Psixodiagnostik metodikalarning ilmiy asoslanganlik tamoyilida metodikaga validlik, ishonchlilik talabi qo’yiladi, ya'ni olingan natijalarga to’liq ishonch imkonini bersin.
Ziyon etkazmaslik tamoyilida psixologik tashxis natijalaridan hech qachon tadqiqotda qatnashgan odamlarga nisbatan zarar etkazish maqsadida foydalanmaslik nazarda tutiladi.
Xulosalarning ob'ektivlik tamoyili test o'tkazayotgan odamning sub'ektiv ustanovkalarga tobe boMmasligi, test olingan natijalardan kelib chiqqan holda ilmiy asoslangan bo’lib, validli va ishonchli metodika yordamida o'tkazilgan bo‘lishi shart.
Do'stlaringiz bilan baham: |