1
|
“Mijoz bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri amaliyotni yozma qaydlarini olib borish ” nima?
|
Mijoz bilan to'g'ridan to'g'ri amaliyot olib borish deganda yordamga muhtoj shaxs bilan bevosita suhbat, anketa o'tkazish va shu kabi metodlar orqali mijozga ijtimoiy yordam ko'rsatish tushuniladi. Bunda ijtimoiy ish xodimi bevosita ishlar bo‘yicha qaydlarni olib borish, hisobot va xatlar yozish, tashkilotda o‘rnatilgan talablarga mos keluvchi aniq va yaqqol qaydlarni olib borish ko'nikmasiga ega bo'lishi kerak. Bunda ijtimoiy ish xodimi mijoz shaxsi uning ism-sharifi yoshi kabi ma'lumotlar bilan bir qatorda, uning fikr-mulohazalarini ham qayd etib borishi zarur. Bu o'z navbatini mijoz fikrini elastikligini o'rganish imkonini berish bilan birga, mijozga ijtimoiy ko'mak berish jarayoniga ham ijobiy ta'sir ko'rsatadi.
|