Balans usuli balansli taqqoslash imkonini beradi.
Tajriba usuli o’xshash tizimdagi tajribadan foydalanishni ko’zlaydi.
O’xshashlik usuli iqtisodiy-tashkiliy ko’rsatkichlari o’xshash bo’lgan tizim
bilan solishtirishga asoslangan.
Ijodiy kengashlar usuli personalni boshqarishni rivojlantirish yo’nalishlarini
jamoa holda muhokama etishga qaratilgan.
Jamoa yon daftari (g’oyalar banki) usuli har bir ekspert tomonidan
bildirilgan fikrni jamoa muhokamasiga qo’yishni anglatadi.
Nazorat savollari usulida avvaldan tayyorlab qo’yilgan savollar orqali oldinda
turgan vazifalarni ijodiy hal etishni faollashtirishga qaratilgan.
52
Morfologik tahlil personalni boshqarish ayrim funktsiyalarini amalga
oshirish uchun hamma takliflardan eng maqbulini tanlab olishga qaratilgan.