Begona o’tlar, ularning zarari, biologiк xususiyatlari, klassifikatsiyasi va hisobga olish usullari
Reja:
1. Begona o’tlar haqida tushuncha.
2. Begona o’tlarning zarari.
3. Begona o’tlarning biologik xususiyatlari.
4. Begona o’tlar klassifikatsiyasi.
5. Bir yillik va ikki yillik begona o’tlar.
6. Кo’p yillik begona o’tlar.
7. Tekinxo’r begona o’tlar.
8. Yerlarni begona o’tlar bilan ifloslanganligini hisobga olish, xaritasini tuzish va uning ahamiyati.
1.Begona o’tlar haqida tushuncha. Inson tomonidan ekilmaydigan ammo ekinlar orasida o’sib, ularga zarar yetkazadigan o’simliklar bego-na o’tlar deyiladi. Begona o’tlar haqiqiy va shartli begona o’tlarga bo’linadi. Haqiqiy begona o’tlar bu ekinlar orasida o’sadigan yovvoyi o’tlar. Shartli begona o’tlar yetishtirilayotgan ekinning u yer, bu yerida uchraydigan madaniy o’simliklardir. Masalan, paxtazorda uchraydigan makkajo’xori, tarvuz, pomidor shartli begona o’t hisoblanadi. Ba’zi begona o’tlar alohida ekin orasida o’sishga moslashgan. Masalan, kurmak sholipoyada, zarpechak dukkakli ekinlar orasida o’sishga mos-lashgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |