Tizimli shina. Tizimli shina – kompyuterning asosiy interfeys tizimi bо‘lib, u barcha qurilmalarni о‘zaro ulanishi va aloqasini taminlaydi. Tizimli shinaning tarkibi quyidagilardan iborat:
axborotlarning kodli shinasi (AKSH), operandani sonli kodlar razryadlarining barchasini parallel uzatish uchun simlar va sxemalardan iborat;
manzillarning kodli shinasi (MKSH), tashqi qurilmaning kiritish-chiqari portini yoki asosiy xotira yacheykasining manzil kodlar razryadlarining barchasini parallel uzatish uchun simlar va sxemalardan iborat;
kо‘rsatmalarning kodli shinasi (KKSH), mashinaning barcha bloklariga kо‘rsatmalarni (boshqarish signallari, impulslari) uzatish uchun simlar va sxemalardan iborat;
manba shinasi, SHK bloklarini elektr energiyasi bilan taminlash tizimiga ulash uchun simlar va sxemalardan iborat.
Tizimli shina axborot uzatishning uch yо‘nalishini taminlaydi:
mikroprotsessor va asosiy xotira о‘rtasida;
mikroprotsessor va tashqi qurilmalarning kiritish-chiqarish portlari о‘rtasida;
asosiy xotira va tashqi qurilmalarning kiritish-chiqarish portlari о‘rtasida (xotiraga bevosita ega bо‘lish ish tartibida);
Barcha bloklar, aniqrog‘i ularning kiritish-chiqarish portlari unifikatsiyalashtirilgan mos razyemlar orqali shinaga bir xil ulanadilar: bevosita yoki kontroller (adapterlar) orqali. Tizimli shinani boshqarishni mikroprotsessor tomonidan bevosita yoki kо‘pincha qо‘shimcha mikrosxema shina kontrolleri orqali ulanadi, u asosiy boshqarish signallarini xosil qiladi.
Asosiy xotira. Asosiy xotira (AX) axborotni operativ saqlash va mashinaning boshqa bloklari bilan axborot almashish uchun mо‘ljallangan. Asosiy xotira ikki turdagi xotira qurilmasidan iborat: doimiy xotira qurilmasi (DXQ) va operativ xotira qurilmasi (OXQ).
DXQ (PZU – postoyannoye zapominayusheye ustroystvo, ROM – Read Only Memory) dasturning о‘zgarmaydigan (doimiy) va ma’lumotnoma axborotlarni saqlash uchun mо‘ljallangan; unda saqlanayotgan axborotni operativ faqat о‘qishga imkon beradi (DXQ dagi axborotni о‘zgartirish mumkun emas);
OXQ (OZU – operativnoye zapominayusheye ustroystvo, RAM – Random Access Memory) SHK xozirgi vaqt davomida bajarayotgan bevosita axborot-xisoblash jaroyonida qatnashayotgan axborotlarni operativ yozish, saqlash va о‘qish uchun mо‘ljallangan (dastur va axborotlarni).
Operativ xotiraning asosiy afzalligi uning yuqori tezligi va xotiraning xar bir yacheykasiga aloxida murojat eta olishida (yacheykalarga tо‘g‘ri manzilli ega bо‘lish). Operativ xotiraning kamchiligi sifatida shuni qayd qilib о‘tish keraki, unda saqlangan axborotni kompyuter energiya ma’nbai о‘chirilgandan sо‘ng xam saqlab qolish mumkun emasligida (energiyaga bog‘liqligi).
SHK ning tizimli platasida asosiy xotiradan tashqari energiyaga bog‘liq bо‘lmagan xotira xam bor CMOS RAM (Complementary Metal-Oxide Semiconductor RAM), о‘zining akkumulyatoridan doimiy quvvatlanadi; unda tizimning xar bir yoqilganida tekshiriladigan SHK ning apparat tarkibi xaqidagi axborot (kompyuterda mavjut barcha apparatlar xaqida) saqlanadi.