2021-yil 25-noyabr 2021-yil



Download 4,77 Mb.
Pdf ko'rish
bet203/247
Sana12.07.2022
Hajmi4,77 Mb.
#782054
1   ...   199   200   201   202   203   204   205   206   ...   247
Bog'liq
“Qishloq xo‘jaligini rivojlantirish orqali oziq ovqat xavfsizligini

Materiallar va metodlar.
 
Ushbu tadqiqotning maqsadi globallashuv sharoitida 
diniy va dunyoviy mafkuralarning o‘zaro rivojlanish xususiyatlari asoslash. 
Ushbu tadqiqotda asosiy metodologiyani qiyosiy tahlil, tarixiylik va mantiqiylik, 
o‘zaro uyg‘unlik tahlili va rivojlanish xususiyatlari tahlili tashkil qiladi. Nazariy 
asos globallashuv sharoitida diniy va dunyoviy mafkuralarning o‘zaro rivojlanish 
xususiyatlarini shakllantirish bo‘yicha tadqiqot olib borgan S.M. Arifxanova, P.J. 
Abdullaxonov, B.M.Bobojanov, Z. Alimova, T.Karim, V.M. Mejuev, Sh. Evkachev 
kabi mualliflarni ilmiy ishlariga murojaat qilingan. Xususan, Maxmud Xotamiy: 
“Shubhasiz, ilohiy xushxabar makon va zamon chegarasidan tashqaridadir, lekin biz 
makon va zamonda mavjudmiz. Demak, bizning tushunishimiz va tasavvurlarimiz 
makon va zamondan tashqariga chiqa olmaydi. Bizning ilohiy qonunlarni 
tushunishimiz yaratilish kitobi (книга творения) haqidagi tasavvurlarimiz makon 
va zamon bilan chegaralangan. Bilim quyidagicha o‘zgaradi: kishilar, olimlar bir 
vaqt mobaynida bir tasavvurga egalar, boshqa vaqtda ularning tasavvurlari o‘zgaradi 
va hatto ilgarigi ideallarini inkor qilib, yangilari keladi”
95
deb asoslaydi. Shu nuqtai 
nazardan ushbu maqolalarda globallashuv sharoitida dunyoviydik va diniylikning 
o‘zaro ta’siri haqida tahlil etilgan. 
Muhokama va natijalar.
 
Din va diniy mafkura fan va dunyoviy mafkuralar 
bilan aloqadorlik jarayonida hech qachon bir joyda to‘xtab qolgan emas. Fan 
taraqqiyoti inson ma’naviyatida keskin o‘zgarishlarni hisobga olgan holda rivojlanib 
kelgan, jamiyat taraqqiyotiga moslashishga urinib kelgan. Ammo, bu o‘zgarishlar 
sharoitga ko‘ra fan va din aloadorligi turlicha kechgan chunki din o‘ta murakkab 
hodisa, u ijtimoiy hayotning bir qismi bo‘lib, undan ajratish mumkin emas, u ijtimoiy 
munosabatlarning hujayrasiga mahkam o‘rnashgan. Dinning jamiyatda bajaradigan 
u yoki bu vazifasi saqlanib qolar ekan, uning batamom barham topishi to‘g‘risida 
aniq fikr aytish qiyin. Inson dunyoqarashi, ongi, psixologiyasining murakkabligi, 
95
Хотомий. М. 2001 с 242


324
dinning mazmunan ham o‘zgarib borishi, hayot va uning kelajagi muammolarining 
abadiy mavjudligi din va diniy mafkuralar uchun o‘rin qoldiradi. Din har doim inson 
hayotini ma’lum nuqtai nazardan anglatadi, unga mazmun beradi.
Globallashuv jarayonida ko‘p jihatdan an’anaviy ijtimoiy institutlar, qadriyatlar 
va an’anaviy dunyoqarash bilan bog‘liq bo‘lgan dinlar hal qiluvchi ahamiyatga ega 
omillardan hisoblanadi. Ko‘p asrlar davomida davlat eng ibtidoiy jamiyatdagi 
oqsoqollar boshqaruvidan, hozirgi zamon davlat organlarining turli sohalarini 
nazorat qilishini ta’minlaydigan institutlarga ega bo‘lgan murakkab shakllarda 
boshqarildi. Masalan, Evropada Cherkovning ikki ming yillik tarixining asosiy 
qismini davlat bilan, ya’ni Rim imperatorlari, o‘rta asr qirollari va yangi davr 
demokratik davlatlarining munosabatlari tashkil etadi. Shunday ekan makon va vaqt 
o‘zgarishi dunyoviylik va diniylik o‘rtasida uyg‘unlikka ta’sir etadi.
Falsafiy bilimlar rivojida biz Sharq falsafasini butun bir yo‘nalish sifatida 
tasniflashimiz mumkin. Bu yo‘nalish Sharq falsafasidagi hali fan yetib bormagan 
sirli, mistik tasavvurlarning mohiyatini, ularni inson psixologiyasi, inson aqlining 
cheksiz imkoniyatlaridan darak beruvchi hodisalar bilan bog‘liqligini o‘rganadi, Sharq 
falsafasining o‘ziga xosligi, olamni tasavvur qilishning bir shakli ekanligi tahlil qilinadi.
Umuman Sharq dunyoqarashida diniylik va dunyoviylik keskin ajralib, o‘zaro 
qarama-qarshi turmaydi. Ularning qarashlarida diniy, falsafiy qarashlar o‘zaro 
bog’lanib ketgan. Masalan, buddizm va uning turli ko‘rinishlari, qadimgi Hind falsafiy 
maktablariga borib taqaluvchi hozirgi zamon Sharq falsafasida ishlab chiqilayotgan 
falsafiy g‘oyalar diniy mohiyatga ega bo‘lsa-da, insonning falsafiy dunyoqarashini 
kengaytiradi. Jonning o‘lmasligi, qayta tug‘ilish, o‘limdan keyingi hayot haqidagi 
diniy, mistik, falsafiy tasavvurlar hozirgi zamon odamini qiziqtirib qo‘ydi. Bunday 
qiziqishning sabablari bizning fan doirasiga hozircha kirmagan qarashlar ekanligi, 
insonning xilma-xil, o‘zi uchun yangi nuqtai nazarlarga intilishi, boshqa xalqlar 
dunyosini chuqurroq o‘rganishga qiziqish javob izlashdir.
Dinning o‘ta murakkab hodisa ekanligini taniqli dinshunos S.A.Tokarev 
shunday ifodalaydi: “Turli xalqlarning va davrlarning oldimizda kechgan din tarixi 
manzaralari nimaga o‘rgatdi? Insoniyat o‘tmishida uning o‘rni qanday bo‘lgan, 
kishilar hayotidagi uning roli hozir qanday? Birinchi va eng shubhasiz xulosa: 
din tarixi – inson aqli yanglishishlarining oddiy tarixi emas. Agar din faqat dunyo 
haqida xato tasavvurlarining yig‘indisi bo‘lganida edi, uning insoniyat tarixidagi 
roli sezilmasligi mumkin edi. Kishilar taraqqiyot sari o‘z yo‘llarida ko‘pgina yolg‘on 
qarashlarni bartaraf qilganlar. Bu yolg‘on qarashlar, albatta olg‘a harakatga xalaqit 
bergan, lekin ular insonning dunyoni bilishi bilan bog’langan. Dinning taqdiri esa 
boshqacha hayratlanarli darajada mustahkam va tajribaga asoslangan bilimlarga 
asoslangandir”
96
.
Taniqli olim N.N.Moiseyev ham uni qo‘llab – quvvatlab quyidagi fikrni 
bildirgan: “…Bu ehtiyoj, bu dunyoni sezish mazkur odamda bo‘lish yoki bo‘lmasligi 
96 
Токарев С.А. 1986: с.537


325
– boshqa masaladir. Lekin diniy hissiyot hech qanday bilim to‘ldira olmaydigan 
insonning ma’naviy dunyosidagi ma’lum bo‘shliqni to‘ldiradi” [Моисеев. Н.Н. 
1998: с.17]. Bunday fikrlarni yana ko‘plab keltirish mumkin. Biz diniy va dunyoviy 
mafkuralarning hozirgi zamon jamiyatidagi o‘rnini, rolini tushunib olish uchun 
postindustrial jamiyat va globallashuv jarayonining mohiyati va oqibatlaridan kelib 
chiqmog‘imiz kerak. 
Industrial jamiyatning davri o‘tib borayotganligi, jamiyat yangi davrga qadam 
qo‘yayotgani hammaga ma’lum. Yangi davrni Amerika sotsiologi Daniel Bell 
“Postindustrial jamiyat” deb atadi va uning bosh belgilarini xarakterlab berdi. Ular 
quyidagilar: 
1) 
texnologik innovatsiyalarning asosi bo‘ladigan nazariy bilimning markaziy 
roli;
2) 
iqtisodiy, texnologik va hatto ijtimoiy muammolarga eng samarali 
yondoshuvga imkon beradigan yangi integral texnologiyaning yaratilishi;
3) 
eng ko‘p sonli ijtimoiy guruh sifatida, bilim tashuvchilar (texnik 
mutaxassislar va professionallar) sinfining o‘sishi;
4) 
tovar ishlab chiqarishdan xizmat ko‘rsatish sohasiga o‘tish, avvalo gumanitar 
sohalarda (sog‘liqni saqlash, ta’lim, ijtimoiy xizmat ko‘rsatish), shuningdek 
tadqiqotlar o‘tkazish, kompyuterlar bilan ishlash va shu kabi sohalarda xizmatlar;
5) 
mehnat xarakteridagi o‘zgarishlar – mehnat kishilar o‘rtasida o‘zaro ta’sirga 
aylanadi, tabiat va sun’iy yaratilgan materiallar mehnat jarayonidan bartaraf etiladi;
6) 
ayollar iqtisodiy mustaqillik uchun ishonchli asosga ega bo‘lib, roli o‘zgaradi;
7) 
fan o‘zining yetuk holatiga yetadi, fan va texnologiyalarning aloqasi 
postindustrial jamiyatning asosiy belgisini tashkil qiladi;
8) 
Situslar siyosiy birlik sifatida rivojlanadi. Situs deganda D.Bell vertikal 
joylashgan ijtimoiy birliklarni tushunib, unda to‘rt funksional situsni (ilmiy, texnik, 
ma’muriy va madaniy) va besh institutsional situsni (iqtisodiy korxona, davlat 
tashkilotlari, universitetlar va ilmiy tadqiqot markazlari, ijtimoiy komplekslar, 
armiya) farqlaydi;
9) 
meritokratiya: o‘z xarakteriga ko‘ra asosan texnologik jamiyat bo‘lgan 
postindustrial jamiyatda inson ta’lim va malaka natijasida istiqbolli holatni egallay 
oladi;
10) 
sharoit cheklanganligining, tovar va resurslar kamchiligining tugashi (yangi 
kamchiliklar – axborot va vaqt etishmasligini tug‘dirib);
11) 
axborotlarning iqtisodiy nazariyasi: “postindustrial jamiyat mehnatning 
qiymat nazariyasi bilan emas, bilimlarga asoslangan qiymat nazariyasi bilan 
xarakterlanadi”
97
, - deb yozadi D.Bell. Postindustrial jamiyatning shakllanishi 
globallashuv jarayonining tezlashuvi bilan birga kechmoqda. Globallashuv ma’lum 
chegaralangan sohada (makonda) paydo bo‘lgan qadriyatlarning “chegarasiz” 
dunyoga o‘tishi, ularning butun yer yuzida masofa va vaqt to‘siqlari bilan to‘sib 
97
Кузнецов В. 2005: с.316-320


