Bakteriytoifalar bo’limi - Basteriophyta
Prokariotlarga mikroskopik organizmlar kirib, ularning hujayralari tarkibida shakllangan yadro va membranasi bo’lmaydi. Ular, asosan bir hujayrali organizmlar bo’lib, qisman koloniya shaklida uchrovchilari ham bor. Ularda yadro o’rnida genetik material bo’lib, DNK hisoblanadi. Prokariotlar faqatgina oddiy bo’linish yo’li bilan ko’payadi. Ba'zi bir shakllarida koloniyaga o’xshash jinsiy jarayonlari uchraydi. Ular hujayrasida mitoxondriylar, plastidalar, golji apparatlari va sentrosomalar uchramaydi. Prokariotlarning xarakterli xususiyatlaridan biri hujayrasi hujayra po’sti bilan o’ralgan. Ba'zi bir prokariotlar atmosfyeradagi erkin azotni o’zlashtirish xususiyatiga ega. Ularga quyidagilar kiradi:
Do'stlaringiz bilan baham: |