2 (3 variant 2)
3 Inson, odam, shaxs ko'plab fanlarning o'rganish ob'ekti hisoblanadi. Shaxs deganda muayyan jamiyatning a'zosi tushuniladi. Ijtimoiy munosabatlarga kirishuvchi, ongi yuksak taraqqiy etgan, ijtimoiy taraqqiyotda ishtirok etuvchi odamgina shaxs deyiladi. Shaxsning eng asosiy belgisi-uning ongli faoliyat egasi ekanligidir. Ma'lumki kishi ongi faqat jamiyatda, boshqalar bilan o'zaro munosabatda til yordamida ijtimoiy tajribani o'zlashtirishda shakllanadi. Binobarin shaxs ham faqat jamiyatdagina shaxsga aylanishi mumkin. Odamning ijtimoiy mavjudot sifatida shaxs nomini olishi uchun unga ijtimoiy-iqtisodiy hayot va tarbiya kerak
10 variant
1 Harakat xotirasi – turli ish-harakatlar va ularning tizimini esda olib qolish, esda saqlash va yana qayta esga tushirishdan iborat. Inson faoliyatining har bir turida ruhiy faollikning u yoki bu ko‘rinishlari ustunlik qilishi kuzatiladi:
Emotsional xotira – his-tuyg‘uga xos xotira. Bu xotira histuyg‘ular, ruhiy kechinmalar, hissiyotlar bizning ehtiyojlarimiz va qiziqishlarimiz qanday qondirilayotganligidan, atrofimizdagi narsa va hodisalarning xususiyatiga nisbatan munosabatlarimiz qay tarzda amalga oshirilayotganligidan doimo xabar berib turish imkoniyatiga ega. Shuning uchun har bir kishining hayoti va faoliyatida emotsional xotira turi juda katta ahamiyat kasb etadi
2 Psixik faoliyat doimo muayyan subʼyektga xos boʻlib, uning individual xususiyatlari bilan bogʻlangandir. Ayni vaqtda P. Obʼyektiv olamning muayyan manzarasini yaratuvchi miya inʼikos faoliyatining real jarayoni sifatida obʼyektiv-dir. P. Psixik jarayonlar, holatlar va insonning psixik xususiyatlarining zohiriy birligidir. P. Rivojining oliy shakli — inson P.sidir. Uning paydo boʻlishi va rivojlanishida insonga xos boʻlgan atrofdagi olam bilan oʻzaro munosabatga kirishish usuli — mehnat hal qiluvchi rol oʻynagan. Inson P.si faqat biologik taraqqiyotning emas, ijtimoiy-tarixiy taraq-qiyotning ham mahsulidir. Ijtimoiy, mehnat amaliyoti oliy, faqat inson-gagina xos P. Shakli — oyagni vujudga keltirdi. Inson P.sining eng muhim xususiyati — ishlar, hodisalar va boshqalarni oldindan koʻra bilish va oʻzi nima qilishini rejalashtirishdan iborat.
3 Idrok sezgi bilan o’zaro bog’liq bo’lib analizatorlarning joylashuviga ko’ra ko’rish idroki ,eshitish idroki xid bilish idroki ,tam bilish idroki tuyish, va xlokazolarga bulinadi.Faolligiga kura ixtiyorsiz va ixtiyoriy turlarga bo’linadi.
Idrokning muhim xususiyatlaridan biri barqaror (konstant)ligidir. Inson bir vaqtda idrok qilgan narsani oʻz xotirasida saqlab qolish va uni qayta tiklash qobiliyatiga ega. Bir narsaning ana shunday qayta tiklangan timsoli (qarang Tasavvur) idrok jarayonining ajralmas qismi. Idrokning xususiyati koʻp jihatdan hissiy kechinmalarga (shodlik, gʻamginlik, tajanglik va h.k.) ham bogʻliq. Masalan, kishining taʼbi xira vaqtida tabiat manzaralari unga allaqanday soʻniqdek koʻrinsa, taʼbi chogʻ vaqtida u butunlay boshqacha koʻrinadi.[1]
Do'stlaringiz bilan baham: |