29. Mavzu: Qazib olingan bо‘shliqni saqlab turish usullari va mohiyati



Download 0,51 Mb.
bet1/4
Sana13.12.2022
Hajmi0,51 Mb.
#884364
  1   2   3   4
Bog'liq
29 Mavzu


29. Mavzu: Qazib olingan bо‘shliqni saqlab turish usullari va mohiyati

Qazib olishdan hosil bо‘lgan bо‘shliqni saqlab turish – bu xavfsiz mehnat sharoitini ta’minlash maqsadida qazib olish bо‘shlig‘ida tog‘ bosimining namoyon bо‘lishining oldini olishga qaratilgan ish jarayonlari majmuidir. Ruda konlarini yer osti usulida qazib olishda qazib olish bо‘shlig‘ida yuzaga keladigan tog‘ bosimini boshqarish qazib olingan bо‘shliqni saqlab turishdan iborat. Qazib olish bо‘shlig‘ini saqlab turish usuli uch guruxga bо‘linadi va ular 3.5 jadvalda keltirilgan.


Qazib olish bо‘shlig‘ini saqlab turishusullari
3.5–jadval.

Sinf

Qazib olish bо‘shlig‘ini saqlab turish omillari

Qazib olish bо‘shlig‘ini saqlab turish usullari

I

Tabiiy

О‘zining tabiiy turg‘unligi bilan

Ruda seliklari bilan

Puch tog‘ jinsi seliklari bilan

II

Sun’iy

Rudani magazinlashtirish bilan

Mustaxkamlagichlar bilan

Tо‘lg‘azma mateiyeallar bilan

III

Qulatish

Qamrab olgan tog‘ jinslarini qulatish bilan

Ruda va qamrab olgan tog‘ jinslarini qulatish bilan



Qazib olish bо‘shlig‘ini tabiiy saqlab turishni ruda tanasini qamrab olgan tog‘ jinslarining tabiiy turg‘unligi, ruda yoki puch tog‘ jinslari seliklari hisobiga amalga oshiriladi. Bu holatda tog‘ bosiminiboshqarish qazib olish bо‘shlig‘i(kamera) о‘lchamlarini, seliklarni joylashtirish va о‘lchamlari hisoblash bilan amalga oshiriladi.
Qazib olish bо‘shlig‘ini seliklar bilan saqlab turish. Qiymati yuqori bо‘lmagan, shuningdek turg‘un bо‘lgan ruda tanalarni qazib olishda qо‘llaniladi. Qazib olish bо‘shlig‘i turg‘inligi ustunsimon va tasmasimon seliklar hisobiga ta’minlanadi, tabiiyki bunday seliklarda ruda yо‘qotilishi muqarrar. Seliklar mahkamligi (mahkamligi) selik ustidan yer yuzasigacha bо‘lgan tog‘ jinslari qatlami bosimi yoki tabiiy gumbaz ichidagi tog‘ jinsi bosimi bо‘yicha hisoblanadi.
Ruda seliklari bilan saqlab turish usuli mustaqil ravishda yoki boshqa sun’iy usullar bilan birgalikda qо‘llanilishi mumkin. Ruda seliklari doimiy yoki vaqtincha (blokdagi yoki paneldagi kameralarda qazib olish ishlari yakunlanguncha) qoldiriladi.
Ruda seliklari joylashishiga va vazifasiga kо‘ra quyidagilarga ajratiladi;

  • Stvol va boshqa sun’iy inshootlarni qulashdan himoya qilish uchun

qoldirilgan muxofazalovch seliklar;

Qoldirilgan qavatlararo seliklar;

  • Qо‘shni ikki bloklar chegarasida qoldirilgan kameralararo seliklar;

  • Kamera yoki qazish uchastkasi ichida qoldirilgan qazib olish joyi

atrofidagi seliklar.

97-rasm. Qazib olish bо‘shlig‘ini qavatlar aro va kameralar aro seliklar bilan saqlab turish: 1-kameralar aro selik; 2-shtrek tagi seligi; 3-shtrek usti seligi.
Odatda qavatlararo seliklar tayyorlovchi lahimlarni va qazib olingan bо‘shliqni ushlab turish uchun qavatdagi ruda zaxirasini qazib olish muddati yakunigacha vaqtincha qoldiriladi. Qavatlar aro seliklar potolochina (shamollatish shtregi tagi seligi) va qavat asosiy shtregi yuqori qismi(shtrek usti) seligidan iborat bо‘ladi. Potolochina yaxlit bо‘lsa, asosiy gorizont shtregi ustki qismi seligi esa ruda qabul qiluvchi lahimlar bilan kesilgan bо‘ladi (96-rasm).
Yuqorida aytilganidek ruda tanasidan qoldirilgan seliklar doimiy (qazib olinmaydigan) va vaqtincha (keyinroq qazib olinadigan)turlarga bо‘linadi. Seliklar shakli bо‘yicha tasmali va tayanch seliklarga ajratiladi. Tayanch seliklarning kо‘ndalang kesimi doira, tо‘rtburchak yoki kvadrat shaklidan iborat bо‘ladi (98-rasm). Sal qiya va qiya yotgan ruda tanalarida tayanch seliklari qoldirilsa, keskin qiya yotgan ruda tanalarida esa tasmali seliklar qoldiriladi.

98-rasm. Qazib olish bо‘shlig‘ini rudali seliklar bilan saqlab turish: 1-tasmali selik; 2-tayanch seligi.
Rudani yoppasiga qazib olish tizimida puch tog‘ jinsidan seliklar qoldirib qazib olish sxemasi 99-rasmda keltirilgan.

9-rasm. Qazib olish bо‘shlig‘ini puch tog‘ jinslaridan qoldirilgan seliklar bilan saqlab turish: 1-tasmali selik; 2-rudali tayanch seligi; 3-puch tog‘ jinslaridan iborat tayanch seligi.


Qazib olish bо‘shlig‘ini sun’iy saqlab turish, bо‘shliqda rudani magazinlashtirish,bо‘shliqni mustahkamlash yoki tо‘dirish yо‘li bilan amalga oshiriladi. Qazib olingan bо‘shliqni sun’iy ushlab turish kо‘p mehnat talab etadi va kо‘p xarajatli texnik jarayon hisoblanadi. Boshqa usullar yetarli darajada rudani qazib olishni ta’minlamasa yoki texnik sabablarga kо‘ra qо‘llash imkoni bо‘lmasa bu usuldan foydalaniladi.

Download 0,51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish