Boshqaruv darajalari bo„yicha:
• Umumdavlat;
• Mahalliy.
Soliqqa tortish subyektlari bo„yicha:
• Yuridik shaxslardan olingan
soliqlar;
• Jismoniy shaxslardan olinadigan soliqlar.
Soliqqa tortish obyektlari bo„yicha:
• Tovarlar va xizmatlarga soliqlar;
• Daromad (foyda) solig‗i.
Maqsadga yo„naltirilganligi bo„yicha:
• Umumiy;
• Maxsus.
Umumiy soliqlar xarajatlarning qandaydir turiga biriktirilmagan
holda davlat xarajatlarini moliyalashtirish uchun ishlatilsa, maxsus
soliqlar maqsadga yo‗naltirilgan bo‗ladi. Maxsus soliqlarga quyidagilar
kiradi: ijtimoiy sug‗urta uchun ajratmalar, yo‗l jamg‗armasiga ajratmalar
va boshqalar.
Soliq stavkasi va daromad o‗rtasidagi nisbat belgisiga ko‗ra soliqlar
quyidagilarga ajratiladi:
• Progressiv, bunda daromadlar oshib borishi bilan o‗rtacha stavka
ham ortib boradi;
• Regressiv, bunda daromadlar ortishi bilan o‗rtacha stavka
pasayadi;
• Proporsional, bunda daromad miqdoridan qat‘i nazar o‗rtacha
stavka o‗zgarmasligicha qoladi.
Soliqqa tortish obyektiga ko‗ra soliqlarni mulk, yer, renta, kapital,
xizmatlar, tovarlar, iste‘mol vositalari va boshqalardan undiriladigan
soliqlarga ajratish mumkin. Soliqlarni tasniflash asosida tovarlar (ishlar,
xizmatlar), mulk, daromad, foyda, tabiiy qazilmalar va boshqalarni
sotish bo‗yicha operatsiyalarni tavsiflovchi belgi yotadi.
Undirish usuliga ko‗ra soliqlar tasnifini batafsil ko‗rib chiqamiz (3-
rasm). To‗g‗ri soliqlar moliyaviy-xo‗jalik faoliyati natijasi, kapital
aylanmasi, mulk qiymatining ortishi bilan bevosita bog‗liq soliqlardir.
To‗g‗ri soliqlar afzalligi shundaki, ularni muayyan shart-sharoitlarga –
oilaning kattaligi, daromadi, yoshi va umumiy ma‘noda to‗lov
qobiliyatiga moslashtirish oson. To‗g‗ri soliqlar quyidagilarni o‗z ichiga
oladi: daromad solig‗i, foyda solig‗i, resurs to‗lovlari, mulk solig‗i va
soliqqa tortish uchun asos bo‗lib xizmat qiladigan mulkka egalik hamda
undan foydalanish bo‗yicha soliqlar.
3-rasm.
Undirish usuli bo„yicha soliqlar tasnifi
Egri soliqlar – bu narxga qo‗shimcha sanaladi yoki qo‗shimcha
qiymat, aylanma yoxud tovarlar, ishlar, xizmatlarni sotish hajmiga qarab
aniqlanadigan soliqlar hisoblanadi. Egri soliqlarning to‗g‗ri soliqlardan
afzalligi sifatida ularning kichik miqdorda bo‗lishi va to‗plash osonligini
aytish mumkin, chunki ular chakana va ulgurji savdo darajasi bilan
belgilanadi.
Hokimiyat organlarining kompetensiyalari darajasi bo‗yicha soliqlar
quyidagilarga bo‗linadi:
• davlat – davlat qonunchiligi tomonidan o‗rnatiladigan va butun
mamlakat hududida amal qiladigan umumdavlat soliqlari va yig‗imlari;
Do'stlaringiz bilan baham: