1-seminar. Mavzu: kirish. Qadimgi dunyoda harbiy san’at taraqqiyotining umumiy xususiyatlari



Download 206,02 Kb.
bet10/15
Sana24.02.2022
Hajmi206,02 Kb.
#227691
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
Bog'liq
HARBIY SAN'ATDAN SEMINARLAR

Kagortali taktika. Mariyning yangi tarkib qoʻshini tashkiliy va taktik jihatdan oʻzgardi. Lekin endi ular yosh guruhi asosida gastatlar, prinsiplar va triarlarga boʻlinadigan boʻldi. Mariyning legioni bir xilda qurollantirilgan legionerlardan iborat edi. Velitlar legion safiga kiritilmagan. Ular mustamlaka xalq vakillaridan olingan va irgʻituvchi qurollar bilan qurollantirilgan alohida otryadlarni tashkil qilgan. Legion tarkibida 4000-6000 askar boʻlgan. Legiondagi manipullar soni oldingidek qoldirildi, lekin har uch manipul kogortani tashkil qila boshladi. 6000 askardan iborat legionda manipullar 200 ta askarni, kogorta boʻlsa 600 askarni (leion 10 kogorta yoki 30 manipuldan iborat boʻlgan) atshkil qilgan. Kogortalarga harbiy tribunlar qoʻmondonlik qilgan, manipullarga oldingidek primipullar deb ataluvchi birinchi senturiyalarning katta senturionlari qoʻmondonlik qilgan. Shu tariqa manipullik taktika oʻz oʻrnini kogortali atktikaga boʻshatib berdi.
Legion oldingidek 3 ta liniyadan iborat boʻlsada, ammo endi u kagortali tarzda liniyaga saflanadigan boʻldi: 1-liniyada 4 ta kogorta va 2 va 3 liniyalarda 3 tadan kogorta.2-liniya kogortalari 1-liniya kogortalarining oralgʻiga ortdan joylashdi, 3-liniyaning ikki qanot kogortalari 1-liniyaning 1 va 4-kogortalrining ortiga, 3-liniyaing markaziy kogortasi 2-liniyaning 2-kogortasi ortiga joylashtirildi. Kogortalar oʻrtasidagi oraliq avval boshda kogorta fronti eniga teng boʻlgan. Agar kogortada 600 ta askar boʻlsa, u holda ular 10 qatorga 60 tadan saflangan va taxminan 30 metr enlikka choʻzilgan. Vaqtlar oʻtishi bilan kogortalar oraligʻidagi intervallar qisqarib borgan boʻlsa, aksincha kogorta linyailari oraligʻidagi masofa oldingi davrdagidan koʻra uzayib bordi. Masalan, Yuliy Sezar advriga kelganda liniyalar bir-biridan 130 metr oraligʻda saflangan.
Yuliy Sezar davrida rimliklarning harbiy san’ati. Galliyaga, Yunoniston, Ispaniya va Afrika qilgan koʻp sonli yurishlari evaziga, ularda qoʻllagan strategiyasi va taktikasi hisobiga haqli ravishda Gay Yuliy Sezar tarixdagi eng buyuk sarkardalar qatoridan oʻrin egallaydi. Vaziyatga moslashishdagi oʻziga xos qobiliyat, maqsadga erishishning turli usullari va vositalarini koʻra bilishlik, energiya va qat’iyat, qoʻshinning ruhim holatini boshqarish qobiliyati – mana shu uning asosiy harbiy sarkardalik mahoratining koʻrsatgichlari boʻlib, buni hamon qunt bilan oʻrganish talab etiladi. U oʻzidan keyin dunyo tarixda nom qoldirgan buyuk sarkardalarning tom ma’nodagi ilhomchisi va botiniy uztozi edi.
Respublika tuzumi davrida o’z qudartiga ko’tarilgan Rim bu qudratni ushlab turish va uni yangi cho’qqilarga erishtirish uchun mohir qo’mondonlarga tayangan. Asta-sekinlik bilan ular qo’shin ichida shaxsiy obro’-e’tibor qozonib, senatga bemalol o’z ta’sirini o’tkazadigan shaxslarga aylandi. Ayni vaqtda Rim respublikasi qo’ldorlik davlati edi. quldorchilik munosabatlarining kuchayishi borgan sari ko’proq qullarning asoratga solinishiga olib kela boshladi. Undan tashqari davlat sarhadlarining kengayishi barobarida Rimga keltiriladigan qullar soni ham shoib bordi. Muttasil qiynoqlar, azob-uqubatlar ba’zan ularning isyon ko’tarilishlariga olib kelar ediki, bu holat davlatning tinchligiga jiddiy rahna solardi. Shu boisdan ham senat mohir qo’mondonlarni qo’llab-quvvatlab kelgan.
Mil.avv. I asrda Rimda bir qancha mohir qo’mondonlar maydonga chiqdi. Bular – Pompey, Yuliy Sezar va Krass edi. Rimning o’zida va Afrikada katta ta’sirga Pompey ega edi. Mil.avv. 50-yillarda Gay Yuliy Sezarning Germaniyaga yurishlari unga katta shuhrat keltirdi. U bilan bu yurishlarga otlangan qo’ishn janglarda toplandi va Sezarga sadoqatli armiyaga aylandi. Galliga yurishlar davrida juda ko’plab qullar va boyliklar qo’lga kiritildi. Natijada Sezar qo’lida katta boylik to’plandi. U o’z o’ljasini shu yurishlarni yelka-yelka bosib o’tgan safdosh askarlarga va Rimning qashshoq ahoilsi bo’lgan plebslarga tarqatdi. Natijada Sezarning shuhrati ham osha boshladi.
Bu paytda Rimda siyosiy inqiroz chuqurlashib, ikki asosiy partiyalar – optimatlar va populyarlar o’rtasidagi kurash keskinlashib bordi. Optimatlar (optimus-yaexshi, a’lo) nobilitet manfaatlarini himoya qilgan va senat obro’si va Rim quldorlik davlatining konservativ asoslarini himoya qilgan. Populyarlar (populus-xalq) xalq kengashiga tayangan bo’lib, Rim plebslarining partiyasi bo’lgan. Sezar Galliyaga kelgan vaqtida optimatlar triumvirlarga (Krass, Pompey va Sezar) qarshi kurashni avj oldirirb yuboradilar.
Mil.avv. 53-yilda Krass Parfiyada o’ldirildi. Hudid shu yili Rimdagi saylovoldi kurashi qurolli to’qnashuvlarga va tartibsizliklar olib keldi, natijada quldorlar hukmronligi xavf ostida qoldi. Senat Pompeyga bu qo’zg’olonni bostirish uchun katta vakolatlar berdi. Huddi shu tufayli Pompeyning optimatlar bilan yaqinlashuvi ro’y berdi. Bu esa uning Sezar bilan munosabatlarining darz ketishiga olib keldi. Shu tariqa Rim respublikasida triumvirat – qo’mondonlar Pompey, Krass va Sezarning birligi yo’qoldi.
Senat bunday buyon o’z qo’mondonlarining haddan tashqari kuchayib, o’z hokimiyatlariga rahna solishni istamas edi. shuning uchun bo’lsa kerak mil.avv. 49-yilda Yuliy Sezarning Galliyani boshqarish vakolati tugagandan keyin bu vakolatni boshqa uzaytirmadi. Rimda Sezar o’z legionlari bilan Italiyaga qarab yurishga otlanganligi haqida ovozalar paydo bo’ldi. Keskin optimatlar senatdan Sezardan legionlarini tarqatish talabini va uning vakolatlarini tugatish to’g’risidagi qarorni tasdiqlatib olishdi. O’z-o’zidan oddiy qog’ozdagi qaror bilan Sezarni legiondan mahrum etib bo’lmasdi, shuning uchun ham Sezarga qarshi yurishga senat Pompeyni qo’mondon etib tayinlaydi. Shu tariqa Rim tarixida amalda yakka hukmronlik uchun kurash boshlandi.
Senat qaroriga bo’ysinmagan Sezar o’zining 13 legioni bilan Italiya chegarasida Rubikon daryosi bo’yicha keladi. Qonun qo’shin bilan chegarani kesib o’tishni taqiqlagan edi. shuning uchun ham bu yerda uzoq ikkilanishdan so’ng, u Rubikon daryosini kechib o’tdi va mahshur “qur’a tashlandi” degan gapni aytadi.1
Ikki qo’mondon o’rtasidagi kurash Sezar foydasiga bo’ldi. Mil.avv. Rim senati Sezarga “abadiy”, ya’ni umrbod diktator unvonini berdi. Shu tariqa garchi Sezar o’zini imperator deb e’lon qilmagan bo’lsa ham, ammo u Respublika sharoitida yakka shaxsning mutloq hokimiyatini o’rnatdi. U senat va xalq yig’ilishini saqlab qoldi, lekin ular Sezarning hoxishiga qarab ish qilgan. sezarning bevosita va asosiy tayanchi uning armiyasi va undagi veteranlar edi. u o’z askarlari pul va yer ajratib berdi. Hokimiyatni egallash orqali u demokratiyadan demokratik siyosatga o’tdi. Quldorchilik tuzumini Sezar ellinistik tipdagi monarxiyaga o’tish orqali mustahkamlashga umid qildi.
Lekin Rim senati osonlik bilan mag’labuityani tan olishni istamas edi. Shu boisdan mil.avv. 44-yilda u fitnaning qurboni bo’ldi.

Download 206,02 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish