1-seminar. Mavzu: kirish. Qadimgi dunyoda harbiy san’at taraqqiyotining umumiy xususiyatlari


Usmonli turklar imperiyasida harbiy soha taraqqiyoti



Download 206,02 Kb.
bet12/15
Sana24.02.2022
Hajmi206,02 Kb.
#227691
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
Bog'liq
HARBIY SAN'ATDAN SEMINARLAR

Usmonli turklar imperiyasida harbiy soha taraqqiyoti. Tarixda shunday davlatlar borki, ular o’z davrida mislsiz urushlar, talonchilik yurishlari oqibatida juda katta hududlarni o’z qaramog’ida saqlab tura olgan. Ana shunday tarixiy davlatlardan biri oddiy beylikdan – davlat, davlatdan esa- imperiya darajasiga ham erisha olgan Usmoniylar imperiyasi hisoblanadi. Dastlab Saljuqiylar davlatining zaiflashuvidan Usmon 1268-yilda Usmon beyligiga asos solgan bo’ lsa, keyinchalik 1299-yilda davlat tashkil etishga ham erisha oldi. Usmoniylar davlatining keyingi taraqqiyoti Vizantiya bilan bog’liq holda kechdi. Oxir-oqibatda 1453-yilda Mehmed II ning Konstantinopolni bosib olishi bilan dunyo tarixida o’chmas iz qoldirgan imperiyaga ham asos solindi. Bu imperiya o’z davrida uchta qit’adan mustamlakalarga ega bo’lgan, Yevropa qirollarini sarosimaga solib 1922-yilga qadar yashashga muvaffaq bo’ldi. Biz quyida ushbu davlatning kuch-qudratini ta’minlab bergan yanicharlar korpusi haqida ba’zi bir ma’lumotlarni keltirib o’tamiz.
Dastlab O’rxon davrida (1326-1360) doimiy qo’shin shakllantiriladi. Yanicharlarni tashkil etish g’oyasi esa O’rxonning ukasi Olovuddindan chiqadi. Olovuddin bu paytda vazir lavozimini egallab, muntazam qo’shin tashkil qiladi. Bu qo’shin otliq va piyodalardan tashkil topgan bo’lib, piyoda qo’shinlar ,,azapa’’ nomi bilan atalib, asosan yosh turklardan tashkil topgan. Ular harbiy xizmati evaziga maosh olgan, tinchlik vaqtlarida esa o’zlariga ajratib berilgan yerlarda dehqonchilik bilan shug’ullangan. Bundan tashqari ular soliqlardan ham ozod etilgan. Otliq qo’shinlar ,,musallam’’ deb atalgan. Keyinchalik bu qo’shin takomillashtirilib, piyoda qo’shinlar ichidan ,,yaya’’ va otliq qo’shinlar tarkibidan esa ,,akinji’’ guruhlari ajralib chiqib, bu qo’shinlardan keyinchalik ,,yanicharlar’’ korpusi tashkil qilinadi.
Yanichar (turkcha-,,yeniçeri’’, ya’ni ,,yangi qo’shin’’ degan ma’noni anglatadi) Usmoniylar davlatining (1453-yildan boshlab imperiyasining) 1365-1826 yillardagi muntazam ravishda shakllantirilgan maxsus harbiy qo’shini hisoblanadi. Yanicharlar korpusi asosan piyoda qo’shin hisoblanib, sipohiylar (og’ir qurollangan zirxli otliq qo’shin) va ,,akinji’’lar ( shiddatli hujumkor otliq qo’shin) bilan birgalikda Usmoniylar imperiyasi qo’shinining asosiy tarkibida xizmat qila boshlagan. Yanicharlar korpusi Usmoniylar imperiyasida harbiy politsiya, qorovul qism, yong’in xavfsizligi va zaruriyat tug’ilganda jzo otryadi kabi vazifalarni ham bajarishgan.
Yanicharlar korpusining tarixiga nazar tashlaydigan bo’lsak, Usmoniylar davlati shakllanganidan keyin, turklar keng istilochilik yurishlarini olib bora boshladilar. Bunga sabab Vizantiyaning qo’shni bo’lganligi va bu imperiyaning ancha kuchsizlanib qolganligi edi. Usmoniylar imperiyasiga esa bu yurishlar uchun kuchli va muntazam harbiy qo’shin kerak edi. Ana shunday sabablarni inobatga olgan holda turk sultoni Murod I (1326-1389) 1365-yilda yanicharlar korpusini tashkil etishga kirishadi. Murod I ning fikricha bu qo’shin shunday bo’lish ediki, harbiy xizmatdan boshqa hecha qanday yumush bilan shug’ullanmasligi, sulton va davlat uchun o’z jonidan ham kechishi, eng muhimi harbiy yurishlar vaqtida dushman qo’shinini sarosimaga solib, g’alabani ta’minlashi kerak edi. Shuning uchun u ommaviy ravishda bosib olingan Bolqon davlatlaridan 8-16 yoshli xristian bolalarini saralab olib, saroyga keltishlarini so’raydi. Asosan albanlar, armanlar, bosniyaliklar, bolgarlar, greklar, serblar, gruzinlar va boshqa xalqlardan soliq sifatida yosh bolalar to’plangan. Bu soliq ,,devshirim’’ (turkcha ,,devshirmek’’ so’zidan kelib chiqqan bo’lib, yig’moq, to’plamoq degan ma’nolarni anglatadi) ya’ni, ,,qon solig’i’’ deb atalib, unga har-bir xristian oilasi bittadan 8-16 yoshlardagi o’g’il bolani soliq tarzida berishi shart bo’lgan.
Devshirim solig’i natijasida to’plangan xristian bolalari avval musulmon diniga o’tkazilib, turk tilini o’rganishi uchun Anatoliyada, to’g’rirog’I Istambulda turk oilalariga bo’lib berilgan. Istambulda ular turk yozuvi, tilini o’rganishgan, ham aqliy, ham jismoniy, ham fiziologik jihatdan sog’lom qilib tarbiyalangan. Lekin ularning oila qurishlari mumkin bo’lmagan, va bu narsaga hojat ham bo’lmagan. Chunki ular brak hisoblanib, faqat harbiy jang san’atidan tashqari hech narsa bilan shug’ullana olmagan.
Yanicharlar sultonning shaxsiy qullari bo’lib, ular har doim saroydagi maxsus harbiy-monastr maktabida yashashgan. Bu yerda ular harbiy jang san’ati sir asrorlaridan saboq olishgan. Shu bilan bir qatorda xattotlik, huquq, ilohiyot, tilshunoslik va adabiyot bilan ham shug’ullanishgan. Harbiy-monastr maktabida xristian bolalari bilan bir qatorda musulmon turk bolalari ham tarbiyalangan. Ulardan farqlanib turishlari uchun xristian bolalari ,,adjemi og’lan’’ deb atalgan. Voyaga yetganlaridan keyin ular yangi tashkil qilingan yanicharlar korpusiga saralab olingan. Yanicharlar tarkibida qo’shinning asosiy qismida xizmat qilganlaridan keyin ham ular bosqinchilik yurishlarini davom ettirib turishgan. Vafot etganlaridan keyin esa ularning mol-mulklari yanicharlar korpusining mulki deb e’lon qilinadi. Yaralangan yoki yoshi o’tgan yanicharlar pensiyaga qabul qilingan. Yaxshi va uzoq harbiy xizmat qilgan yanicharlar vakillari Usmoniylar fuqaroligiga ham qabul qilingan. Keyinchalik xristian bolalari ham oila qurishlari mumkin bo’lgan va ularning bolalari to’g’ridan-to’g’ri turk fuqaroligiga qabul qilingan.
XVI asr oxiri-XVII asr boshlarida yanicharlar korpusi sekin-asta o’zining avvalgi mavqeyini yo’qota boshlaydi. 1826-yil oxirlaridan boshlab Mahmud II rasmiy ravishda yanicharlar korpusini tugatish to’g’risida qonun chiqaradi va yanicharlar korpusi bundan narozi bo’lishadi. Rasman tugatilgan bo’lsalarda bu harbiy qism XX asr boshlarigacha Usmoniylar imperiyasida mavjud edi.
Yanicharlar korpusining asosiy vazifalari quyidagicha bo’lgan:

  • Yollanma harbiy qo’shin;

  • Asosiy qo’shinning harbiy boshqaruv korpusi;

  • Sultonning sodiq qo’riqchilari;

  • Shahar tinchligini ta’minlaydigan harbiy politsiya;

Yanicharlar korpusining asosiy tarkiblari. Yanicharlar korpusi dastlab tashkil etilmasdan oldin Usmoniylar davlatida quyidagi harbiy qo’shinlar mavjud edi:

  • ,,Azapa’’-turkcha, ,,azap’’ azop, qiyinchilik, (ba’zida bo’ydoq) kabi ma’nolarni

anglatadi. Usmoniylar imperiyasining dastlab shakllangan muntazam piyoda qo’shinining alohida rezvedkachi guruhi shunday atalgan. Chunki ularning vazifasi yangi bosib olinmoqchi bo’lgan hududga borib, u hudud haqida deyarli barcha ma’lumotlarni to’plab kelishlari shart bo’lgan. Agarda ular qo’lga tushib sotqinlik qilsa, oilasi o’limga hukm qilingan. Aksincha berilgan vazifani a’lo darajada bajarib qaytsalar, qo’shimcha yer-mulk bilan taqdirlanganlar. Albatta azapa harbiylarining vazifasi juda qiyin bo’lgan. Shuning uchun ham bu qismga ,,azapa’’ deb nom berishgan. Keyinchalik ko’pgina tarixchilar tomonidan Usmoniylar imperiyasining piyoda qo’shiniga nisbatan ham bu atamani qo’llash urf bo’lib ketadi. Azapalarning boshlig’I Azapa og’asi deb nomlangan. Yurishlar vaqtida beylarbeyi boshchiligida qatnashishgan. Ularning faoliyati rasman XVII asrda taqiqlangan.

  • ,,Musallam’’- turkcha so’z bo’lib, ,,musallat’’ jonga tegadigan, g’ashni keltira

digan kishiga nisbatan qo’llaniladi. Usmoniylar davlatida otliq oq’shin ana shunday nomlangan. Otliq qo’shinning bunday atalishiga sabab tezkorligi bilan, bir vaqtning o’zida dushmanning har tarafidan hujumga o’ta olishi bilan barchani hayratga sola olganligida ekan. Shuning uchun shiddatli otliq qo’shinga musallam deb nom berishgan.

  • ,,Yaya’’- turkcha so’z bo’lib, piyoda, yayov degan ma’nolarni anglatadi.

Usmoniylar davlatida oddiy piyoda qo’shinning nomi shunday atalgan.

  • ,,Akinji’’- turkcha so’z bo’lib, ,,akin’’ bosqin, hujum degan ma’nolarni

anglatadi. Usmoniylar davlatida akinjilar otliq qo’shin vazifasini bajarib, ular eng hujumkor, eng shiddatli va urushlarda doimo g’alabani ta’minlaydigan harbiy qism bo’lgan. Ular urush vaqtida ham sultonni qo’riqlagan, ham dushmanni ichiga kirib, sarosimaga solish bilan ham shug’ullangan. Asosan razvedka va alohida operatsiyalar uchun ishlatilgan. Ular birinchi jangni boshlasa, orqasidan sulton qo’shini borgan. Sultonlar bu guruhga o’z xohishi bilan kelganlarni qabul qilgan. Akinjilarga oylik berilmagan. Ular qayerni bosib olsalar o’sha yerdagi o’ljalarga ega bo’lishar edilar. Tinchlik vaqtlarida sultonga qarshi bo’lgan aholi bilan, qo’zg’alonlar bilan shug’ullanar eidilar. Akinjilarning soni 10 mingdan ziyod bo’lib, imperiyaning tayanchi hisoblanishgan. Asosan otda yurib, nayza, xanjar, qilich, kamonlar bilan qurollanishgan. Himoyalovchi qurollariga teridan yasalgan sovutlar va qalqonlar kirgan. Keyinchalik janglarda mag’lubiyatga uchrashlar natijasida hukumat ularni tarqatib yuboradi.

  • ,,Og’a’’- (turkcha-katta) yanicharlar korusining asosiy harbiy maxsus bo’limi

bo’lib, uning ichida ,,odjak’’ (ocak-turkcha ,,o’choq’’ degan ma’noni anglatadi. Bu yerda ,,olov’’ ma’nosida kelyapti) qismi o’zining tezkorligi bilan alohida ajralib turadi. Odjak aohida harbiy birlikbo’lib, 1000 nafardan iborat bo’lgan. Keyinchalik ularning gullab-yashnagan davrida esa ularning soni 196 nafarga qisqarib ketadi. Alohida jihatlaridan yana biri bu qism urushning oxirgi choralarini hal qilar edilar. Shu bilan birga og’a sultonning oliy bosh qo’mondoni bilan harbiy taktik mahoratlarini ham oshirib borganlar. Bosh qo’mondonning yordamchisi hisoblangan ofitserlar korpusidan- sekbanboshi va qul qiyakishilar ham jangda faol harbiy harakatlar olib borganlar. Yanicharlar korpusi darveshlarning bektoshiylar ordeni bilan ham chambarchas bog’liq bo’lib, ularning harbiy faoliyatida katta rol o’ynagan. Yanicharlar korpusini ko’pchilik tarixchilar Yevropaning diniy ritsarlik ordeniga ham taqqoslab, ko’pincha ularga qiyoslashadi. O’g’a tarkibidagi odjak asosan uchta qismdan tashkil topgan. Odjak asosan 196 polkdan tashkil topgan bo’lib, quyidagicha tarmoqlashtiriladi:

  • Jemaat (oddiy qo’shin)- 101ta polkdan tashkil topgan. Bu polk sultonning eng birinchi ro’yxatidan joy olgan edi.

  • Byoluk (sultonning zahira gvardiyasi)- 61 ta polkdan tashkil topgan.

  • Sekbon- 34 ta harbiy polkdan tashkil topgan.

Bundan tashqari yanicharlar korpusida yana quyidagi harbiy qismlar faoliyat olib
borganlar:

  • ,,Sakaboshi’’- harbiy dengiz ta’minoti boshlig’i;

  • ,,Bosh qoraqulluqchi’’- oshpazning yordamchilari boshlig’I, kichik ofitser;

  • ,,Ashchi usta’’- bosh oshpaz;

  • ,,Bayroqdor’’- bayroqchilar boshlig’i;

  • ,,Vakilxarch’’- askariy qismlarni uy-joyiga joylashtirish va oziq-ovqat bilan ta’minlab turuvchi ofitser;

  • ,,Odaboshi’’- harbiy kazarma boshlig’;

Yanicharlar korpusining harbiy taktikasi. Urush bo’layotgan vaqtda asosiy rolni
suvoriylar bajargan. Ularning vazifasiga dushmanni o’rtasidan yorib o’tish va qismlarga bo’lib yuborish bo’lgan. Bu paytda qo’shinning boshqa qismi kamondan dushmanni o’qqa tutgan. Yanicharlar xanjar va nayzalar bilan jangga kirishgan. Jangning birinchi bosqichida dushman bunday harbiy taktikaga bardosh berolmagan. Urushda yanicharlar faqat havodan dushman tarafga qarab o’q otaverishmagan. Birinchi dushmanni nishonga olishgan va undan otishgan. Bundan tashqari ularning tarkibida maxsus hujumkor diviziya Serdengedchi (boshini dorga tikkanlar)lar ham bo’lib, ularning soni 100 da ortiq bo’lgan. Biror bir binoni qamal qilganlarida kichik-kichik beshtalik guruhlarga bo’linganlar. Bu guruhlar tarkibida qilichboz, nayzachi, granitchi, ikkita oddiy qurollangan askar bo’lgan. Jang vaqtida yanicharlar ko’pincha tabor(uchli gurzi)lardan va jang aravalaridan ham foydalanishgan.
Harbiy qurollari. Yanicharlar korpusi tashkil etilganidan boshlab qonun-qoidalar nizomi qabul qilinadi. Bu nizomlar 1365, 1826 va oxirgisi XX asr boshlarida qabul qilingan bo’lib, harbiy kuchlarni modernizatsiya va g’arblashtirish uchun ishlab chiqilgan. Birinchi harbiy Nizomni sulton Salim III ishlab chiqqan. Yanicharlarni boshqa jangchilardan farqlab turadigan ko’rinishi uning mo’ylov va katta soqoli hisoblanib, bu musulmonlar uchun noodatiy hol bo’lgan. Ularning oq bosh kiyimi va orqadan yoyilib turadigan bir parcha mteriali ham ularni farqlagan. Yanicharlarning kiyimlari jundan qilingan. Katta ofitserlarning formasi mo’ynalar bilan bezatilgan. Egasining mavqeyini rementi va kushagi bildirib turgan. Boshida yanicharlar mahoratli nayzachi bo’lishgan. Keyinchalik o’qotar qurollardan foydalana boshlashgan. Yanicharlardan faqat serdengedchilar har doim qurol olib yurishlari mumkin bo’lgan. Eng keng tarqalgan harbiy qurollari bu nayza, xanjar, oybolta va uchli gurzilar bo’lgan. Keyinchalik arbaletlar, o’qotar qurollar ham keng tarqala boshlaydi.
Xulosa o’rnida shunday fikrlarni aytishimiz mumkinki, yanicharlar korpusi hali harbiy qo’shinlar mukammal darajada takomillashmagan vaqtda noan’anaviy raishda tashkil qilindi. Vaholangki, bu davrda hech qaysi o’rta asrlarda mavjud bo’lgan bo’lgan davlatlarda harbiy strategik ahamiyatga ega bo’lgan maxsus qo’shin hali mavjud emas edi. Usmoniylar imperiyasining buyukligini ham aynan yanicharlar korpusi olib berdi deb ham bemalol aytishimiz mumkin. Lekin shu narsani sedan chiqarmasligimiz kerak. Bizning Amir temur bobomiz Boyazid Yildirimning yanicharlar korpusini tor-mor keltirgan yagona shaxs hisoblanadi.


Download 206,02 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish