XIV bob. Sudlanganlik
77-modda. Sudlanganlikning huquqiy ahamiyati
Sudlanganlik shaxsning sodir etgan jinoyati uchun hukm etilganligidan kelib chiqadigan huquqiy holatdir.
Jazo tayinlangan ayblov hukmi qonuniy kuchga kirgan kundan boshlab shaxs sudlangan deb hisoblanadi. Sud tomonidan jazodan ozod qilingan shaxs sudlanmagan deb hisoblanadi.
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeks Umumiy qismining XIII bobi (“Jazodan ozod qilishning turlari”), O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksi 528-moddasining birinchi va ikkinchi qismlari.
Sudlanganlik ushbu Kodeksda nazarda tutilgan hollarda va shaxs yangi jinoyat sodir etgandagina huquqiy ahamiyatga ega bo‘ladi.
Sudlanganlik muddatining o‘tib ketganligi yoki sudlanganlikning olib tashlanishi munosabati bilan uning barcha huquqiy oqibatlari bekor bo‘ladi.
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 78 va 79-moddalari.
Jazoni o‘tagan, ammo qonunning o‘zgarishi bilan bunday qilmish jinoyat deb hisoblanmaydigan taqdirda, shuningdek sodir qilingan jinoyat uchun tayinlangan jazoni o‘tab bo‘linishi bilan sudlanganlik holatining tugallanishi belgilangan bo‘lsa, shaxs sudlanmagan deb hisoblanadi.
LexUZ sharhi
Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2015-yil 18-sentabrdagi 13-sonli “Sudlanganlik holati tugallanishi va olib tashlanishiga oid qonunchilikni qo‘llash bo‘yicha sud amaliyoti to‘g‘risida”gi qarori, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2006-yil 22-dekabrdagi 16-sonli “Sudlar tomonidan amnistiya aktlarini qo‘llashning ayrim masalalari to‘g‘risida”gi qarorining 6 va 7-bandlari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2014-yil 23-maydagi 07-sonli “Sud hukmi to‘g‘risida”gi qarori 15-bandining ikkinchi — beshinchi xatboshilari.
78-modda. Sudlanganlik holatining tugallanishi
Shaxsning sudlanganlik holati quyidagi paytlarda tugallanadi:
a) shartli hukm qilinganlarga nisbatan — sinov muddati tugagan kundan boshlab;
Oldingi tahrirga qarang.
b) majburiy jamoat ishlari, xizmat bo‘yicha cheklash yoki intizomiy qismga jo‘natish tarzidagi jazolarini o‘tab chiqqach;
(78-moddaning “b” bandi O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 29-martdagi O‘RQ-421-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 13-son, 194-modda)
v) jarima jazosi ijro etilgan kundan keyin, shuningdek muayyan huquqdan mahrum qilish yoki axloq tuzatish ishlari jazolari o‘talganidan keyin bir yil o‘tgach;
Oldingi tahrirga qarang.
g) ozodlikni cheklash jazosi o‘talganidan keyin — ikki yil o‘tgach;
(78-moddaning “g” bandi O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 29-martdagi O‘RQ-421-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 13-son, 194-modda)
d) besh yildan ko‘p bo‘lmagan muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi o‘talganidan keyin — to‘rt yil o‘tgach;
e) besh yildan ortiq, lekin o‘n yildan ko‘p bo‘lmagan muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi o‘talganidan keyin — yetti yil o‘tgach;
j) o‘n yildan ortiq, lekin o‘n besh yildan ko‘p bo‘lmagan muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi o‘talganidan keyin — o‘n yil o‘tgach.
LexUZ sharhi
Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2015-yil 18-sentabrdagi 13-sonli “Sudlanganlik holati tugallanishi va olib tashlanishiga oid qonunchilikni qo‘llash bo‘yicha sud amaliyoti to‘g‘risida”gi qarori 4-bandining birinchi, ikkinchi, to‘rtinchi xatboshilari, 5-bandining birinchi xatboshisi, 7 — 11, 13-bandlari.
Do'stlaringiz bilan baham: |