1. Mineral resurslar bilan ta‘minlanganlik O‘zbekistonning mineral resurslari va ulardan foydalanish


Chiqindilardan foydalanishning iqtisodiy asoslari



Download 38,51 Kb.
bet13/16
Sana17.01.2022
Hajmi38,51 Kb.
#382875
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
Bog'liq
2 5278556223153640132

2. Chiqindilardan foydalanishning iqtisodiy asoslari

Chiqindilarning tarkibi xilma-xil. Zotan, ulardan foydalanish yo‘nalishlari, sohalari, guruhlari, iqtisodiy samaradorligi, ekologik tozaligi ham turli tuman. Chiqindilarni umumiy holda iqtisodiy ahamiyatini baholash mushkul, shuning uchun ham uning tarkibi aniqlangandan so‘ng samaradorlik to‘g‘risida fikr bildirish mantiqqa to‘g‘ri keladi. Masalan, chiqindi tarkibida alyuminiy, shisha idishlar, po‘lat, qog‘oz, plastmassa, singan oyna kabilarning bo‘lishi ulardan ikkinchi marta foydalanish samaradorligini oshiradi.

Alyuminiy juda ham ko‘p energiya talab qiluvchi metall, u iqtisodiyotda keng foydalaniladi. Ba‘zan alyuminiy xomashyosini sotib olishga sarf etilgan harajat miqdori energiya qiymatidan arzon turadi. Metallalomdan qo‘yilgan alyuminiy boksitdan olingan metallga nisbatan jami bo‘lib 5 % harajat talab etadi. Ikkilamchi metallalomdan qo‘yilgan 1 t alyuminiy 4 t boksit, 700 kg neft mahsulotini tejaydi, shuningdek atmosfera havosiga chiqadigan 35 kg alyuminiyli ftorli chiqindi birikma kamayadi.

Qog‘oz makulaturasi muammosi jahon miqyosida borgan sari jiddiylashmoqda. Aniqlanishicha, makulaturani qayta ishlash yo‘li bilan qog‘oz mahsulotlarini tayyorlash katta maydonlarda o‘rmonlarni qirqishdan saqlab qolishga va energiyani tejashga, atrof-muhitning ifloslanishining oldini olishga imkon beradi. Makulaturani qayta ishlaydigan korxona sellyuloza-qog‘oz korxonasini ko‘rishga nisbatan 50-80 % arzon tushadi. AQShda 200 dan ortiq makulaturani qayta ishlaydigan korxonalar faoliyat ko‘rsatmoqda, faqatgina “Nyu-York Tayms” gazetasining yakshanba kuniga sonini qayta ishlab, undan qog‘oz tayyorlash 75 ming tup daraxtni qirqishdan saqlab qolishi mumkin. Rivojlangan yirik mamlakatlarda (Kanada, Italiya, Meksika, Janubiy Koreya, Germaniya) chet ellardan makulatura harid qilib, tayyor qog‘oz ishlab chiqarilmoqda. Bu iqtisodiy jihatdan juda ham samarali hisoblanishi isbotlangan.

Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkilotining ma‘lumoticha dunyo bo‘yicha foydalanilayotgan qog‘ozning 50 % ini qayta ishlanishi unga bo‘lgan talabni 75 % ini kondiradi, bu esa 8 mln. ga maydondagi o‘rmonni kesilishdan saqlaydi.

Chiqindilar tabiiy boyliklar kabi barcha sifat ko‘rsatkichlariga ega, iqtisodiy jihatdan yuqori baholanadi. Shuning uchun ham rivojlangan mamlakatlarda rangli metall, po‘lat, singan oyna, qog‘oz, plastmassa, tsellofan va boshqa materiallar qayta ishlanib, yana foydalanishga yuboriladi. Ikkilamchi chiqindilardan foydalanish ko‘plab xomashyoni va energiyani tejaydi, atrof-muxitning ifloslanishini kamaytiradi. Gap ularni sifatli qilib qayta ishlab chiqarishda, darvoqe, buning uchun kichik va o‘rta korxonalar samarali hisoblanadi.

Shuningdek, 2017-2021 yillarda maishiy chiqindilar bilan bog’liq ishlarni tubdan yaxshilash yuzasidan kompleks dastur qabul qilinib, moliyalashtirish manbalari aniq belgilab berildi. Tizimda 13 ta “Toza hudud” davlat unitar korxonasi va ularning 174 ta tuman (shahar) filiali tashkil etildi. Ushbu unitar korxonalar balansiga 1300 ta maxsus texnika, 1000 ta chiqindi to’plash maydonchasi, 5800 ta konteyner va 172 ta paligon o’tkazildi.

Ishlab chiqarish asosan iqtisodiy samaradorlik barqaror bo‘lgan taqdirdagina rivojlana oladi, shunday ekan sanoat, qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishida va turmush, maishiy xizmat doirasida vujudga kelgan chiqindilar negizida tayyor mahsulotlarni ishlab chiqarish iqtisodiy jihatdan eng samaralidir. Bekobod metallurgiya korxonasi faqat metallalom asosida sifatli qora metal, prokat va po‘lat tayyorlaydi. Unga butun respublika hududidagi turli korxona, jamoa xo‘jaligi va boshqa tashkilotlardan majburiy ravishda metallalom yetkazilib beriladi, bu jarayon Respublika Vazirlar Mahkamasi tomonidan maxsus nazorat qilinadi. Shu bois korxona xomashyo bilan yil bo‘yi ta‘minlanadi.

Chet elda ham endilikda kichik va o‘rta korxonalarda metallom asosida po‘lat quyish, prokat yasash, qora metall tayyorlash ustuvor bo‘lib bormoqda. To‘la tsiklli ulkai metallurgiya korxonalari xomashyo tanqisligi yoki yo‘qligi sababli inqirozga uchramoqda.

Chiqindilarni sohalar bo‘yicha bir bosqichda kamida 60 %, keyingi boskichlarda 75-80 % ining qayta ishlanishi va tayyor mahsulot ishlab chiqarishni tashkil etish ham ekologik ham iqtisodiy jihatdan asoslidir. Buning uchun shunday ulkan, lekin juda ham xayrli ishni bosqichma-bosqich amalga oshirish jamiyatning barqaror rivojlantirishga katta ijobiy ta‘sir etadi. Buni quyidan (qo‘shma korxona, firma) boshlab, katta (davlat-hissadorlik) qo‘shma korxonalargacha bir maromda amalga oshirish maqsadga muvofiq. Ikkilamchi resurslar beqiyos katta iqtisodiy boylik, ulardan omilkorlik bilan foydalanish bozor iqtisodiyoti sharoitida alohida ahamiyatga ega.




Download 38,51 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish