Maxsus aviaishlar («MAI») aviakompaniyasi. «MAI» aviakompaniyasi birlashgan Sirg‘ali aviaotryadi bazasida tashkil etilgan. Hozirgi paytda u MAKning mustaqil bo‘linmasidir. Samolyotlar parki vertolyotlar va maxsus ishlarni amalga oshiruvchi AN-2, Mi-2, Mi-8 samoletlaridan iborat.
MAIning vazifalari:
- qishloq xo‘jalik yerlariga aviatsiya- kimyoviy ishlov berish;
- qurilish-montaj ishlari;
- transport-aloqa ishlari;
- borish qiyin bo‘lgan tog‘ va cho‘l rayonlariga odam va yuk tashish;
- gaz va neft quvirlarini nazorat qilish;
- parashutchi va yuklarni tashlash;
- aerofotosuratga olish;
- havodan o‘rmondagi yong‘inga qarshi kurash;
- kichik aviatsiya samolyotlari va vertolyotlariga mutaxassislarni tayyorlash;
«MAI» sayyohlik sohasidagi yangi xizmat turlariga alohida e’tibor beradi.
MI-8T VIP vertolyotlarida Samarqand, Buxoro, Shaxrisabz va respublikamizning boshqa shaharlariga ekskursiya hamda Chorvoq, Chimyon, Beldirsoy, Burchmulla, Zomin dam olish maskanlariga; Nukusdan Orol dengizi hududiga; Toshkent va Toshkent viloyatiga parvozlarni taklif etadi. Ohirgi yo‘nalish turmush qurmoqchi bo‘lgan Toshkent shahri yoshlariga, nikohdan o‘tgandan so‘ng tavsiya etiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |