8. So‘rov yo‘li bilan statistik material to‘plash usuli bu?
A) Anketa usuli.
B) Kuzatish usuli.
C) Diagnostik usul.
D) Prognostik usuli.
9. Qaysi olim “ har qanday faoliyat yo texnologiya yo san’at bo‘lishi mumkin” deb ta’kidlagan?
A) V.P.Bespalko.
B) A.Smitt.
C) Disterverk.
D) Arastu.
10. I.G.Zaynishev texnonlogik faoliyatning necha bosqichga ajratadi?
A) 5 ta.
B) 6 ta.
C) 9 ta.
D) 12 ta.
O‘zini o‘zi nazorat qilish uchun savollar va topshiriqlar:
1. Ijtimoiy - pedagog o‘z faoliyati maqsadini belgilayotganida nimalarni e’tiborga olishi lozim?
2. “Ijtimoiy-pedagogik texnologiya” tushunchasiga tavsif bering.
3. Ijtimoiy-pedagogik faoliyat texnologiyasining asosiy bosqichlariga tavsif bering.
4. Ijtimoiy pedagog hozirgi sharoitlarda qanday faoliyat olib boradi?
8-MAVZU: MARKAZIY OSIYO VA G‘ARB TARIXIDA IJTIMOIY
TARBIYA AMALIYOTI
Reja:
1.O‘zbekistonda ijtimoiy pedagogika fanining rivojlanish tarixi.
2.Ijtimoiy pedagogika faniniga ilmiy-nazariy yondoshuvlar.
3.Ijtimoiy pedagogika faniga zamonaviy yondoshuvlar.
Tayanch iboralar: Ijtimoiy-pedagogik tarbiya, zardushtiylik dini, qadimda qadrlangan insoniy xislatlar, jadidchi olimlar
Mashg‘ulotning maqsadi: Ijtimoiy-pedagogik ishning asosiy yo‘nalishlari, ijtimoiy pedagogning eng muhim fazilatlari haqida tasavvurni shakllantirish
1.O‘zbekistonda ijtimoiy pedagogika fanining rivojlanish tarixi.
Har bir fan aniq bir haqiqatdan «o‘sib chiqadi», uning aksini ifodalaydi. Ilmiy bilimlar amaliy faoliyatdan uzilgan holda rivojlana olmaydi. Aynan amaliyot har qanday fanning manbai hisoblanadi. Boshqa tomondan, barcha amaliy faoliyat ham agar ilm-fan yutuqlariga asoslangan bo‘lsa, yanada samarali bo‘ladi.
O‘zbekistonda fan, ilmiy bilimlar sohasida maxsus amaliy faoliyat hamda o‘quv fani sifatida ijtimoiy pedagogikaning rivojlanishi o‘ziga xos xususiyatga ega. Qadim antik davrlardayoq bolani himoya qilish maqsadida ijtimoiy pedagogik tarbiyaga oid muammolar oldinga surilgan.
Eramizdan avvalgi VII-VI asrlarda jahon dinlari orasida eng qadimgi din, Markaziy Osiyo hududida zardushtiylik dini hukmronlik qildi. Bu din insoniyatga katta ta’sir etdi, ya’ni insonni birinchi o‘ringa olib chiqdi. Zardushtiylar muqaddas kitobi «Avesto»ni (olovga sig‘inish) o‘z erasining o‘ziga xos ijtimoiy-qomusiy asari deb hisoblash mumkin.
Zardushtiylik dinida axloqiy me’yorlar asosi quyidagi (axloqiy mezonlar) uchlikka tayangan edi. «Avesto» da «Inson yaxshi fikrlarga ega bo‘lishi, faqat yaxshi so‘zlar so‘zlashi va savobli ishlar qilishi lozim» deb yozilgan (xulq-atvor) (Makovelskiy A.O. Avesto. Baku, 1960, 18-bet).
«Avesto»ning katta qismi bo‘lgan «Yasna»larda inson kamolini ko‘rsatuvchi axloq-odob mezoni ana shu uchlikda humata (gumata) - yaxshi fikr, hukta (gukta) - yaxshi so‘z va hvarta (gvarshta) - yaxshi ishlarda ifodalanadi «Men yaxshi fikr, yaxshi so‘z, yaxshi ishga shon-shavkat baxsh etaman. Men yaxshilikdan iborat Mazda qonuniga shon-shavkat baxsh etaman» («Yasna», 14), deyiladi (Makovelskiy A.O. Avesto. Baku, 1960, 18-bet).
“Avesto” tadqiqotchisi A.O.Makovelskiy inson fikri, so‘zlari va ishlariga ikki qarama-qarshi kuch: Voxu Manna («Ezgu fikr») va Apo Mana («Yovuz fikr») ta’sir ko‘rsatadi, deydi. Barcha fikrlar, so‘zlar va ishlar ichida aslida ezgulik va yovuzlik yotadi. «Yaxshi fikr» deganda ilohiy qonun ruhidagi yaqin kishisiga mehribon bo‘lish, muhtojlarga ko‘maklashish, yovuzlikka qarshi kurashishga doimo tayyor turish, kishilarning baxt-saodati uchun harakat qilish, ahillik va do‘stlik, totuvlikda yashashga intilish ruhidagi niyatlar va fikrlar musaffoligi tushunilgan. Inson o‘z fikr-xayolida boshqalarga hasad qilmasligi lozim. Yaxshi niyatli kishi darg‘azab bo‘lmaydi va boshqa jaholatlarga berilmaydi. Chunki bunday holatda inson yaxshi niyatini yo‘qotadi, burch va adolat haqida unutadi va nojo‘ya harakatlar qiladi.
Zardushtiylik dinida uchlik asosga tayangan axloqiy me’yorlar: (8.1-chizma)
Yaxshi fikr
Yaxshi amal
Yaxshi so’z
Qadimgi davrlardanoq shunday insoniy xislatlar qadrlangan. Inson bilimlarga ega bo‘lishi (ya’ni, kasb-hunarga ega bo‘lishi), adolatli bo‘lishi (ya’ni, insoniy bo‘lishi), shunday axloqiy xislatlarga ega bo‘lishi lozim ediki, ya’ni mehribon, kamtarin, jasur, chiroyli nutqqa ega, vatanparvar, kuchli iroda va boshqalar sohibi bo‘lishi zarur edi (Nishonova S. Sharq uyg‘onish davri pedagogik fikr taraqqiyotida barkamol inson tarbiyasi: Dokt. diss. avtoref. -T., 1998).
Pedagogika tarixining ildizlari qadimgi davrlarga borib taqaladi. Ko‘p ming asrlar mobaynida pedagogika falsafaning ichida rivojlandi. Qadim zamonlardan buyon olamda insonning o‘rni va roli, shaxsning axloqiy shakllanishida madaniyat va dinning ahamiyati, barkamol shaxs rivojlanishi masalalari va shu kabilar, ya’ni falsafa pedagogikaning “a1sha sha1yeg”i bo‘lgan. Quyidagi jadvalda qadimda qadrlangan insoniy xislatlar ifodalangan: (8.2-chizma)
Bilim
Axloqiy xislatlar
Adolatlilik
Mehribonlik, yaxshilik, kamtarinik, chiroyli nutq, do’stona munosabat, vatanparvarlik, kuchli iroda egasi bo’lish, mardlik va b.
Kasb-hunar
Insoniylik
Do'stlaringiz bilan baham: |