Gidravlik usulda tо‘ldirish qazib olish bо‘shlig‘iga tо‘lg‘azma materialini suv oqimidan foydalinib quvur orqali joylashtirishga asoslangan. Tо‘ldirishning boshqa usullariga nisbatan gidravlik usul keng tarqalgan. Tо‘lg‘azma materialini qazib olish bо‘shlig‘iga gidrotransport yordamida joylashtirish ishlari pasayib boruvchi va gorizontal quvurlar tizimi bо‘ylab amalga oshiriladi. Kon lahimlarida quvurlar tizimini joylashtirish bevositi (transport qilishning boshlang‘ich va oxirgi punktlari turli geodezik balandliklarda joylashganligi sababli) yuzaga keladigan bosimni hisobga olgan holda amalga oshiriladi. Qazib olish bо‘shlig‘ini tо‘lg‘azma materiali bilan tо‘ldirishdan oldin bо‘shliq maxsus tо‘siqlar bilan ajratiladi, filtrlash tо‘siqlari barpo etiladi va drenaj uskunalari о‘rnatiladi. Ularni amalga oshirish uchun yog‘och, metall tо‘r va filtrlash gazmoli (tо‘qima mato) ishlatiladi. Qazib olish bо‘shlig‘iga tо‘lg‘azma materiali bevosita tо‘ldiruvchi quvur yoki taqsimlovchi quvurlar orqali tushiriladi. Tо‘lg‘azma materiali tarkibida tosh bо‘laklari bо‘lganda ishlatilgan suvlar drenaj quvurlari bilan olib chiqiladi va tо‘lg‘azma massivi qalinligi orqali filtrlanadi. Ushbu usulning avzalliklari: Tо‘lg‘azma massivining zichligi (chо‘kish 10-20 %) va turg‘unligi yuqoriligi, tо‘lg‘azma materialini uzoq masofalarga chо‘zilgan quvurlar tizimi bо‘ylab (yer yuzasidan qazib olish joyigacha) qayta yuklamasdan uzatishning imkoni mavjudligi, qazib olish va tо‘ldirish ishlarini bir vaqtda olib borish mumkinligi. Kamchiliklari: yer ostiga katta miqdorda suv olib kirilishi, ishlatilgan suvlar tashish laximlariga tо‘ldirilgan massivdagi tog‘ jinsi mayda zarrachalarini о‘zi bilan birga olib chiqishi, ishlatilgan suvni boshqarish uchun maxsus tadbirlar amalga oshrilishi lozimligi.
Pnevmatik usulda tо‘ldirish. Tо‘ldirishning bu usuli siqilgan xavo energiyasidan foydalanib, quvurlar bо‘ylab tо‘lg‘azma materiallarini tashishga va tashilgan material bilan qazib olingan bо‘shliqni tо‘ldirishga asoslangan. Bu usulni qо‘llash doirasi gidravlik usul bilan bir xil. Asosiy avzalliklari: tо‘lg‘azma massivini barpo etish ishlarining soddaligi, nisbatan qazib olish bо‘shlig‘ini tо‘ldirishning tо‘liqligi va zichligi yuqoriligi (chо‘kish 20-30 %). Kamchiliklari: elektr energiya solishtirma sarfining yuqoriigi, quvurlar va jixozlarning tezda yemirilishi, katta miqdorda chang hosil bо‘lishi.
Tо‘lg‘azma materiallarning quyidagi turlari mavjud: quruq, gidravlik, о‘zi qotadigan, tо‘yintirilgan, pastali, muzlatilgan, tosh bо‘laklari va boshqalar.
Quruq tо‘lg‘azma materiali – bu kon lahimlarini о‘tish qazib olish joyidan yoki otvallardan olinib maydalangan puch tog‘ jinslaridan iborat tо‘lg‘azma materialidir. Qazib olish bо‘shlig‘ini о‘zi oqib tushishva mexanik usullar bilan tо‘ldirishdaquruq tо‘lg‘azma materiallaridan foydalaniladi.
Gidravlik tо‘lg‘azma materiali – bu puch tog‘ jinsi yoki maydalangan qum-toshlarning suv bilan aralashmasi (quvurlar tizimi bо‘ylab pulpani pnevmatik usulda transport qilishni yengillatish uchun) bо‘lib qazib olish bо‘shlig‘ida zichligi nisbatan yuqori bо‘lgan tо‘lg‘azma massivini hosil qiladi. Faqatgina bunda ortiqcha suvni yig‘ish uchun alohida joy tayyorlanishi kerak.
Qotuvchi tо‘lg‘azma materiali – bu qotiruvchi moddalar (sement, oxak, gips)ning gidravlik tо‘lg‘azma materialiga qо‘shilganidir. Tо‘lg‘azma materialini quvurlar bо‘ylab tashish uchun yetarli darajada mayin bо‘lishi, ma’lum vaqt о‘tib qotganda monolit massiv xosil qilishi kerak bо‘ladi. Bunda monolit massiv mustaxkamligi asosan qotiruvchi modda miqdoriga bog‘liq bо‘ldai. Tо‘ldirilgan massiv qotgandan keyin tog‘ bosimini qabul qiladi va qazib olish bо‘shlig‘ining mustaxkamligini oshiradi. Tо‘ldirish ishlarining xajmi katta bо‘lganda yer yuzasida tо‘ldiruvchi majmua va quyqa gidravlik aralashmani qazib olish kameralariga joylashtirish uchun quvurlardan iborat transport tizimi barpo etiladi. Bu xolatda quyma gidravlik aralashma yetarli darajada mayin, suv sement nisbati 1 ga teng yoki 1 ga yaqin nisbatda bо‘lishi kerak. Gidravlik aralashma gorizontal quvurlarda vertikal quvurlarga nisbatan 3–4 baravar kо‘proq masofaga xarakatini davom ettirishi mumkin. Gidravlik aralashma gorizontal yо‘nalishda harakatlanish masofasi katta bо‘lganda pnevmatik usulda tashishni ta’minlash maqsadida quvurlarga xar 50–60 m da siqilgan xavo uchun forsunkalar о‘rnatiladi. Quvurlar diametri 0,15–0,2 m va devori qalinligi 8–12 mm bо‘ladi. Aralashmaning quvurlarda bо‘lish vaqti bir soatdan oshmasligi kerak. Qotuvchi tо‘lg‘azma materiali boshqa materiallarganisbatan eng kо‘p mablag‘ talab qiladigan turiga kiradi. Lekin tо‘ldirilgan massiv chо‘kmaydi. Qotuvchi tо‘lg‘azma materialidan foydalanib rudalarini yoppasiga eng kam ruda yо‘qotilishi bilan qazib olish mumkin. Shuning uchun qiymati yuqori ruda tanalarni qazib olishda, rudani qamrab olgan tog‘ jinslarini buzmasdan saqlash zaruriyati bо‘lganda, kon ishlari muxim inshoatlar tagida olib borilganda yoki tog‘ bosimlari miqdori yuqori bо‘lganda qо‘llaniladi.