Makro va mikro iqtisodiyot-iqtisodiyotning turli darajalaridagi holatini tahlil qilishda ishlatiladigan tushuncha. Mikro iqtisodiyot bu-ayrim korxona, xo‘jalik yoki oila doirasidagi iqtisod. Makro iqtisodiyot-butun jamiyat, umumdavlat va xalqaro miqyosidagi yoki milliy iqtisod, turli sohalar, tarmoqlar majmuidan iborat.
Monitoring (lot. Monitor-ogohlantirish, tanbeh)-ma’lum bir hodisa yoki jarayonning holatini kuzatish, baholash va tixmin (prognoz) qilish.
Marketing (ingl. Market-bozor, sotish, ayirboshlash). Firma (korxona) ishini bozor sharoitiga moslashtirishga qaratilgan maxsus faoliyatdir. Marketing ishi bozorni o‘rganish, narxlarni shakllantirish, bozor talablariga monand ravishda tovarlarni ishlab chiqarish, ularni vaqtida bozorga etkazish, reklama qilish va xaridorlarga xizmat ko‘rsatishni o‘z ichiga oladi.
Menejer (ingl. Manager-boshqaruvchi)-korxona va qarz beruvchi tashkilot hamda uning quyi qatlamining boshqaruvchisi. SHuningdek, menejerlar maxsus tayyorgarlik ko‘rgan, boshqarishning sir-asrorlarini, qonun-qoidalarini chuqur biluvchi malakali mutaxassislar yollanma boshqaruvchilar bo‘lib hisoblanadilar.
Ommaviy mulk-O‘zbekiston Respublikasi qonunlarida tan olingan ikki mulk shaklidan biri. O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 167-moddasida “O‘zb.Res.da mulk xususiy mulk va ommaviy mulk shakllarida bo‘ladi” deyilgan.
O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 213-moddasiga binoan Respublika mulki va ma’muriy-hududiy tuzilmalar mulkidan (munitsipial mulk) iborat bo‘lgan davlat mulki ommaviy mulk xisoblanadi.
Er va er osti boyliklari, suv, havo bo‘shlig‘i, o‘simlik va hayvonot dunyosi hamda tabiiy boyliklar, davlat ahamiyatiga ega bo‘lgan madaniy va tarixiy boyliklar, respublika byudjetining mablag‘lari, oltin zahirasi, intellektual faoliyat natijalari (basharti bular byudjet yoki davlatning o‘zga mablag‘lari hisobidan yaratilgan yoki sotib olingan bo‘lsa) respublika mulki hisoblanadi.
Munitsipial mulk bu-davlat hokimiyati mahaliy organlarining mol-mulk, mahalliy byudjet mablag‘lari, munitsipial uy-joy fondi va kommunal xo‘jalik, korxonalar va boshqa mulkiy komplekslar, xalq ta’limi, madaniyat, sog‘liqni saqlash muassasalaridir.
Patent(lot. Patents-ochiq, tushunarli)-1)davlatning mas’ul organlari tomonidan beriladigan va quyidagilarni belgilovchi hujjat: kashfiyot hamda yangiliklar uchun, mualliflik huquqini berish uchun; 2)ba’zi davlatlarda ayrim turdagi faoliyat bilan shug‘ullanish uchun ruxsat beruvchi huquqiy hujjat.
Do'stlaringiz bilan baham: |