ketgani holda etnografik predmetlar qanday boisa, shundayligi-
cha qoladi. Shuning uchun ham madaniyatni ilmiy o ‘rganishda
etnografik ashyolarning o ‘mi beqiyos hisoblanadi.
Ratselning shogirdi hisoblangan Leo Frobenius etnolog,
arxeolog va folklorshunos olim sifatida shuhrat qozongan. U
birinchi marta dififuzionizm nazariyasi asosida “Madaniyat
m orfologiyasi” nom li konsepsiyasini va m adaniy doiralar
nazariyasini yaratgan olimdir. Leo Frobenius Afrika va boshqa
mintaqalarda yashovchi xalqlar madaniyati bo‘yicha mutaxassis
bo‘lgan. U Afrika, Avstraliya va Okeaniya xalqlari madaniyatini
tadqiq etish borasida 12 marotaba ekspeditsiya uyushtirgan va
amalga oshirgan ilmiy tadqiqotlari asosida Afrikaning etnik xaritasini
yaratgan. 0 ‘z navbatida shuni ham qayd etish joizki, mazkur
xarita hozirgi davrga qadar o ‘z ahamiyatini yo‘qotgan emas.
Afrikashunos olim o ‘z ekspeditsiyalari materiallarini va ularning
nazariy xulosalarini 1988-yilda nashr etilgan «Afrika mada
niyatining kelib chiqishi» nomli monografiyasida bayon qilgan.
Uning fikricha, madaniyat misli tirik organizm bo‘lib, undagi
o ‘zgarishlar hayotning umumiy qonunlari bilan chambarchas
bog‘liqdir. Olim tom onidan Afrika va M elaneziya xalqlari
madaniyatlarini o ‘zaro taqqoslab o ‘rganish asnosida madaniyat-
dagi o ‘zgarishlar alohida unsurlar, elementlaming tarqalishiga
bog'liq emas, balki bir butun yaxlit madaniyat ko‘rinishlariga
bog iiq b o iib , ular taxminiv birlashgan elem entlar uyushmasi
emas, balki bir butun yaxlit tizim hisoblanadi, degan xulosaga
kelingan.
0 ‘z navbatida shuni ham unutmaslik kerakki, muallifning
madaniyatning kelib chiqishiga oid mulohazalarida ayrim mifologik
qarashlarni ham kuzatish mumkin. Chunonchi, u madaniyatni
tirik organizm sifatida tasaw ur qiladi. Frobenius madaniyat ham
xuddi tirik organizm kabi dunyoga keladi, turli yosh bosqichlarini
bosib o ‘tib, oxir oqibatda umrini tugatib, barham topadi, degan
g'oyani ilgari surgan. Bunda muallif madaniyat odamlar tomonidan
yaratilmaydi, balki o ‘z-o‘zidan rivojlanib boradi degan g‘oyaga
asoslangan. Uning fikricha, insoniyat madaniyatning yaratuvchi-
si emas, aslida uning mahsuli yoki obyekti hisoblanadi. Lekin,
madaniyat insonlar tomonidan yaratilmasa-da, odamlarsiz yashay
olmaydi va keng miqyosida tarqalishi ham mumkin emas deb
hisoblaydi. Agar o'xshatish joiz bo‘lsa madaniyat oyoqsiz kishiga
o‘xshaydi. U insonlarni o‘zini bir joydan ikkinchi yerga ko‘chirib
o'tkazishga majbur qiladi. Frobeniusning ta ’kidlashicha, odamlar
xalq madaniyatini yaratuvchisi emas, balki uzatuvchisidir.
Fronbeniusning fikricha, h ar b ir m adaniyat o ‘ziga xos
xususiyatga ega. Qolaversa, u m adaniyatni ijtimoiy m uhitdan
tashqarida, mistik ko‘rinish tarzida talqin qiladi hamda uni ikkiga,
ya’ni erkak va ayolga ajratadi. O 'z navbatida, m ashhur olim o ‘z
qarashlarini ekspeditsiyalar jarayonida to ‘plagan dala materiallari
orqali isbotlashga harakat qilgan. Jum ladan, olimning Afrikada
olib borgan tadqiqotlari natijasida Afrika madaniyatini ikkiga —
telluruit — efiopiya — patriarxal va xtonik — xamitik — matriarxat
qismlariga bo‘lgan.
Nemis tilli xalqlar orasida diffuzionizmning ko‘zga ko‘ringan
yirik namoyandalaridan biri
Robert Grebner
bo‘lgan. Uning
fikricha, etno graf-ev o lu tsio n istlar o ‘zlarining turli xalqlar
madaniyatlaridagi o ‘xshash xususiyatlarning sabablarini ele-
m entar g‘oyalar yoki tabiiy sharoit bilan b o g iiq boiganm i?
— degan qarashni isbotlash uchun zaruriy m e’yoriy asoslarni
ishlab chiqmaganlar. Shu sababga binoan G rebner asosiy e’tibo-
rini etnologiyaning asosiy muammosi — madaniyatning tarixiy-
m adaniy aloqalari yoki mustaqil kelib chiqishiga oid tadqiqotlar
metodini ish lab chiqishga qaratgan. U o'zining asosiy qarashlarini
1905-yilda nashr etilgan
«Etnologiya uslubi»
nomli kitobida
mujassam etgan.
Frobenius va Ratsel qarashlari asosida
Robert Grebner
madaniy
qarashlar doirasida butun ibtidoiy jam oa davri tarixini global
rekonstruksiya qiluvchi o'ziga xos nazariyani yaratgan. U o ‘z
qarashlarini isbotlash maqsadida dunyodagi barcha xalqlarning
davlatchilikkacha b o ig an madaniyatini oltita yirik madaniy doira
yoki m adaniy guruhlarga bo'lib chiqqan. G rebner olib borgan
ilmiy izlanishlari natijasida insoniyat tarixida hech qanday takroriy
holatlar va bu bilan bog‘liq biror bir qonuniyat mavjud emas
degan xulosaga kelgan. M adaniyatdagi etnik jarayonlarning
takrorlanishi juda kam uchraydigan holatdir. Shubhasiz bu o ‘rinda
etnologlar ko‘plab o'xshash holatlarga em as, balki yagona
ko‘rinish bilangina to ‘qnashadilar.
Diffuzionizmga oid mulohazalarni yakunlar ekanm iz, xulosa
sifatida shuni ta ’kidlash kerakki, m azkur oqim turli m am lakat-
larda turli darajada taraqqiy etganiga qaramay, ularni birlashti-
ruvchi um um iy jihatlarga ega. Biz um um iy jih a tla r sifatida
quyidagi holatlarni e ’tirof etishimiz mumkin:
♦ Madaniyat m a’lum bir geografik hududda paydo bo ‘ladigan
va keyinchalik boshqa mintaqalarga tarqaluvchi tirik organizmga
o ‘xshash holatda tasaw u r etiladi.
♦ H ar bir m adaniyat o ‘zining paydo bo‘lish hududiga va
tarqalish mintaqasiga egadir. Ushbu madaniyat markazlarini izlab
topish va ularni tadqiq qilish etnologiyaning asosiy vazifasidir.
♦ M adaniyat rivojlanishining asosiy omillari o ‘zlashtirilgan
xususiyatlar va aralash m adaniy elem entlar hisoblanadi. 0 ‘zaro
qorishgan madaniyatlar moddiy madaniyatnigina emas, m a’naviy
madaniyat ko‘rinishlari hisoblangan miflar, e ’tiqodlar, odatlar
va boshqa shu kabilarni ham jalb etadi.
♦ H ar bir m adaniyat ko‘rinishi bir m arta paydo bo ‘ladi;
uning tarqalish m anzarasini ta sa w u r qilish orqali uning h ar
bir ko‘rinishini, dastlabki paydo b o ig a n hududini aniqlash
mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |