1-Mavzu eksprimental



Download 115,77 Kb.
bet34/46
Sana23.09.2021
Hajmi115,77 Kb.
#183130
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   46
Bog'liq
Ekspriment majmua

Qarorni ijro etish. Qaror unga muvofiq keladigan choralar ko‘rish va harakat qilish uchun qabul qilinadi. Qarordan harakatga o‘tishni ijro qilish (yoki bajarish) deyiladi. Irodaviy jarayonda eng muhim narsa-qabul qilingan qarorni ijro etishdir. Irodaviy harakatlar ikki xil bo‘ladi: jismoniy va aqliy harakatlar. Jismoniy harakatlarga har xil mehnat operatsiyalari, o‘yin, sport mashg‘ulotlari va boshqalar. kiradi. Aqliy harakatlarga esa masala echish, yozma ishlar, dars tayyorlash, ilmiy tadqiqot ishlarini olib borish va shu kabilar kiradi. Ko‘p vaqt takrorlanib, o‘zlashib ketgan ko‘nikma va odat bo‘lib ketgan harakatlar ham murakkab irodaviy harakatlardandir.

Qarorni ijro etish odatda ma’lum vaqt, muddat bilan bog‘liq bo‘ladi. Qaror kechikmasdan belgilangan vaqtda ijro etilsa bu irodaning ijobiy sifatidan dalolat beradi. Bu esa ishchanlik, puxtalikni bildiradi.

Kishining irodaviy sifatlari ya’ni iroda kuchi, mustaqilligi jihatidan ayrim hollarda turlicha namoyon bo‘ladi. Har bir kishida irodaning ayrim sifatlari umr bo‘yi mustahkamlanib, shu odamning xususiy sifatlari (ya’ni doimiy xislatlari) bo‘lib qolishi mumkin. Shaxsning bu o‘ziga xos xususiyatlari xarakter xislatlari deb ataladi. Har bir kishidagi biron bir irodaviy sifatlarning har qanday namoyon bo‘lishi shu kishi xarakterining xislati bo‘lavermaydi.

Ofitserga duch kelib qolgan askar beixtiyor o‘ng qo‘lini o‘ng qulog‘ining ustiga qo‘ygancha unga harbiychasiga salom berdi, xolbuki u buni qilmasligi lozim edi, chunki uning bosh kiyimi yo‘q edi. Askarning bu harakatiga kutilmagan, bexosdan bo‘lgan, reflektiv harakat deyiladi. Kishining hamma ta’sirlanishlari reflektor tabiatga ega, lekin askarning yuqorida tasvirlangan harakati ongning nazoratisiz yoki uning etarli ishtirokisiz, ma’lum bir maqsadsiz amalga oshirilgan bo‘lib, shu sababli ixtiyorsiz harakat yoki ataylab qilinmagan harakat deyiladi. Lekin har bir kishi juda ko‘p oddiy va murakkab harakatlarni amalga oshiradiki, ular batamom ongli ravishda bajariladi va muayyan maqsadni ko‘zlaydi.

Iroda – bu shaxsning ongli harakatlarida, o‘z-o‘zini tuta bilishida ifodalanadigan, ayniqsa, maqsadga erishish yo‘lida uchraydigan jismoniy va ruhiy qiyinchiliklarni engib chiqishda namoyon bo‘ladigan ixtiyoriy faolligi.

Iroda ham boshqa ruhiy hodisalar singari voqelikni, xususan jamiyatdagi, alohida kishilar hayotidagi zaruratni aks ettirishning maxsus shakli hisoblanadi. Shuning uchun ham iroda, garchi kishilarning ixtiyoriy faolligi bo‘lsa ham, ob’ektiv sabablar, shaxsning yashash tartibi va sharoitlari bilan belgilanadi.



Irodaviy xatti-harakat uch bosqichdan iborat:

1.    Tayyorgarlik;

2.    Bajarish;

3.    Yakunlash.

Tayyorgarlik bosqichi niyatni, maqsadni anglashni, ish olib borish usullarini tanlashni o‘z ichiga oladi. Masalan, agar yosh yigitcha ofitser bo‘lishga qaror qilar ekan, o‘z maqsadini belgilab oladi, u ana shu maqsadga erishish uchun harbiy bilim yurtiga kirishni istaydi, qaysi o‘quv yurtiga, qaysi fakultetga kirish va hokazolar masalasini hal qiladi. U o‘qishga kirishga qanday tayyorgarlik ko‘rishni: mustaqil tayyorgarlik ko‘radimi yoki tayyorlash kursiga kiradimi,-ana shuni o‘ylaydi.

Nihoyat maqsad aniq bo‘ldi. Bir qarorga kelish bilan harakatning tayyorgarlik bosqichi tamom bo‘ladi, lekin agar bu harakatning ketidan qarorning bajarilishidan hamda shundan so‘ng ma’lum bir xulosalar chiqarishdan iborat navbatdagi bosqichlar kelmasa, u irodaviy harakat bo‘lmaydi. Mazkur misolda irodaviy harakat to‘la amalga oshishi uchun yigitcha belgilangan kirish imtihonlarini topshirib, harbiy bilim yurtiga kirish (ikkinchi bosqich)i, so‘ngra esa o‘zining faoliyatini tahlil qilib, ma’lum bir xulosalar (uchunchi bosqich) chiqarishi kerak bo‘ladi. Shuni aytib o‘tish kerakki, harbiy xizmatchi o‘zining maqsadi va faoliyatini qanchalik yaxshi hamda chuqur anglasa, u amalga oshiradigan iroda aktlari, ya’ni irodaviy hatti-harakatlar shunchalik oson va samarali kechadi, tabiiyki bunda inson shunchalik kam charchaydi.

Irodaviy hatti-harakatlarning uch bosqichini yana ham maydalab, besh bosqichga bo‘lish mumkin:

1.    Maqsad qo‘yish;

2.    Maqsadga erishish yo‘llarini belgilash (bir nechta);

3.    Ushbu yo‘llardan birini tanlash;

4.    Maqsadni amalga oshirish;

5.    Yakunlash yoki yakuniy xulosalar chiqarish-tahlil qilish.



Irodaviy hatti-harakat qo‘yidagi turlarga bo‘linadi:

1.    Oddiy va murakkab;

2.    Qisqa vaqtli va uzoq vaqtli;

3.    O‘z tashabbusi bilan yoki boshqalar tashabbusi bilan amalga oshirilganligiga ko‘ra.

Irodaga soddaroq qilib qo‘yidagicha ta’rif berish mumkin: iroda-bu insonning o‘z xulq-atvorini ongli boshqarish hamda kuch-g‘ayratlarini , qiyinchiliklarni engishga safarbar etish qobiliyati.

Demak, insonning o‘z faoliyatini nazorat qilish hamda ma’lum maqsadga erishishga yo‘naltira olish qobiliyatiga iroda deyiladi.

U insonning biron-bir narsaga erishishi shaklida ham, shuningdek, insonning biror-bir narsadan voz kechishi shaklida ham namoyon bo‘lishi mumkin. Iroda insonning bilish va his qilishdan amaliy faoliyatga o‘tishini ta’minlaydi. Iroda yordamida inson o‘z faoliyatini tashkillashtiradi va xulq-atvorini nazorat qiladi.

Psixik jarayonlar inson xatti-harakatlari va faoliyatini tartibga solib turadi. Faoliyatning eng yaxshi boshqaruvchisi va tartibga soluvchisi iroda hisoblanadi. Iroda psixik faoliyatda bir-biri bilan o‘zaro bog‘langan faollashtirish va tormozlash vazifalarini bajaradi:

Iroda insonning biror-bir maqsadga erishishida emas, balki, undan voz kechishida ham namoyon bo‘ladi. Insondagi bilish va hissiyot iroda vositasida amaliy faoliyatga aylanadi.

Iroda, ayniqsa, harbiy xizmatchilar faoliyatida katta ahamiyatga ega. Mustahkam iroda mehnat va jangovar faoliyatda muhim rol o‘ynaydi. Shuning uchun ham komandirlar o‘z faoliyatlarida harbiy xizmatchilarda irodani tarbiyalashga katta e’tibor berishlari lozim.

Irodani toblash, hissiy-irodaviy barqarorlikni tarbiyalash, harbiy xizmatchilarni psixologik tayyorlashning eng muhim tarkibiy qismi hisoblanadi.

Shaxs faolligi har xil xatti-harakatlar shaklida amalga oshadi. U mazkur xatti-harakatlar bilan atrof borliqni o‘zgartiradi. Hatti-harakat va faoliyatlar ularda irodaning ishtirok etish darajasiga qarab ikki guruhga: ixtiyoriy va ixtiyorsiz turlarga bo‘linadi.

Ixtiyoriy – nishonga olish, qurolni tozalash va hokazo.

Ixtiyorsiz – qo‘qqisdan o‘q tovushi kelgan tomonga qarash.

Inson ixtiyorsiz harakatlarni oldindan anglanmagan hamda hech kim tomonidan (yoki o‘zi tomonidan) qo‘yilgan maqsadlarsiz amalga oshiradi. Bunda u qiyinchiliklarni his qilmaydi. Ular favqullodda sodir bo‘lib, aniq rejaga ega emas. Bu erda harakat sababi butunlay tashqi bo‘lib, harakatlar esa avtomatik ravishda yuz beradi. Ularda organizmdagi mo‘ljallash, himoyalash va boshqa reaksiyalar namoyon bo‘ladi.

Borliqni aks ettirish, faoliyatni muayyan yo‘nalishda tashkil qilish, muammolar echimini egallash yuzasidan ma’lum bir qarorga kelish, uni amalga oshirish jarayonida qiyinchiliklarni engish harakatlar yordami bilan ro‘yobga chiqadi. Turli ehtiyojlar (shaxsiy, jamoaviy, tabiiy, madaniy, moddiy, ma’naviy) tufayli vujudga keladigan, maqsadga yo‘nalganlik xususiyatini kasb etadigan shaxsning faolligi o‘zining tuzilishi, shakli rang-barang bo‘lgan harakatlar, xatti-harakatlar va sa’i-harakatlar yordami bilan tabiat, jamiyat tarkiblarini maqsadga muvofiq kelmaganligi sababli qayta quradi, takomillashtiradi, ezgu niyatga xizmat qildirishga bo‘ysundiriladi. Ehtiyoj, motiv, qiziqish, anglashilmagan, anglashilgan mayllar negizidan kelib chiqadigan barcha ko‘rinishdagi harakatlar o‘zlarining yuzaga kelishiga binoan ixtiyorsiz va ixtiyoriy turkumlarga ajratiladi. Odatda psixologiyada ixtiyorsiz harakatlar anglanilgan yoki etarli darajada anglanmagan istak, xohish, tilak, mayl, ustanovka va shu kabilarning ichki turtki ta’sirida paydo bo‘lishi natijasida ro‘yobga chiqariladi. Mazkur istak va uning boshqa shakllari impulsiv (lotincha impulsus ixtiyorsiz qo‘zg‘alish ma’nosini anglatadi) xususiyatiga ega bo‘lib, inson tomonidan anglanilmaganligi uchun ma’lum ob’ektga qaratish yuzasidan rejalashtirilmagan, hatto ko‘zda tutilmagan bo‘ladi. Insonning favquloddagi vaziyatda yuzaga keladigan sarosimalik affekti, dahshat, hayajonlanish, ajablanish, shubhalanish va shunga o‘xshash boshqa mohiyatli, har xil shakldagi xatti-harakatlari ixtiyorsiz turkumdagilarga yorqin misoldir.

Boshqa kategoriyaga taalluqli harakatlar ixtiyoriy harakatlar deb nomlanib, ular maqsad ko‘zlash, maqsadni anglashni va uni amalga oshirishni ta’minlovchi operatsiyalar, usullar va vositalarni shaxs o‘z miyasida tasavvur qilishni, samaradorligini taxminan baholashni taqozo etadi. O‘zining mohiyati bilan tafovutlanib turuvchi ixtiyoriy harakatlarning alohida guruhini irodaviy harakatlar deb ataluvchi turkum tashkil qiladi. Psixologik ma’lumotlarga asoslangan holda ularga quyidagicha ta’rif berish mumkin: «Maqsadga erishish yo‘lida uchraydigan qarama-qarshiliklarni bartaraf qilish jarayonida zo‘r berish bilan uyg‘unlashgan, muayyan maqsadga yo‘naltirilgan ongli harakatlar irodaviy harakatlar deyiladi».


Download 115,77 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   46




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish