8. Kimlar ilmiy faoliyat sub’ektlari hisoblanadi?
a) ) Faqat ilmiy-tadqiqot ishi bilan shug‘ullanadigan jismoniy shaxslar;
V) Ilmiy faoliyat yurituvchi jismoniy va yuridik shaxslar;
S) Asosiy faoliyat turi ilmiy-tadqiqotga yo‘naltirilgan yuridik shaxslar;
D) faoliyat turi ilmiy-tadqiqot, o‘quv-metodik faoliyat yuritishga yo‘naltirilgan jismoniy shaxslar.
9. Ilmiy faoliyat qanday tadqiqotlar negizida amalga oshiriladi?
a) Innovatsion va amaliy tadqiqotlar;
V) Fundamental va innovatsion tadqiqotlar;
S) Fundamental va amaliy tadqiqotlar;
D) Faqat innovatsion tadqiqotlar.
10. O‘zbekiston Respublikasining Ta’lim to‘g‘risidagi Qonunda ta’lim tizimi, turlari va shakllari qaysi bobda ko‘rsatilgan?
a) 4-5 modda;
V) 9 -10modda;
S) 6-7 modda;
D) 7-8 modda.
11. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi to‘g’risida”gi Farmoni qachon qabul qilindi?
A) 2017 yil 20 fevral;
V) 2017-yil 7-fevral;
S) 2017 yil 10 fevral;
D) 2017 yil 25 fevral;
12. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 25-yanvardagi “Umumiy o‘rta, o‘rta maxsus va kasb-hunar ta’limi tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g’risida”gi PF-5313-son Farmonga muvofiq qanday o‘zgarishlar joriy etildi?
a) O‘quvchilarning intellektual qobiliyatlarini jadal o‘stirishni, ularning chuqur, tabaqalashtirilgan va kasbhunarga yo‘naltirilgan bilim olishlarini ta’minlandi;
V) 2018/2019 o‘quv yilidan boshlab majburiy umumiy o‘rta va o‘rta maxsus ta’lim umumta’lim maktablarida, shu jumladan, ixtisoslashtirilgan maktablarda, ixtisoslashtirilgan san’at va madaniyat maktab-internatlarida, ixtisoslashtirilgan olimpiya zaxiralari maktab-internatlarida hamda akademik litseylarda uzluksiz va 11 yillik ta’lim joriy etildi;
S) 2018/2019 o‘quv yilidan faqat ixtisoslashtirilgan maktablarda, ixtisoslashtirilgan san’at va madaniyat maktab-internatlarida, ixtisoslashtirilgan olimpiya zaxiralari maktab-internatlarida hamda akademik litseylarda uzluksiz va 11 yillik ta’lim joriy etildi;
D) 2018/2019 o‘quv yilidan boshlab 11 yillik ta’lim majburiy etib belgilandi;
13. “...— ishlab chiqarishdan ajralmagan holda doktorlik dissertatsiyasini tayyorlash va himoya qilish maqsadida mutaxassislikni chuqur o‘rganish va ular tomonidan ilmiy izlanishlar bo‘yicha falsafa doktori (PhD) yoki fan doktori (DSc) ilmiy darajalari izlanuvchilari uchun OTM va ITMlarda tashkil etiladigan oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlar bo‘yicha oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim shakli”. Nuqtalar o‘rniga kerakli so‘zni qo‘yib, jumlani yakunlang.
a) Doktorantura;
V) Magistratura;
S) Tayanch doktorantura;
D) Mustaqil izlanuvchilik;
Do'stlaringiz bilan baham: |