326
bo‘lmasligidir. Globallashuv hozirgi davrning taraqqiyot usuli, jamiyat rivojining 
asosiy omiliga, sharoitiga aylanmoqda. U ko‘p darajali jarayon sifatida siyosiy, 
iqtisodiy, madaniy, sotsiologik va psixologik oqibatlarga ega. 
Globallashuv sivilizatsiyalarning sotsiomadaniy qiyofasiga, fan va din, diniy va 
dunyoviy mafkuralariga qanday ta’sir ko‘rsatmoqda? Avvalo global sotsiomadaniy 
makon shakllanmoqda, o‘zaro ta’sir, o‘zaro aralashuv, o‘zaro bog‘liqlik kuchaymoqda. 
Ammo boshqa tomondan, madaniyatlarning o‘ziga xosligini, dinlarning qarama-
qarshiligini ta’kidlovchi o‘z-o‘zini anglash jarayoni rivojlanmoqda. Sotsiomadaniy 
sohaning turli unsurlari uchun bu jarayonlar turlicha tezlikda kechmoqda
98
.
Avvalo fanda sivilizatsiya va sotsiomadaniy tuzum almashadigan davrda 
kechadigan og‘ir va uzoq krizis vujudga keldi. Eng ishonchli, barqaror hisoblangan, 
dunyoqarashimizning mustahkam asosini tashkil qilgan paradigmalar to‘satdan 
yemirila boshladi, fan jamiyat va tabiat dinamikasidagi kutilmagan o‘zgarishlar oldida 
ojiz bo‘lib qoldi. Hatto olimlar va mutaxassislar o‘rtasida ham kelajak oldida qo‘rqish 
hodisasi paydo bo‘ldi. Fan insonga yangi, eng kuchli ishlab chiqaruvchi mashinalar 
va samarali texnologiyalarni berdi, tabiat materiallarini sun’iylari bilan almashtirdi. 
Umuman globallashuv sharoitida diniy ongda, mafkurada ham shakl, ham 
mazmun jihatidan qator o‘zgarishlar kechdi. Jahon dinlari o‘zlarining jamiyat 
tarixida yuzlab yillar davomida mustahkamlangan an’analarni saqlab qoldilar va 
globallashuv sharoitida jamiyat muammolarini hal qilish yo‘lida o‘z mafkuralarini 
takomillashtirishga urindilar. Ma’lumki, jahon dinlari (xristianlik, islom va buddizm) 
rivojlanishning uch modelini taqdim qilib kelganlar. Xristianlik shaxsning ijodiy 
layoqatlarini ro‘yobga chiqarish orqali; islom – huquqiy, ijtimoiy, siyosiy va iqtisodiy 
munosabatlarni barqarorlashtirish orqali; buddizm – hayotiy makonni tashkil qilish 
va tartibga solishning turli tarkibiy modellari orqali kishilik jamiyatining istiqbolini 
tasavvur qildilar. Monoteistik dinlarda (xristianlik va islom) tarixiy mantiqiy tafakkur 
ustun bo‘lsa, buddizmda ratsional – obrazli (tafakkurning asosiy shakli – meditatsiya 
bo‘lgan) tafakkur ustuvor hisoblanadi. Globallashuv sharoitida jahon dinlari 
o‘zlarining ana shu o‘ziga xos xususiyatlarini saqlab qoldilar va takomillashtirdilar.
Diniy e’tiqodga ega bo‘lgan inson hayotining asosi bo‘lgan iymon uning ijtimoiy 
va shaxsiy hayotining barcha jihatlarini belgilaydi. Natijada e’tiqodli insonlar siyosiy 
hayotda qanchalik faol bo‘lsa, ularning diniy g‘oyalari xalqaro munosabatlarga 
shunchalik ta’sir ko‘rsatadi. Diniy g‘oyalarning jahon siyosatiga ta’siriga oid 
yorqin misollardan biri din niqobidagi ekstremizm va terrorizmdir. Tadqiqotchi 
nasroniylik, islom va yahudiylikni radikal ruhda o‘qitilishi antisemitizm va sionizmni 
keltirib chiqarayotganligini ta’kidladi.
Fransuz faylasufi, paleontologi katolik teolog Teyyar De Sharden XX asr odami 
uchun din dunyoni arxaik tushunishdan ozod bo‘lish, tinimsiz o‘zgarish va yaratilish 
jarayonida bo‘lgan hozirgi dunyoni jonli organik butunlik sifatida qarash lozim, 
deb ta’kidlaydi. Tayyar De Sharden cherkovning dunyoga yangicha munosabatini 
98
Яковец. Ю.В. 2001: с.11-295


327
yaratish zarur, uni mifologiyadan holi qilish va hozirgi zamonning ilmiy va ijtimoiy 
masalalari bilan bog‘lash kerak, deb hisoblaydi. 

Download 4,77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   199   200   201   202   203   204   205   206   ...   247




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish