Konstitutsiya-davlatning xalq irodasini ifodalovchi, davlat tuzilishi va boshqaruv shakli asoslarini mustahkamlovchi, hokimiyat idoralari faoliyatining tashkil etilish tartibi va prinsiplarini belgilovchi asosiy qonun.
O‘zbekiston Respublikasining amaldagi Konstitutsiyasi 1992 yil 8 dekabrda, Oliy Kengashning 12-chaqiriq 11-sessiyasida qabul qilingan bo‘lib, u muqaddima, 6 bo‘lim, 26 bob va 128 moddadan iborat. Asosiy qonun oldidan muqaddima beriladi, unda qabul qilingan Konstitutsiya xalq irodasi ifodalanishi natijasi ekanligi, xalqimizning o‘z taqdirini o‘zi belgilashga, birlik va teng huquqlikka intilishi bayon etilgan. Birinchi bo‘limda konstitutsiyaviy tizimning asosiy prinsiplari jamlangan; ikkinchisida inson va fuqarolarning asosiy huquqlari, erkinliklari va burchlari tizimi mustahkamlangan; uchinchi bo‘lim fuqarolik jamiyati qurilishining huquqiy asoslarini o‘zida aks ettiradi; to‘rtinchi bo‘lim davlat va ma’muriy hududiy tuzilishga bag‘ishlangan; beshinchi bo‘lim hokimiyatlar taqsimlanishi prinsipi asosida qurilgan davlat hokimiyatining yangi tizimini mustahkamlaydi, oliy va mahalliy davlat hokimiyati idoralari tuzilishini ochib beradi; oltinchi bo‘lim Konstitutsiyaga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritish tartibini o‘z ichiga oladi.
Miliy valyuta-mamlakatimiz hududida barcha tovar va xizmatlar uchun narxlarni ifodalash vazifasini o‘tovchi va qonuniy himoyalangan yagona to‘lov vositasi.
1994 yil 1 iyuldan boshlab, O‘zbekiston hududida yagona to‘lov vositasi sifatida “so‘m” muomalaga kiritildi. Oldin amalda bo‘lgan 1000 so‘m –kupon 1 so‘mga tenglashtirildi. Hozirgi kunda 50, 100, 200, 500, 1000 so‘m nominaldagi pullar mavjud.
O‘zbekistonning o‘z milliy valyutasiga ega bo‘lishi va “so‘m” tizimining iqtisodiyotning barcha sohalariga kiritilishi-mustaqilligimizning muhim ko‘rsatkichlaridan biri bo‘ldi. Har qanday milliy volyutada kuzatiladigan inflyasiya bizning valyutamizda ham kuzatilsada, bu iqtisodiy me’yorlar darajasida bo‘lib, xatto bu jahonning ko‘pchilik mamlakatlarida kuzatiladigan inflyasiya darajasidan ancha kam hisoblanadi. Bu esa O‘zbekiston hukumati iqtisodiy islohotlari samaradorligining muham ko‘rsatkichidir.
“Mustaqillik deklaratsiyasi”-O‘zbekiston Respublikasining Davlat mustaqilligi haqidagi dastlabki huquqiy hujjatlardan biri. “Mustaqillik deklaratsiyasi” 1990 yil 20 iyunda O‘zbekiston Oliy Kengashining II sessiyasida qabul qilingan bo‘lib, 12 banddan iborat ushbu tarixiy xujjatda o‘zbek xalqining davlat qurilishi tarixi, tajribasi, har bir millatning o‘z taqdirini o‘zi belgilash huquqi asosida davlat mustaqilligi ilk bor e’lon qilingan edi.
Do'stlaringiz bilan baham: |