O‘zini o‘zi nazorat qilish uchun savollar va topshiriqlar:
1.Ijtimoiy pedagogikaning rivojlanishini aks ettiruvchi asosiy yo‘nalishlarni ayting va ularga tavsif bering.
2.Shaxsning ijtimoiy kamol topish pedagogikasi o‘zida nimani ifodalaydi?
3.Ijtimoiy pedagogika nima?
4.Nazariya sifatidagi ijtimoiy pedagogikaga tavsif bering.
5.Amaliyot sifatidagi ijtimoiy pedagogikaga tavsif bering.
6.Uquv fani sifatidagi ijtimoiy pedagogikaga tavsif bering.
7.Ijtimoiy pedagogikaning asosiy kategoriyalarini ayting va ularga tavsif bering.
8.Ijtimoiy pedagogika qanday vazifani bajaradi?
9.Ijtimoiy pedagogikaning predmetiga tavsif bering.
10.Ijtimoiy pedagogikaning asosiy vazifalarini ayting.
2-MAVZU: IJTIMOIY PEDAGOGIKANING TAMOYILLARI
Reja:
1.Ijtimoiy pedagogika bilimlarning integrativ tarmog‘i sifatida.
2.Pedagogika fanlari tizimida ijtimoiy pedagogikaning o‘rni.
3.Ijtimoiy pedagogikaning asosiy tamoyillari.
4.Ijtimoiy pedagogikaning falsafiy, axloqiy va tarixiy- madaniy asoslari.
Tayanch iboralar: Ijtimoiy muammolar, ijtimoiy tarbiya, integratsiya, iqtisodiy sharoitlar, iqtisodiy tafakkur.
Mashg‘ulotning maqsadi: Ijtimoiy pedagogikaning boshqa fanlar bilan o‘zaro aloqasi haqida tasavvurni shakllantirish, ijtimoiy pedagogika tamoyillarining asosiy mazmunini yoritib berish.
1.Ijtimoiy pedagogika bilimlarning integrativ tarmog‘i sifatida.
Ijtimoiy pedagogika inson va muhitning o‘zaro aloqasi muammolarini, hozirgi zamon ta’lim, kasb-hunar ta’limi tizimlarini, bolalar va o‘smirlarni muhofaza qilish ijtimoiy markazlari ishini o‘rganadi.
Ijtimoiy pedagogika hozirgi davrda konkret ishda ishtirok etishga qodir bo‘lgan faol insonni tarbiyalashga qarab mo‘ljal oladi. U eng avvalo oilaga, hozirgi sharoitda uning roli o‘zgarganini e’tiborga olgan holda murojaat etadi.
Yuqorida bayon etilganlar ijtimoiy pedagogika tarbiyaviy, ijtimoiy-huquqiy va ijtimoiy-reabilitatsion funksiyalarga ega, degan xulosaga kelish imkoniyatini beradi.
Tarbiyaviy funksiya bola o‘zini qurshagan muhitga qo‘shilishini, uning ijtimoiylashuv jarayonini, ta’lim va tarbiya jarayonida uning moslashuvini nazarda tutadi.
Ijtimoiy-huquqiy funksiya bolalar haqida g‘amxo‘rlik qilish, ularning huquqiy muhofazasini anglatadi.
Ijtimoiy-reabilitatsion funksiya - jismoniy yoki ruhiy nuqsoni bo‘lgan nogiron bolalar bilan ta’lim va tarbiya ishlari olib borish. Bu yerda asosiy ijtimoiy funksiyalarni pedagog bajaradi.
Ijtimoiy pedagogika mustaqil fan sifatida ajralib chiqqaniga hali ko‘p vaqt bo‘lgani yo‘q. Odatda uning yaratilishini inson uchun ayniqsa qulay bo‘lgan ijtimoiy sharoitlarni aniqlashni ijtimoiy pedagogikaning bosh vazifasi deb hisoblagan Paul Natorp bilan bog‘laydilar. Natorp tarbiyani irodani shakllantirish sifatida tushunadi.
Umuman olganda iroda ruhiy hayotning o‘zagi hisoblanadi. Ammo qadimgi yunon mutafakkirlari Demokrit, Suqrot, Platon, Aristotel tarbiya davlat siyosati bilan uzviy bog‘liq ekanligini qayd etgan edilar.
Demokrit, Aristotel, Platon, Abu Ali Ibn Sino inson tarbiyasini uning bolaligidan boshlash, bunda bolaning tabiati va kattalar, eng avvalo ota-ona ta’sirini e’tiborga olish lozimligini ta’kidlagan edi.
XVIII asr fransuz materialistlari ijtimoiy o‘zgarishlar uchun tarbiyaning ahamiyatiga urg‘u berganlar. Ibtidoiy jamoa tuzumidan quldorlik tuzumiga, so‘ngra feodal munosabatlarga o‘tilishi bolani tarbiyalash va himoya qilish muammolari paydo bo‘lishiga olib keldi. Ijtimoiylashuv insonning butun umri mobaynida amalga oshiriladi. Nafaqat jamiyat insonga ta’sir ko‘rsatadi, balki inson ham jamiyatga ta’sir ko‘rsatadi. Pedagogika, shu jumladan ijtimoiy pedagogika bu jarayonda shaxs qanday kamol topayotganini, shaxs va oila, shaxs va etnos o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlar qanday rivojlanayotganini o‘rganadi.
Yangi mulkchilik shakllari amal qilayotgan yangi iqtisodiy sharoitlarda yangicha iqtisodiy tafakkur shakllanadi. Ijtimoiy pedagogika yangi iqtisodiy munosabatlar oiladagi munosabatlarga, bolalar tarbiyasiga qanday ta’sir ko‘rsatayotganini tahlil qiladi.
Ijtimoiy pedagogika inson va muhitning o‘zaro aloqasi muammolarini, hozirgi zamon ta’lim, kasb-hunar ta’limi tizimlarini, bolalar va o‘smirlarni muhofaza qilish ijtimoiy markazlari ishini o‘rganadi.
Ijtimoiy pedagogika hozirgi davrda konkret ishda ishtirok etishga qodir bo‘lgan faol insonni tarbiyalashga qarab mo‘ljal oladi. U eng avvalo oilaga, hozirgi sharoitda uning roli o‘zgarganini e’tiborga olgan holda murojaat etadi.
Tarbiya - yuz berishi muqarrar bo‘lgan oqibatni oldindan ko‘ra bilish va uning ta’sirini susaytirish san’atidir.
Ijtimoiy pedagogika pedagogika fanining shunday bir bilim tarmog‘iki, uni o‘rganish, birinchidan, u yoki bu yoshdagi odam hayotida muayyan sharoitlarda yuz berishi muqarrar bo‘lgan voqeani bashorat qilish uchun imkoniyat yaratadi. Ikkinchidan, inson kamol topishi, uning ijtimoiylashuv jarayoni samarali kechishi uchun qulay sharoitlarni qanday qilib yaratish mumkinligi haqida tasavvur hosil qilish imkoniyatini beradi. Uchinchidan, mazkur jarayonda inson hayotida yuz beruvchi ko‘ngilsiz holatlar ta’sirini pasaytirish uchun nima qilish kerakligini aniqlash imkoniyatini beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |