Temperament turlarining tizimli tavsifi
Ichki
xususiyat
|
Holerik
|
Sangvinik
|
Flegmatik
|
Melanxolik
|
xulqi
|
beqaror
|
Barqaror
|
o’tabarqaror
|
juda beqaror
|
hissiyoti
|
kuchli, qisqamuddatli
|
yuzaki, qisqamuddatli
|
kuchsiz
|
chuqur va uzoqmuddatli
|
kayfiyati
|
turg’un emas, yaxshi
|
turg’un, ko’tarinki ruhda
|
turg’un, doimo xursand va qayg’usiz
|
turg’un emas,pessimistik ruhda
|
nutqi
|
baland, keskin, birxil emas
|
baland, jonli,birxilsur’atda
|
ohista, bir ohangda
|
juda sekin
|
sabri
|
sust
|
boshqariladi
|
juda kuchli
|
besabr
|
moslashish qobiliyati
|
oson
|
juda oson
|
sekinlikbilan
|
juda qiyin
|
muomalasi
|
yuqori
|
o’rtacha
|
past
|
juda past
|
o’zini tutishi
|
tajovuzkor
|
do’stona
|
bosiq
|
qiyinchilikdanqochadi
|
tanqidgamunosabati
|
asabiy
|
Bosiq
|
befarq
|
qabul qilmaydi
|
faoliyatga munosabati
|
qiziqqon, berilibishlaydi
|
jonli, ko’p gapiribishlaydi
|
betinim ishlaydi
|
vaziyatga qarab turlicha,reaktiv
|
yangilikkamunosabati
|
ijobiy
|
Befarq
|
salbiy
|
manfaatli
|
xavfga munosabati
|
jangovar, tavak- kaliga
|
yaxshi tayyorgarlikdanso’ngtavakkalsiz
|
sovuqqon, o’zidan chiqishiqiyin
|
xavotirli,o’zini yo’qotib qo’yadi
|
maqsadga intilish
|
kuchli, borimkoniyatini ishgasoladi
|
tez etishish,to’siqlarni aylanib o’tish
|
qat’iyatbilan, shoshmasdan
|
to’siqlardanqochish orqali tez yoki sust
|
imkoniyatni baholashi
|
judaortiqcha
|
bir muncha
|
real baho
|
hisoblayolmaydi
|
ta’sirgaberilish
|
past
|
biroz mavjud
|
kuchsiz
|
juda kuchli
|
9.3. Xarakter va irodaviy sifatlar
Xarakter – shaxsning faoliyat va muomalada tarkib topadigan va namoyon bo’ladigan barqaror individual xususiyati bo’lib, individ uchun tipik xulq-atvor usullarini yuzaga keltiradi.
Shaxs ba’zida o’z xarakteridan afsuslanadi, lekin boshqacha harakatni amalga oshirishni uddasidan chiqa olmaydi. Xorijiy psixologlarning tasdiqlashicha, ayrim insonlar faoliyatida muvaffaqiyatsizlikka uchrashidan xavfsirab, o’z yutuqlarini qadrlaydilar va yuqori baholaydilar. Muvaffaqiyatsizlik ular uchun fojia emas, shuning uchun «tavakkalchilik»ka qo’l urishda davom etaveradilar. Boshqa toifadagi odamlar muvaffaqiyat- sizlikdan cho’chiydilar, o’ta ehtiyotkor bo’ladilar, qiyinchilikdan qo’rqib, engil ishga qo’l urishni lozim topadilar. Fanda shaxsning munosabatlarini aks ettiruvchi xarakterni quyidagi to’rt tizimga ajratish qabul qilingan:
Jamoaga (guruhga) va ba’zi bir insonlarga nisbatan munosabatni ifodalovchi xususiyatlar: yaxshilik, mehribonlik, talabchanlik, takabburlik vaboshqalar.
Mehnatga nisbatan munosabatni mujassamlashtiruvchi xususiyatlar: mehnatsevarlik, dangasalik, vijdonlilik, mas’uliyatlilik, mas’uliyatsizlikkabilar.
Narsalarga nisbatan munosabatni aks ettiruvchi xususiyat- lar: ozodalik, ifloslik, ayash, ayamaslik vahokazo.
Shaxsning o’ziga nisbatan munosabatini ifodalovchi xislat- lar: izzat-nafslilik, shuhratparastlik, mag’rurlik, takabburlik, dimog’dorlik, kamtarinlik, samimiylik vaboshqalar.
Xarakter va kishining tashqi ko’rinishi. Psixologiya tarixida inson bosh suyagining shakliga, yuz tuzilishiga, qaddi-qomatiga (tana tuzilishi va hokazolarga) ya’ni ayrim tashqi alomatlariga qarab kishi xarakterini belgilash nazariyalari mavjud bo’lgan. Arastu va Aflotun ham kishi xarakterini tashqi ko’rinishiga qarab aniqlashni taklif qilganlar qatoriga kiradi. Ularning xarakterni o’rganish nazariyasi asosi qanchalik soddabo’lsa, shunchalik g’aroyib faraz yotdi. Masalan, kishining tashqi ko’rinishida qandaydir hayvon bilan o’xshashlik belgisini topish tavsiya qilingan, so’ngra esa uning xarakteri ana shu hayvonning xarakteri bilan aynan bir xil deb qaralgan. Arastuning fikricha, buqaniki singari yo’g’on burun ish yoqmaslikni bildiradi7.
Do'stlaringiz bilan baham: |