1. Dasturiy ta’minot xususiyati



Download 344,37 Kb.
bet22/30
Sana20.07.2022
Hajmi344,37 Kb.
#829768
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   30
Bog'liq
Dasturiy injiniring ... (to\'liq emas)

dasturiy ta’minot arxitekturasini loyihalash – dasturiy ta’minot tuzilmasini aniqlash, interfeyslar, uning komponentlarini hujjatlashtirish, foydalanish hujjatlarning dastlabki versiyasini, shuningdek, testlarga qo’yiladigan talablarni va integratsiya qilish rejasini ishlab chiqish; 
dasturiy ta’minotni batafsil loyihalash – dasturiy ta’minot va ular o’rtasidagi interfeyslar komponentlarining batafsil izohi, foydalanish hujjatlarini yangilash, dasturiy ta’minot komponentlarining testlash rejasi va testlarga qo’yiladigan talablarni hujjatlashtirish, komponentlar integratsiya rejasini yangilash; dasturiy ta’minotni kodlash va testlash – har bir komponentni, shuningdek, testli protseduralarning jamini va ularni testlash uchun ma’lumotlarni ishlab chiqish va hujjatlashtirish, komponentlarni testlash, foydalanish hujjatlarini yangilash, dasturiy ta’minot integratsiya rejasini yangilash, dasturiy ta’minotni integratsiya qilish – integratsiya qilish rejasiga muvofiq dasturiy komponentlarni yig’ish va o’z xususiyatlarigamos keluvchi, hamda, berilgan ekspluatatsiya qilish sharoitlarida foydalanishga tayyor sifatida dasturiy mahsulotni kvalifikatsiyalash zarur bo’lgan mezonlar to’plamini yoki sharoitlardan iborat kvalifikatsion talablarga muvofiqligiga dasturiy ta’minotni testlash; dasturiy ta’minotni malakaviy (kvalifikatsion) testlash - dasturiy ta’minotnibuyurtmachi ishtirokida uning ekspluatatsiya qilish talablariga muvofiqligi va tayyorgarligini namoyish qilish uchun testlash, bunda texnik va foydalanish hujjatlarinining tayyorgarligi va to’liqligi tekshiriladi; tizimning integratsiyasi - barcha tizim komponentlarini, jumladan, dasturiy ta’minot va uskunani yig’ish; tizimni malakaviy testlash – talablarning tizimga muvofiqligi uchun tizimnitestlash va hujjatni rasmiylashtirilishi va to’liqligini tekshirish; dasturiy ta’minotni o’rnatish - dasturiy ta’minotni buyurtmachining uskunasiga o’rnatish va uning ishlash qobiliyatini tekshirishdasturiy ta’minotni qabul qilish - dasturiy ta’minotni malakaviy testlashnatijalarini va butun tizimni baholash, hamda, buyurtmachi bilan birgalikda baholashning natijalarini, buyurtmachiga dasturiy ta’minotni oxirgi uzatishni hujjatlashtirish. Ushbu ko’rsatib o’tilgan amallarni dasturiy ta’minotni ishlab chiqishning quyidagi asosiy bosqichini shartli ajratgan holda, guruhlanishi mumkin [10] (qavslarda GOST 19.102 – 77 “ishlab chiqish bosqichi” bo’yicha tegishli ishlab chiqish bosqichlari ko’rsatilgan): masalaning (vazipredmeting) qo’yilishi (“texnik topshiriq bosqichi”); talablarni tahlil qilish va xususiyatlarni ishlab chiqish (“Eskizli loyiha” bosqichi); amalga oshirish (“Ishchi loyiha” bosqichi). Ishlab chiqish jarayoni an’anaviy tarzda kuzatish bosqichini o’z ichiga oladi (ushbu bosqichning boshlanishi GOST bo’yicha “Tadbiq qilish” bosqichi mos keladi). Biroq dasturiy ta’minotni ishlab chiqish industriyasida sodir bo’ladigan o’zgartirishlarga muvofiq xalqaro standart bo’yicha ushbu jarayon alohida ko’rib chiqiladi. Bosqichlarni ajratish shartlilik oldin qabul qilingan qarorlarni istalgan bosqichida bog’liq bo’ladi. Masalaning qo’yilishi. Vazifalarni qo’yish jarayonida dasturiy ta’minot vazifalari aniq shakllantiriladi va ularga qo’yiladigan asosiy talablarni belgilaydi. Har bir talab dasturiy ta’minotning zarur yoki kerakli xususiyat bayonidan iborat. Ishlab chiqilayotgan dasturiy ta’minotni bajaradigan funksiyalarni aniqlaydigan funksional talablarga va uning faoliyat ko’rsatish xususiyatini aniqlaydigan ekspluatatsion talablarga bo’linadi.
Prototiplarga ega dasturiy ta’minotga qo’yiladigan talablar amaldagi dasturiy ta’minotning tuzilmasini va tavsifini hisobga olgan holda, analogiya bo’yicha aniqlanadi.
Analogiyalarga ega bo’lmagan dasturiy ta’minotga qo’yiladigan talablarni shakllantirish uchun loyihadan oldingi, deb nomlanadigan maxsus tadqiqotlarni o’tkazish zarur. Bunday tadqiqotlar jarayonida vazifalarning hal etilganligini aniqlaydi, ular xulosalarining usullarini ishlab chiqadi (agar ular yangi bo’lsa) va ishlab chiqiladigan dasturiy ta’minotning ahamiyatli tavsifini belgilaydi. Loyihadan oldingi tadqiqotlarni bajarish uchun ilmiy – tadqiqot ishlarini bajarishga shartnoma tuziladi.
Vazifalarni qo’yish jarayonining istalgan bosqichida qayd etadigan texnik topshiriqlarni ishlab chiqish va asosiy loyiha qarorlarni qabul qilish bilan tugallanadi.

137. Dasturiy ta’minotining sifati va ishonchliligi. Funksionallik. Tayanch iboralar:dasturiy ta’minotni tekshirish,sifatini oshirish usullari


11Tizimning ishonchliligi apparat ta'minot ishonchliligi, dasturiy ta'minot
ishonchliligi hamda tizim operatorlari ishonchliligiga bog'liq. Tizim dasturiy
ta'minoti bu yerda alohida o'rin tutadi. Bu o'z ichiga dasturiy ta'minot nosozligini
qoplaydigan talablarni olish bilan birga operator hamda apparat ishonchlilik
talablariga bog'liq bo'lib apparatdagi nosozliklar hamda operator xatolarini
aniqlashda yordam berishi mumkin. Ishonchlilik xavfsizlik hamda himoyalanganlikdan farqli ravishda tizimning o'lchasa bo'ladigan xususiyatdir. Tizim ishonchlilik darajasini tavsiflash mumkin,biror vaqt daomida tizim amallari kuzatib turiladi, hamda talab qilingan ishonchlilikka erishilgan bo'lsa bu belgilab qo'yiladi. Masalan, ishonchlilikka quyidagicha talab qo'yish mumkin: tizim qayta yuklanishiga sabab bo'ladigan tizim nosozligi haftada bir martadan ortiq ro'y bermasin. Aytilgan nosozlik har ro'y berganda siz bundan xabar topasiz hamda belgilab qo'yasiz, shunday qilib talab etilgan ishonchlilikka erishildimi yo yo'qmi bilib olasiz. Agar erishilmagan bo'lsa ishonchlilik talablarini qayta ko'rib chiqasiz yoki tizimdagi muammolarni tuzatishga kirishasiz. Siz past darajadagi ishonchlilikka ham rozi bo'laverishingiz mumkin, chunki ishonchlilikni oshirish uchun tizimga kiritiladigan o'zgartirishlar juda qimmatga tushishi mumkin.
Ishonchlilik talablari ikkiga bo'linadi:
1. Nofunksional talablar. Bular tizim normal ishlab turganida yoki tizim ishga
tayyor bo'lmaganida qabul qilinishi mumkin bo'lgan nosozliklar sonini
aniqlaydi.
2. Funksional talablar. Bular tizim va dasturiy ta'minotning dasturiy ta'minot
nuqsonlarini chetlatish, aniqlash va ularga bardosh berish funksiyalarini
aniqlaydi va bu nuqsonlar tizim nosozligiga olib kelmasligini ta'minlaydi.
Ishonchlilik talablari shunga bogliq bo'lgan funksional tizim talablariga yo'l
ochadi. Biror darajadagi ishonchlilikka erishish uchun bu tizimning funksional
hamda loyihaviy talablari aniqlanadigan xatoliklarni hamda ular tizim nosozligiga
olib kelmasligini ta'minlash uchun ko'riladigan choralarni tavsiflamog'i lozim.
138. Modellashtirish va programmalashtirish. Tayanch iboralar:model tushunchasi,modellarni algoritmlash va dasturlash
Modellar talablar injiniringi jarayonida tizim uchun talablarni hosil qilishda foydalaniladi. Siz mavjud tizimlarning modelini va ishlab chiqarilayotgan tizimning modelini tuishingiz mumkin.

  1. Mavjud tizim modellari talablar injiringi mobaynida foydalaniladi. Ular mavjud tizimning nima ish bajarishini aniqlashtiradi va tizimning kuchli va

kuchsiz tomonlarini muhokama qilishga asos bo'ladi. Bu yangi tizim uchun talablar ishlab chiqishga olib keladi.

  1. Yangi tizim modellari talablar injiniringi davomida yordam berish uchun ishlatiladi. Injinerlar dizayn bo'yicha takliflarni muhokama qilishda modellardan foydalanadi.

Tizim modelining eng muhim tomoni shundaki unda tizim haqidagi batafsil
ma'lumotlar tashlab ketiladi. Model o'rganilayotgan tizimning mavhum ko'rinishidir
Siz tizimni turli xil ko'rinishlarini ko'rsatish uchun turli xil modellarni ishlab chiqishingiz mumkin. Masalan:

  1. Tashqi ko'rinish, tizimning konteksti yoki muhitini modellashtirish.

  2. O'zaro munosabatlar ko'rinishi, tizim bilan muhit yoki tizim komponentalari

o'rtasidagi o'zaro munosabatni modellashtirish.
Strukturaviy ko'rinish, tizim tomonidan ishlov berilayotgan ma'lumotlar strukturasi yoki tizim tashkilotini modellashtirish.

  1. Xatti harakatlar ko'rinishi, tizimning dinamik xatti harakatlari va hodisalarga qanday javob berishini modellashtirish.

Tizimning turli xil modellarini yaratish uchun UML bir nechta diagrammalarga ega.

  1. Faoliyat diagrammalari, jarayondagi faoliyatlarni ko'rsatadi

  2. Foydalanish holati diagrammari, tizim va uning muhiti o'rtasidagi

munosabatni ko'rsatadi.

  1. Ketma-ketlik diagrammalari, shaxs va tizim va tizim komponentalari orasidagi munosabatlarni ko'rsatadi.

  2. Sinf diagrammalari, tizimdagi obyektlar sinflari va ularning o'zaro munosabatini ko'rsatadi

  3. Holat diagrammari, tizimning ichki va tashqi hodisalarga ta'sirini ko'rsatadi.

139. Dasturlarni ishlab chiqishning menejmenti, joriy qilish, to’g’riligi, kuzatish (yuritish).
Tayanch iboralar:dasturiy ta’minotni ishlab chiqishni tashkillashtirish,uni joriy qilish,kuzatish
Dasturiy ta'minot loyihalarini boshqarish - bu dasturlarni ishlab chiqish bo'yicha loyihalarni rejalashtirish, monitoring qilish va boshqarish amalga oshiriladigan loyihalarni boshqarishning maxsus turi. Dasturiy ta'minot loyihasini boshqarishning kaliti - ishlab chiqish usulini to'g'ri tanlash.
Loyihani boshqarishning boshqa turlaridan asosiy farqlar: Dasturiy ta'minotni ishlab chiqish loyihasining yakuniy natijasi nomoddiy, Ushbu sohada to'plangan tajribaning yetishmasligi, Loyihada ishlatiladigan texnologiyalarni tezda o'zgartirish, Dasturiy ta'minotni ishlab chiqishda loyihalarni boshqarish tajribasi ko'pincha boshqa loyihalarga qo'llanilmaydi.

Download 344,37 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   30




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish