3- MAVZU. BADIIY ASARDA MAVZU VA GʼOYA
Reja:
Badiiy asar mavzusi.
Mavzu turlari.
G‘oya – obrazli hukm.
Badiiy asarning g‘oyaviy olami.
Tayanch tushunchalar: Badiiy mazmunning yuzaga chiqishi va mazmun uzvlari haqida. Badiiy asar mazmunining aktual va tub estetik qatlamlari xususida. Ijodkor dunyoqarashi va badiiy mazmun. Badiiy mazmunning o‘ziga xos xususiyatlari
Badiiy asarning shakl va mazmuni avvalo uning mavzu va g‘oyasiga muayyan darajada bog‘liqdir. Mavzu va g‘oya badiiy asar qiyofasini, ta'sirchanligini belgilashda uning shakl va mazmuni singari muhim ahamiyat kasb etadi. Biroq badiiy asarning mavzusi unda qalamga olingan voqyea yoki narsa-buyumlar emas. Badiiy asar mavzusi ijodkor tanlagan hayotiy voqyealar, u yoritgan asosiy muammolarning umumlashmasidir. Adabiy asar uchun asos qilib olingan fikr va maqsad uning mavzusidir. Mavzu (arabcha so‘z bolib, “qo‘yilgan, tartibga solingan” degan ma'noni bildiradi) – badiiy mazmun komponenti, asarda qo‘yilgan ijtimoiy, ma'naviy-axloqiy, falsafiy va boshqa muammolarni badiiy idrok etish uchun tanlab olingan va tasvirlangan hayot materiali. Adabiyotshunoslikda ikki ma'noda: asarda tasvirlangan hayot materiali hamda badiiy asarda idrok etish uchun qo’yilgan ijtimoiy, ma'naviy-axloqiy, falsafiy va boshqa muammolar majmui. Asarda qalamga olingan voqyelik – hayot materialini “mavzu” deyish, e'tibor qaratilgan, mushohada yuritish uchun qo‘yilgan masalalarni “mavzu" emas, “muammo”, “problema” deyish to‘g ‘riroq boTadi. Chunki har qanday chinakam badiiy asar ijodkorning o ‘z davri, o ‘zi yashayotgan ijtimoiy muhitga munosabati, u xususidagi o ‘y-kechinmalari, tashvishi, iztirobi mahsuli sifatida paydo bo‘ladi. Ijodkor shaxs boshqalardan ko’ra mavjud hayot tartiblari, undagi ijobiy va salbiy jihatlar haqida ko‘proq o‘ylaydi, tashvish chekadi. Tabiatidagi ana shu xususiyat, fazilat uni asar (She`r, hikoya, roman, doston, drama, komediya, tragediya) bitishga undaydi. Asl asar ijodkordagi ichki zarurat - “ehtiyoj farzandi" (A.Oripo\) sifatida yuzaga keladi. Ijodkor o'zini o‘ylantirgan muammolarni badiiy idrok etish uchun hayot voqyeligidan material tanlab, uni tasvirlaydi.
Adabiyotshunoslikda “tema” (mavzu) termini ikkita ma’noda faol ishlatiladi: 1) asarda tasvirlanayotgan hayot materiali; 2) asarda badiiy idrok etish uchun qo‘yilgan ijtimoiy, ma’naviy-axloqiy, falsafiy va boshqa problemalar majmui. Shuningdek, bu ikki ma’noni birlashtiradigan talqin ham mavjud. Jumladan, akademik I.Sultonga ko‘ra, “mavzu – yozuvchi ongida va qalbida hali badiiy shakllantirishni talab qilib yotuvchi hayotiy material va sotsial axloqiy problemadir”. Ko‘rib turganimizdek, ustoz “mavzu” va “problema” terminlariga sinonim sifatida qaraydi: “Yozuvchini hayajonga solgan va qo‘liga qalam olishga majbur etgan hayotiy material “mavzu” yoki “problema” deb ataladi”1. Bundan farqli o‘laroq, biz mazmun komponentlarini badiiy ijod jarayoni va asarda namoyon bo‘lishi nuqtai nazaridan farqlash tarafdorimiz. Shunga ko‘ra, “problema” va “mavzu” alohida tushunchalar, ularni ikkita atama bilan nomlash to‘g‘ri bo‘ladi deb hisoblaymiz. Endigi vazifamiz shu qarashni badiiy ijod tabiatidan kelib chiqqan holda asoslash bo‘ladi.
Badiiy asar ijodkorning borliq bilan munosabati mahsuli o‘laroq dunyoga keladi. Ya’ni, borliqda yashayotgan individ sifatida ijodkorni muayyan muammolar o‘ylatadi, tashvishga soladi. Ijodkor o‘sha muammoni idrok etishga intilishi ichki ehtiyojga aylangani uchun ham asarga qo‘l uradi. Tabiiyki, “boshidan o‘tgan tabib” deganlaridek, bu masalani ijodkordan ko‘ra yaxshiroq biladigan bo‘lmasa kerak, shuni o‘ylab A.Qahhorga murojaat etamiz. A.Qahhor yoshlar seminarida so‘zlagan nutqida aytadiki, “yozuvchi biron hodisaga o‘quvchida muhabbat yoki nafrat hissi qo‘zg‘atishi uchun avval o‘sha his o‘zida bo‘lishi kerak” deydi. His etish uchun esa “ijtimoiy hodisalarni tahlil qilish, uning yaxshi, yomon ekanini bilish” lozim. “Yozuvchi turmush hodisasini tahlil qilganidan so‘ng unga ma’lum munosabatda bo‘ladi. Bu munosabati uning qanoati bo‘ladi. Uning biron hodisani his qilishi mana shu qanoati asosida bo‘ladi”2. E’tibor berilsa, A.Qahhorning “qanoat” degani bilan biz “problema” deb atayotgan tushunchaning bitta narsa ekanini ko‘riladi. Adib talqinidagi “qanoat” ijtimoiy hodisaning “yaxshi, yomon ekanini bilish”dan tug‘ilgan munosabat ekani shunday deyishga to‘la asos beradi. Zero, problema ham ijtimoiy hodisalarni ideal asosida mushohada etish, ular orasidagi muvofiqlik yoki nomuvofiqlikni anglashdan yuzaga keladi. A.Qahhorga ko‘ra, “yozuvchi hech vaqt “Nima to‘g‘risida yozsam ekan?” deb o‘ylab, keyin birdaniga biron to‘g‘rida yozishni ixtiyor qilmaydi. Aksincha, hodisaga ma’lum munosabati, qanoatidan kelib chiqqan rozilik yoki norozilik uni yozishga majbur qiladi, uni o‘z ixtiyoriga qo‘ymaydi”3. Ya’ni bundan yozuvchining “nima to‘g‘risida yozishi”ni – mavzuni “qanoat” belgilaydi, degan xulosa kelib chiqadi.
Demak, yuzaga kelishi nuqtai nazaridan problema birlamchi bo‘lib, u ijodga turtki beradi. Negaki, problemada pirovardida ifodalanuvchi g‘oya (ya’ni ijodkorning o‘quvchisiga aytmoqchi bo‘lgani) kurtak holida mavjud – uni barg yozdirish, obrazlar yordamida shakllantirish va ifodalash zarur. Ya’ni problemani – uni yuzaga keltirgan omillar va hal etish yo`llarini badiiy idrok etish, bu jarayonda anglagan haqiqatlari bilan o‘rtoqlashish ijodkor uchun endi zaruratga, uning ichki ehtiyojiga aylanadi. Shu jihatdan qaralsa, badiiy asarni “ehtiyoj farzandi” deb ta’riflagan Abdulla Oripov to‘la haqdir.
Ta’kidlash kerakki, problema haqida yuqorida bildirilgan fikrlarni mutlaqlashtirish ham durust emas. Zero, ular ko‘proq epik asarlarga, o‘shanda ham ijtimoiy xarakterdagi asarlarga tatbiqan o‘zini to‘la oqlaydi. Deylik, izhor yoki vasf asosiga qurilgan lirik She`rlar, shuningdek, majoziy-ramziy xarakterda bo‘lmagan peyzaj lirikasi namunalaridan ham problema izlash to‘g‘ri emas. Chunki ularning yaratilishiga turtki bergan narsa –mualliflarining “qanoatidan kelib chiqqan rozilik”, mavjud holatdan rozi odamda esa, tabiiyki, problema bo‘lmaydi. Ayni choqda, yor yoki tabiat go‘zalligidan ko‘ngilning zavqu shavqqa to‘lib ketishi ham ijodga turtki beradi – “bo‘shanish zarurati”ni yuzaga keltiradi. Yoki ommaviy adabiyot vakili sanaluvchi detektiv, sarguzasht va fantastik asarlarda ham ko‘pincha problema ko‘zga tashlanmaydi. Sababi, ularda ijodkor maqsadi asardan chetga chiqmaydi, ya’ni sarguzasht davomidagi o‘tkir kechinmalar, izquvar bilan birga jumboqlarni yechishu xayolotning mutlaqo erkin parvozidan keladigan zavqning o‘zi maqsadga aylanadi. Boshqacha aytsak, ularda san’atning “o‘yin” xususiyati ustuvorlik kasb etib qoladi.
Adabiyotshunoslikda “problema” bilan birga “problematika” istilohi ham ishlatiladi. Gap shundaki, Hayotni qamrov ko‘lami keng epik va dramatik asarlarda badiiy idrok etilayotgan muammolar ham shunga yarasha, ya’ni bir emas, bir nechta problema qo‘yilishi mumkinki, ularning jami problematika deb yuritiladi. Odatda, asar problematikasi bir-biriga bog‘liq va bir-birini taqozo etuvchi problemalardan tarkiblanib, o‘ziga xos butunlikni tashkil qiladi. Masalan, “O‘tgan kunlar”ning bosh problemasini “millat ozodligi va taraqqiysi” tarzida ifodalash mumkin bo‘lsa, uning to‘laqonli badiiy idrok etilishi “milliy birlik”, “saltanat va raiyat”, “taraqqiy va manfaati shaxsiya”, “inson erki”, “ayol huquqi”, “otalar va bolalar” kabi qator yondosh problemalar yordamida amalga oshadi.
Ijodkor o‘zini o‘ylatgan, tashvishga solgan muammo(lar)ni badiiy idrok etish uchun qulay va keng imkon beruvchi hayot materialini tanlab tasvirlaydiki, shu asar mavzusidir. Ya’ni “asarda tasvirlangan va badiiy idrok etilgan narsa farqlanishi kerak” degan qarashdan kelib chiqqan holda birinchisini “mavzu”, ikkinchisini “problema” deb ataymiz. Holbuki, bu yo`sin farqlashimizda muayyan shartlilik bor: “problema” bilan “mavzu” bir narsaning ikki tomoni, ularni farqlashimiz esa o‘rganishni osonlashtirish uchun, xolos. Zero, bir tomoni, hayot materiali problemaga muvofiq tanlansa, ikkinchi tomoni, problema o‘sha materialdagina namoyon bo‘ladi va uning asosida badiiy idrok etiladi. Haqiqatda “problema” bilan “mavzu” birligi badiiy asar mazmunining bitta qirrasi – tematik asosni tashkil qiladi.
Shu o‘rinda yana bir narsaga aniqlik kiritib o‘tish zarur. Gap shundaki, “hayot materiali tanlab olinadi” deyishimizda ham muayyan shartlilik bor. Negaki, problemani badiiy idrok etish uchun hayot materiali har doim ham asliga monand olinmaydi, bu ko‘proq realistik yo`nalishdagi adabiyotga xos. Hayotda mavjud bo‘lmagan – ijodkor xayoloti mahsuli bo‘lmish holat yo voqea tasviri orqali ham problema badiiy idrok etilishi mumkinki, adabiyotda bunday asarlar ham ko‘pchilikni tashkil qiladi. Jumladan, yuqorida misol tariqasida keltirilgan masalda tasvirlangan “toshbaqa bilan quyon bahsi” hayotiy emas, u ijodkor tomonidan muayyan hayotiy holat mohiyatini ochish uchun yaratilgan badiiy modeldir. Shunga o‘xshash, o‘zini qiynagan muammolar idroki va ifodasi uchun, masalan, J.Svift “Gulliverning sayohatlari”da hikoya qilgan voqealar yoki F.Kafka “Yevrilish”da tasvirlagan holat ham mohiyatan badiiy modeldir. Xuddi shu gapni Fitratning “Qiyomat”, N.Yeshonqulning “Maymun yetaklagan odam”, U.Hamdamning “Bir piyola suv”, I.Sultonning “Qismat” hikoyalari, O.Muxtorning “Ffu”, A.A’zamning “Ro‘yo yoki G‘ulistonga safar” romanlari va yana juda ko‘p asarlarga nisbatan ham aytish mumkin. Albatta, bularning hammasida andoza hayotdan olingan, ya’ni hayot – voqelik modelni yaratish uchun material bo‘lib xizmat qiladi. Faqat har bir konkret modelda “aks ettirish” va “ijodiy qayta yaratish” amallarining nisbati turlichadir.
Asarda tasvirlangan badiiy reallik voqelikning ijodkor tomonidan ko‘rilgan, ideal asosida g‘oyaviy-hissiy baholangan va muayyan mazmunni ifodalashga mos tarzda ijodiy qayta ishlangan aksidir. Ya’ni badiiy asarda voqelik quruqqina “aks ettiril”maydi, unga muallifning g‘oyaviy-hissiy bahosi ham qo‘shiladi (hatto muallif o‘ta “obyektiv” bo‘lishga intilganida ham, uning nuqtai nazaridan ko‘rilgan va taqdim etilgan badiiy voqelikda ijodkor subyekti akslanaveradi). Yuqorida problemaning o‘zida g‘oya kurtak holida mavjud bo‘lishini aytdik. Demakki, hayot materialini tanlashdan boshlab uning qanday umumlashtirilishi, badiiy voqelikda obrazlarni iyerarxik tartibda joylashtirish, ularning qiyofasini chizish, fe’l-xo‘yini ta’riflash, xatti-harakatlari va ruhiyatini tasvirlash – barida muallif subyekti, u ifodalamoqchi bo‘lgan g‘oyaning ta’siri sezilib turadi. Ayni shu narsa asarning o‘quvchi tomonidan qabul qilinishini boshqaradi, o‘quvchini asarni muallif istagandek tushunishga yo`naltiradi. Shu bois muallifning o‘zi tasvirlayotgan voqea-hodisalarga g‘oyaviy-hissiy munosabati, obrazlar sistemasida o‘z ifodasini topuvchi problemani anglashi va baholashi tendentsiya deb yuritiladi. Zero, “tendentsiya” lotincha so‘z bo‘lib, terminga uning “yo`naltirmoq” ma’nosi asos bo‘lgan.
Yuqoridagilardan ayon bo‘lyaptiki, tendentsiya asar problematikasidan kelib chiqib tanlangan hayot materiali talqinini muallif ko‘zlagan g‘oyaviy-badiiy maqsadga yo`naltirgan holda badiiy g‘oyaga aylantirar ekan. Ya’ni asarda qo‘yilgan problemaning qalamga olingan hayot materiali asosida idrok etilishi va baholanishidan badiiy g‘oya (kengroq olsak – badiiy konsepsiya) o‘sib chiqadi. Xuddi problema bilan mavzu birligi badiiy asar mazmunining tematik asosi bo‘lgani kabi, tendentsiya bilan g‘oya birligi uning g‘oyaviy asosini tashkil qiladi. Shunga ko‘ra, badiiy asar mazmuni g‘oyaviy-tematik butunlik bo‘lib, u haqda so‘z borganda har ikki tomon nazarda tutilishi lozim. Bu esa, tabiiyki, oson ish emas, asarni mazkur talabga to‘la amal qilgan holda tushunish inson imkonidan tashqaridadir.
Yuqorida badiiy asar mazmuni g‘oyaviy mazmundangina iborat emas dedik. Negaki, g‘oyaviy mazmun deganda asarda tasvirlangan badiiy voqelikka muallifning g‘oyaviy-hissiy munosabati asosida kelib chiqadigan mazmun tushuniladi. Holbuki, asarda so‘z bilan tasvirlangan badiiy voqelik o‘quvchi tasavvurida gavdalanar ekan, u muayyan darajada obyektivlashadi. Shunday ekan, endi o‘quvchi o‘sha voqelikka muayyan g‘oyaviy-hissiy munosabatda bo‘lishi va shu asosda o‘zining mazmunini shakllantirishi mumkin. Shuni nazarda tutgan holda adabiyotshunoslikda ba’zan “subyektiv g‘oya” va “obyektiv g‘oya” tushunchalari farqlanadi ham. Bunda asarda muallif talqinidan kelib chiquvchi g‘oyaga subyektiv, unda tasvirlangan voqelik mohiyatidan kelib chiquvchi g‘oyaga esa obyektiv sifati beriladi. Biroq bunday farqlash ilmiy jihatdan asosli emas. Chunki, garchi “ob’ektiv g‘oya” deb atalsa-da, haqiqatda u o‘quvchining tasavvurida obyektivlashgan badiiy voqelikka g‘oyaviy-hissiy munosabati asosida voqelanadi, ya’ni u ham aslida subyektivdir.
Aytilganlar mazmunning shaklga ta’siri, uning shaklni belgilashini yorqin namoyish etadi. Zero, birinchidan, asarda tasvirlash va badiiy idrok uchun tanlab olinayotgan hayot materiali ixtiyoriy(spontan) bo‘lmay, qo‘yilgan problemani badiiy idrok etish uchun eng optimal imkoniyat bera oladigan bo‘lishi lozim; ikkinchidan, obrazlar sistemasi, unda har bir obrazning tutgan mavqei, konflikt turi, kompozitsion qurilish, janr – bular hammasi problema va tendentsiya talabidan kelib chiqadi.
Shu o‘rinda masalaning yana bir jihatiga e’tiborni tortamiz: badiiy asardagi shakl komponentlarining har biri mazmun komponentlaridan konkret bittasi bilan bevosita bog‘lanadi. Deylik, mavzu badiiy tadqiq uchun olingan hayot materiali sifatida ayni materialni uyushtirib beruvchi sujet bilan uzviy bog‘liq, ikkisi – bamisoli et bilan suyak. Muallifni o‘ylatgan problema ko‘proq asardagi konfliktlarda o‘z ifodasini topsa, uning g‘oyaviy-hissiy bahosi kompozitsiyaning muhim unsuri bo‘lmish obrazlar tizimida bo‘rtib ko‘zga tashlanadi. Nihoyat, asardagi badiiy hukm – badiiy kontseptsiyaning tashkillanishi va ifodalanishida kompozitsiya hal qiluvchi ahamiyat kasb etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |