Bezak (zargarlik) attorlik buyumlari. Bezak buyumlari
zargarlik tovarlaridan qimmatbaho bo„lmagan metall va ularning
qotishmalaridan ishlab chiqarilishi bilan farq qiladi. Buyumlarning
sirti oltin yoki kumush bilan qoplanadi yoki ularga o„xshatib ishlov
beriladi.
Веnzin. Bu yengil uglevodorodlar aralashmasidan iborat,
uchqundan alangalanadigan yonilg„idir. Benzin O„zbekistonda
Oltiariq, Farg„ona va Qorovulbozor (Buxoro viloyati, Kogon tumani)
neftni qayta ishlash zavodlarida ishlab chiqariladi.
Bo‗yoqlar. Parda hosil qiluvchi moddalar va bo„yoq kukuni
(pigmentlar) aralashmasini erituvchi moddalarda eritib olinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |