikka, tadbirkorlikka, ishbilarmonlikka undaydi. Bu esa jamiyat taraqqiyotini ta’minlaydi.
“O‘zbekiston Respublikasida xususiy mulk to‘g‘risida”gi 1990 yil 31 oktyabr qonunining qabul qilinishi bilan milliy qonunchilikda uzoq muddatli tanaffusdan so‘ng xususiy mulkchilik instituti qayta tiklandi. CHunki sobiq sho‘rolar davrida xususiy mulkchilik insonlar o‘rtasidagi mulkiy tengsizlik va tabaqalanishni keltirib chiqaradi deb hisoblanib, bu mulk shakli bekor qilingan edi. Mulkchilikning faqat davlat (sotsialistik) va shaxsiy mulkchiligi saqlab qolingan edi.
O‘zbekiston qonunchiligiga ko‘ra xususiy mulk boshqa mulk shakllari kabi dahlsiz va davlat tomonidan himoya qilinadi.
SHaxsiy mulk-fuqarolarning shaxsiy ehtiyojini qondirishga xizmat qiluvchi mulk. SHaxsiy mulk obektlari ayrim fuqarolar, uning obekti esa iste’mol buyumlari, turarjoy va umuman shaxsiy ehtiyojni qondirishga xizmat qiladigan vositalardir. SHaxsiy mulk ishlab topilgan daromad, merosga olingan mulk, ish haqi, nafaqa, stipendiya, tomorqa xo‘jaligidan tushgan daromad, aksiyadan keladigan divident, lotereyadan kelgan yutuqlar hisobiga ko‘payib boradi.
SHaxsiy mulk obektlari ehtiyojni qondirish doirasidan chiqib, daromad topish yo‘lida ishlatilsa, u xususiy mulkka aylanib ketadi va unga soliq solinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |