1. Ijtimoiy pedagogika, uning predmeti va vazifalari. Ijtimoiy pedagogikaning fan sifatida rivojlanishi



Download 1,42 Mb.
bet13/79
Sana20.04.2022
Hajmi1,42 Mb.
#566292
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   79
Bog'liq
IJTIMOIY PEDAGOGIKA 2020.tayyor

Insonparvarlik tamoyili. “Insonparvarlik” va “insoniylik” so‘zlari lotincha “insoniy” so‘zidan kelib chiqqan.
Insonparvarlik - insonning shaxs sifatidagi qimmatini tan oluvchi, uning erkinlik, baxt-saodat, kamol topish va o‘z qobiliyatlarini namoyon etishga bo‘lgan huquqini e’tirof etuvchi qarashlar tizimi. U inson farovonligini ijtimoiy hodisalarga baho berish mezoni deb, tenglik, odillik va insoniylikni esa - jamiyatdagi munosabatlarning maqbul me’yori deb hisoblaydi. Insoniylik - insonparvarlikning turli yo‘nalishlari ideali, uning maqsadi insonning noyob qobiliyatlari, tuyg‘ulari va tafakkurini rivojlantirish, insoniyat madaniyati va ma’naviyatini yuksaltirishdir. Hozirgi vaqtda keng ishlatilayotgan insonparvarlashuv tushunchasi ayrim kishilar va hamjamiyatlarning insonparvarlikni dunyoqarash tizimi sifatida amalga oshirish borasidagi faoliyatini nazarda tutadi. Insonparvarlik tushunchasi “inson” tushunchasi bilan o‘zaro aloqada rivojlanadi. Hozirgi zamon fanining yetakchi tendensiyasi - insonga, uning dunyoqarashiga murojaat etish. Insonparvarlik dunyoqarashining mohiyatini o‘zaro aloqa qiluvchi dunyo konsepsiyasi tashkil etadi. U biz yashayotgan dunyo yaxlit inson dunyosidir, degan g‘oyani ilgari suradi. Insonning ijtimoiy kamol topishini insonparvarlik tamoyilini hisobga olgan holda o‘rganish talab etiladi.
Pedagogika va ijtimoiy pedagogikada insonparvarlik g‘oyalari uyg‘onish davrida ayniqsa faol rivojlantirilgan. Ammo gumanistik tarbiya g‘oyalariga Suqrot, Platon, Aristotel kabi antik faylasuflarning fikrlariga ham duch kelish mumkin.

Tomas Mor (2.4-rasm). Fransua Rable (2.5-rasm).
Har tomonlama komil va erkin inson gumanistik tarbiya ideali hisoblangan. Tomas Mor (1478-1535), Fransua Rable (1483-1536), Mishel Monten (1533-1592) va boshqalarning asarlarida ta’limning mazmuni yoritib berilgan, gumanistik tarbiyaning mohiyati va vositalari tahlil qilingan. Insonga, uning tabiati va tarbiyasiga yondashuv gumanist pedagoglar uchun umumiy bo‘lgan. M.Monten bolada eng avvalo ma’rifatli insonni tarbiyalash kerak, deb hisoblagan. Yomon nuqsonlar kurtagi bolalikda paydo bo‘lishi bois, oiladagi tarbiyada xatolarga yo‘l qo‘ymaslikka harakat qilish kerak. Tarbiya bolani buzmasligining o‘zi kifoya qilmaydi, u bolani yaxshi tomonga o‘zgartirishi, tarbiyalanuvchilar o‘zligini anglash va o‘zini o‘zi kamol toptirishga harakat qilishlari lozim. Insonparvarlik ijtimoiy voqelikni borliq nuqtai nazaridan emas, balki maqbullik nuqtai nazaridan aks ettiradi, jamiyatga va uning ayrim vakillariga yuksak ma’naviy talablar qo‘yadi, insonni yer yuzidagi eng oliy qadriyat sifatida e’tirof etishni talab qiladi.
Hozirgi vaqtda pedagogika va ijtimoiy pedagogikada insonparvarlik tushunchasi umuminsoniy va milliy madaniyat qadriyatlari asosida tarbiyani yangilash jarayonini, yuksak aqliy, ma’naviy va jismoniy qadriyatlarga ega bo‘lgan shaxsni tarbiyalash mo‘ljallarini aks ettiradi.
Bolalarga mehribonlik va ularda mehr-muruvvatni tarbiyalash insonparvarlikning oliy ko‘rinishi hisoblanadi. Pedagogika va ijtimoiy pedagogika klassiklarining barcha asarlari bolalarga mehribonlik ruhi bilan sug‘orilgan. Bu masala talqiniga o‘z munosabatini bildirmagan birorta ham taniqli faylasuf va pedagog yo‘q, desak, aslo adashmaymiz. Quyida bunga bir nechta misollar keltiramiz.
Ikkinchi jahon urushi davrida Varshava gettosidagi yetimxona tarbiyachisi Yanush Korchak qahramonona jasorat sodir etadi. Gitlerchilar bolalarni Tremblinka pechlarida yoqishga hukm qiladilar. Ya.Korchakka bolalarsiz yashash yoki ular bilan birga o‘lishni tanlash taklif qilinganida, u hech ikkilanmasdan o‘limni tanlaydi. Gestapochi uni yaxshi shifokor sifatida tanishlarini va u Tremblinkaga borishi shart emasligini aytganida, Ya.Korchak: “Men vijdonimni sotmayman”, deb javob beradi. U bolalar bilan o‘limga boradi, ularning qalbiga o‘limni kutish dahshati soya tashlamasligi haqida qayg‘urib, ularni ovuntiradi. Bolalarga muhabbat yo‘lida jon fido qilish Ya.Korchak sodir etgan hayotbaxsh jasoratdir.
Atoqli pedagog V.A.Suxomlinskiy hayotining mazmuni ham bolalarga muhabbat bilan belgilanadi. Uning mashhur asari “Yuragimni bolalarga baxshida etaman” deb nomlangani tasodifiy bir hol emas. Sh.A.Amonashvilining “Insoniy pedagogika”, “Pedagogik simfoniya” kabi asarlari ham g‘amxo‘rlik va mehribonlik ruhi bilan sug‘orilgan.
Shunday qilib, ijtimoiy pedagogikada insonparvarlik tamoyili bolani shaxs sifatida tan olishni, uning erkinlik, baxt-saodatga bo‘lgan huquqlarini e’tirof etishni, uning hayoti va sog‘lig‘ini muhofaza qilishni, bola kamol topishi, o‘z qobiliyatlari va ijodiy salohiyatini ro‘yobga chiqarishi uchun unga sharoitlar yaratishni, hayotda o‘z o‘rnini topishi va jamiyatga qo‘shilishida unga yordam ko‘rsatishni nazarda tutadi.



Download 1,42 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   79




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish